Tadbirkorlik



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

15. 2- chizma.
Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash
(mikrokreditlash) maqsadlari.
Tadbirkorlarga mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilmaydi.
. - ilgari olingan kreditlar yoki qarzlami so'ndirish;
- tamakichilik va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish;
- savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
-ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilmaydigan shaxsiy mol- 
mulkni xarid qilish.
309


Mikrokredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
1. Yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari:
- kredit summasi ko‘rsatilgan ariza;
- foydalanish maqsadi ko‘rsatilgan biznes reja;
- fuqarolik pasportining nusxasi.
2.Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari:
- kredit summasi ko'rsatilgan ariza;
- pul oqimining tahlili ko‘rsatilgan biznes reja;
- davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot yili ba- 
lansi, moliyaviy natijalar to 'g ;risida hisoboti, debitorlik va kreditorlik 
qarzlari to‘g ‘risida m a’lumotnoma, 90 kundan ortiq qarzga doir so- 
lishtirma dalolatnoma.
Olingan kreditlarning qaytarilishini ta’minlash uchun quyidagilar- 
dan birini taqdim etish lozim bo‘ladi:
- mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlaming garovi;
- bank yoki sug‘urta tashkilotining garovi;
- uchinchi shaxslaming kafilligi;
- sug‘urta kompaniyasining kreditni so‘ndirmaslik xavfi sug'urta 
qilinganligi to‘g ‘risidagi sug‘urta polisi;
- mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini organining kafilligi.
Tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar 3 yil muddatgacha shart­
noma asosida beriladi. Ularning miqdori yuridik shaxs bo'lmagan tad­
birkorlar uchun 5000 va yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari 
uchun 10000 AQSh dollariga ekvivalent b o ig an summani tashkil etadi. 
Bank 1,5 yilga (18 oyga) qadar bo‘lgan muddatda so‘ndirish sharti bi­
lan mikrokredit summasining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda uni naqd 
pul shaklida berishi mumkin.
Fermer xo‘jaliklarini kreditlash Markaziy bank tomonidan 2004- yil 
1- martda tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga 
bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit berish to‘g‘risida Nizom” 
va “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarining yer uchastka- 
sini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kredit berish to‘g‘risida 
Nizom” asosida amalga oshiriladi. Mazkur nizomlar davlat ehtiyojlari 
uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga 
m o‘ljallangan. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsiulotlari ye- 
tishtirib bermaydigan fermer xo‘jaliklarini kreditlash Markaziy bank
310


tomonidan 2000- yil 7- martda tasdiqlangan “Tijorat banklari tomoni- 
dan fermer xo‘jaliklari, shuningdek, kichik biznes subyektlarini milliy 
valutada kreditlash tartibi” asosida amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehti- 
yojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hi- 
sob-kitob jam g ‘armasi kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit oladi- 
gan fermer xo‘jaliklariga g ‘alla bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shart- 
nomasi summasining 30 foizigacha va paxta bo‘yicha 20 foizigacha 
miqdorida, ushbu jam g‘arma hisobidan imtiyozli kredit olmaydigan 
fermer xo‘jaliklariga esa xos ravishda 80 va 70 foizigacha miqdorida 
imtiyozli kredit berilishi mumkin.
Kredit olish uchun fermer xo‘jaliklari taqdim etadigan hujjatlar qu- 
yidagilar:
- kredit olish uchun ariza;
- tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomala- 
rining nusxalari;
- pul oqimi prognozi ko‘rsatilgan biznes reja;
- davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot yili ba- 
lansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti, debitorlik va kreditorlik 
qarzlari to'g'risida ma'lumotnoma, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlar 
bo‘yicha solishtirma dalolatnomalari;
- kreditni qaytarish ta’minoti (joriy yilda olinadigan bo‘lg‘usi hosil).
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yib, kredit olish
uchun fermer xo‘jaligi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
- kredit buyurtmanomasi;
- pul oqimi prognozi ko‘rsatilgan biznes reja;
- davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot yili ba- 
lansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti, debitorlik va kreditorlik 
qarzlari to ‘g ‘risida m a’lumotnoma, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlar 
bo‘yicha solishtirma dalolatnomalari;
- yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasining no­
tarial tasdiqlangan nusxasi;
- yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga berish uchun ija­
raga beruvchi (tuman hokimi)ning roziligi;
- yer uchastkasining chizmasi.
0 ‘zbekistonda kredit uyushmalari ham rivojlanib bormoqda. 
Ular “Kredit uyushmasi to‘g ‘risida”gi qonun va Markaziy bankning
311


m e’yoriy hujjatlari asosida faoliyat olib boradilar. Kredit uyushmasi 
tadbirkorlik subyektlari tomonidan a ’zolik asosida tashkil etiladi va o ‘z 
a ’zolarini kreditlash bilan shug'ullanadi.
Kredit uyushmasi:
- o‘z a’zolariga ustav jam g‘armasi (fondi)ning 25 foizidan osh- 
magan miqdorda ishonch kreditlari ajratishi mumkin;
- o‘z a’zolariga ustav jam g‘armasi (fondi)ning 10 foizidan osh- 
magan miqdorda ishonch kreditlari (bankda qayd etiladigan) ajratishi 
mumkin;
- o ‘z a'zolarining aksiyalari va qo‘yilmalaridan garov sifatida foy- 
dalanishi mumkin;
- kreditlarni naqd pul ko‘rinishida berishi mumkin;
- bir a ’zosiga berilgan kredit boshqa a’zosining depoziti asosida 
uning kafolati bilan ta’minlanishi mumkin.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish