Tadbirkorlik


qilish, iste’molchilarga yetkazib berish, sotish, xaridorlarni rag‘batlantirish



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

qilish, iste’molchilarga yetkazib berish, sotish, xaridorlarni rag‘batlantirish,
turli xizmatlar k o‘rsatish va hokazolami o ‘z ichiga oladi.
T a k lif- ishlab chiqarilishi va sotib olish uchun iste’molchilarga taklif etili-
shi mumkin b o‘lgan tovarlar, ishlar, xizmatlar.
Talab - iste’molchilar ehtiyojlarining to ‘lov vositasi bilan ta’minlangan
qismi, y a ’ni xarid qobiliyatiga ega bo'lgan ehtiyoj.
Targ‘ibot - marketing vositalaridan biri b o‘lib, korxona, uning mahsulo­
ti va tajribasi to ‘g ‘risidagi m a’lumotlami ommaviy axborot vositalari orqali
keng jamoatchilikka tarqatish.
Tovarning raqobatbardoshligi - m o‘ljallangan iste’molchilar talab - istak-
larini o ‘ziga o ‘xshash boshqa tovarlardan past bo'lmagan darajada qondirish
qobiliyati.
Viloyentlar - iste’molchilar ommaviy ehtiyojlarini qondiradigan mahsulot­
lami ommaviy k o‘lamda ishlab chiqaradigan yirik korxonalar.
Yarmarka - sotuvchilar va xaridorlarning bevosita uchrashib, mahsulot
namunalari bilan tanishib, o ‘zaro oldi-sotdi shartnomalari tuzish uchun shart-
sharoitlar yaratib beradigan davriy yoki doimiy amal qiladigan savdo tuzil­
masi.
Shaxsiy sotish - ishlab chiqaruvchi vakilining yirik xaridorlar bilan alohida
uchrashib, o ‘z mahsulotlarini taqdim etish va sotish usuli.
237


XII BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI
BOSHQARISH ASOSLARI
12.1. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISHNING
MOHIYATIYA AHAMIYATI
Boshqaruv tadbirkorlikning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi va uni 
amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik faoliyatini 
boshqarishni zarur darajada yo‘lga qo‘ymay turib maqsadga erishib 
bo‘lmaydi. Har bir tadbirkorlik subyekti o‘ziga xos va mos boshqaruv 
tizimini ~ boshqaruvchi, boshqarish organi, vositalari, usullari, strate­
giyasi, taktikasi, madaniyatini shakllantiradi. Uning qay tarzda va da­
rajada shakllanishi va amal qilishi ko‘p jihatdan rahbarga, ya’ni tad­
birkorga bog‘liq. Shuning uchun tadbirkorlar boshqarish (menejment) 
asoslaridan xabardor bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Menejment inglizcha so‘z bo‘lib, uning asosida lotincha “manus” 
(qo‘l) so‘zi yotadi va uning ilk m a’nosi otlarni boshqarishni anglatgan. 
Bu tushunchaning qo‘llanish doirasi kengayib, hozirgi paytga kelib, bu- 
tun iqtisodiyot va boshqa sohalami ham qamrab oladi.
Boshqarish (menejment) - m o‘ljallangan maqsadga erishish uchun 
ishlarni, faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish, hisob yuritish, nazorat va 
tahlil qilish, xodimlarni taqdirlash jarayonlari majmuyidir. Boshqarish 
jarayoni boshqaruv subyekti (tadbirkor, rahbar, boshqaruvchi, boshqa­
ruv o rg an isin g boshqaruv obyekti (ishchi-xodimlar, mehnat, ishlab 
chiqarish, sotish va boshqa xo‘jalik jarayonlari)ga tegishli boshqarish 
vositalari va usullari bilan ta’sir etish jarayonidan iborat. Bu jarayon 
davriy (sikl) ko‘rinishida doimiy takrorlanib turadi. U maqsad va vazi- 
falar qo‘yishdan boshlanib, ularni ro‘yobga chiqarish va muayyan nati- 
jalarga erishish bilan tugaydi, so'ng maqsadga erishish darajasi (nati- 
jalar) tahlil qilinib, yangi vazifalar belgilanadi va boshqaruv jarayoni 
qaytadan boshlanadi. Har bir tadbirkor bu ishlarni u yoki bu darajada 
bajaradi va shu boisdan menejer ham hisoblanadi. Boshqarishning 
muhim ahamiyati inson omilini faollashtirish, o ‘zini-o‘zi boshqarish va
238


tashabbuskorlikni rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq 
keladigan yangi tashkiliy tuzilmalarni yaratishda namoyon bo‘ladi.
G ‘arb menejmentida boshqaruv faoliyatining ikki ko‘rinishi ajra- 
tiladi. Birinchisi, texnik faoliyat bo‘lib, m a’lum bir soha va tarmoq- 
larda ishlatiladigan xomashyo, materiallar, texnika, texnologiyalarni 
o‘zlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat. Ikkinchisi, bevo­
sita boshqaruv faoliyati bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, 
rejalashtirish va nazorat qilish, xodimlar harakatini muvofiqlashtirish, 
ularni taqdirlash va nazorat qilish ishlarini o‘z ichiga oladi. Menejment 
va uni amalga oshiradigan kishi uchun muhimi bevosita boshqaruv hi­
soblanadi. Chunki biznes olamida shakllangan xulosaga ko‘ra biznes- 
ning 5 foizini pul, 10 foizini kapital, 85 foizini esa odamlar tashkil etadi.
Iqtisodiyot rivojlanib, raqobat kuchayib borgan sari faoliyat muvaf- 
faqiyatinita’m inlashgaungajalb qilingan omillarginaemas, balki ularni 
o'zaro bog‘lab yaxlit tizimga keltiradigan boshqaruvning roli ortib bor- 
moqda. Boshqaruv korxona falsafasi va tegishli nazariyalarga asoslana- 
di. 1960- yilda amerikalik D.Makgregor “X” va “Y ” nazariyalarini ish­
lab chiqqan. “X” nazariyasiga binoan inson tabiatan dangasa bo‘lib, iloji 
bo‘lsa, ishlamaslikka harakat qiladi. Uni mehnat qilishga majburlash va 
nazorat qilish, jazo bilan qo‘rqitib turish kerak. Shundagina u korxona 
uchun yaxshi ishlaydi. Bunday o‘rtacha odamlar o ‘zlariga boshliq to­
monidan rahbarlik qilib turishni m a’qul ko‘radilar. M as’uliyatdan qo- 
chishga urinadilar, o ‘z tinchligi va xavfsizligi haqida o‘ylaydilar. “Y” 
nazariyasiga binoan esa, aksincha, mehnat qilish odamlarga uyqu, dam 
olish, ovqatlanish kabi tabiiydir. Bunday o ‘rtacha odamlar ishga tayyor- 
lanib, ularga yetarli sharoit yaratilsa, nafaqat m as’uliyatdan qochmay- 
dilar, balki unga o'zlari intiladilar. Demak, tashqi nazorat va jazo bilan 
qo‘rqitib ishlatish odamlami mehnat qilishga yo'naltirishning yagona 
yo‘li emas. Inson o‘zi manfaatdor maqsadlarga erishish uchun intil- 
ganda o‘zini o‘zi nazorat qilishga qodir. Korxona muammolarini hal 
etishga ijodiy yondashish, ixtirochilik va kuchli fikrlay olish ko‘pchilik 
xodimlarga xosdir.
XX asming 80- yillariga kelib, Amerika fuqarosi hisoblangan, asli 
yaponiyalik bo‘lgan olim Vilyam Ouchi “Z” nazariyasini ishlab chiqa- 
di. Bu nazariya “X ” va “Y” nazariyalari, yapon va amerika menej- 
menti tajribasidan kelib chiqib, ulaming eng kuchli tomonlarini qam- 
rab oladi va rivojlantiradi. Aynan “Z ” nazariyasi boshqaruvning yangi

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish