Tadbirkorlik shakllari va tadbirkorlik faoliyati. Reja: Tadbirkorlik turlari va shakllari Tijorat tadbirkorligi


Tadbirkorlik loyihasining mohiyati



Download 31,8 Kb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi31,8 Kb.
#228027
1   2   3   4   5
Bog'liq
Давронов Отабек (302)

Tadbirkorlik loyihasining mohiyati.

Qishloq xo'jalik mahsulotlari va xizmat turlari, ma'muriy va ishlab chiqarish personali, tadbirkor va uning sheriklari haqida ma'lumotlar.



  1. Ishlab chiqarish rejasi. Qishloq xo'jalik ekinlari agro texnikasi, pudratchilar xizmati, yer va suv resurslari, ishlab chiqarish obyektlari va ishlab chiqarish salohiyati, qishloq xo'jalik texnikasi, ehtiyot qismlar, yoqilgi-moylash materiallari, o'g'it va boshqa materiallar yetkazib beruvchilar



  1. Marketing rejasi. Narxlar, sotish kanallari, realizatsiya muddatlari, yangi mahsulot prognozi, maqsadli ko'rsatkichlar.



  1. Tashkiliy reja. Mulk shakli, mulk va yer paylari, korxona muassislari va ishtirokchilari, boshqaruv organlari, ularning funksiyalari va soni, tashkiliy struktura, mehnatni tashkil etish va unga haq to'lash shakli, ichki xo'jalik bo'linmalari va ularning o'zaro munosabatlari.



  1. Xavf-xatami baholash. Korxonaning ojiz tomonlari, muqobil strategiyalar.



  1. Moliya rejasi. Daromadlar va harajatlar, pul tushumlari va chiqimlar, balans, o'z-o'zini qoplash nuqtasi, mablag'lar manbalari va ulardan foydalanish

SHeriklar mulkining shakllanishi tadbirkorlik munosabatlari rivojlanishining asosiy harakatga keltiruvchi usullardan biridir. Bu yuqori mas'uliyat, mustaqillik, xoʻjayinlik hissi, moddiy manfaatdorlikka imkon yaratadi.

Yangi xoʻjalik mexanizmida qishloq xoʻjalik korxonasini tadbirkorlik sosida qayta tashkil etish natijasida olingan mulk va yer paylari amalda qo'llaniladi. Bu paylaming egalari korxonaning qayta tashkil etgan tadbirkor sheriklar bilan shartnoma tuzadilar. Bunda sheriklar pay egalariga ijara haqi va ulushlaridan daromad to'laydilar.

Taklif qilinayotgan tadbirkorlik tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asosiy Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo'linmalarining bozor munosabatlari shartlariga asoslangan oʻzaro hamkorlikni nazarda tutadi. Ichki xo'jalik jamoalari munosabatlari tashkiliy-huquqiy shakllarda ham tovar va xizmatlarga oldindan belgilangan narxlar bo'yicha shartnoma asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.

Shartnoma tizimi mulkiy munosabatlar tizimini oʻzgartirishga imkon beradi. Asosan ular uchta tipdagi shartnomalar bilan tartibga solinadi: yer ulushi, ijarasi, mulk payi badali, ishchi bilan mehnat shartnomasi bo'yicha.

Bu shartnomalarning har biri alohida tuziladi va inkor etiladi. Yer ulushini ijaraga berib, lekin korxonada ishlamaslik va uning a'zosi bo'lmasligi mumkin. Ishchi mehnat shartnomasini buzishi, lekin ijara shartnomasi yoki korxona a'zoligini saqlab qolishi mumkin. Shartnoma tizimi bir tomondan sheriklar tanlashga, boshqa tomondan sheriklarga tadbirkomi tanlashga imkon beradi. Kimdir tadbirkor bilan ishlashni hohlamasa ulushini o'zi olishi yoki boshqaga berishi mumkin.

Ushbu mexanizm orqali korxona hajmi optimallashtiriladi. Chunki hozirgi qishloq xo'jalik korxonalari davlat mulki sharoitida shakllangan. Agar xo'jalikda pul yo'q bo'lsa ham oylik o'z vaqtida berilgan va davlat bunga pul ajratgan. Rahbarlar korxonani davlat nomidan boshqargan. Endilikda esa korxona rahbari – tadbirkor o'z shaxsly imkoniyati va qobiliyatidan kelib chiqib, ishni tashkillashtirssh va barcha oqibatlar bo'yicha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishi talab qilinadi.

Yuqoridagi mexanizmining amalga oshishi birinchi navbatda tadbirkorning moliya, iqtisod, texnologiya va bozor sohalarida qanchalik bilimga ega ekanligiga koʻp jihatdan bogʻliq bo'ladi. U qanday va qaysi yo'nalishlar bo'yicha o'z bilim saviyasini oshirishi va maslaxatlar uchun kimga murojaat qilishni avvaldan rejalashtirishi lozim. Har bir tadbirkoming ixtiyorida uchta resurs – moliyaviy, moddiy-texnik va ishchi kuchi boʻlishi lozim.

Keyingi muammo (aga mablag' bo'lsa) xo'jalik yuritish uchun zarur resurslarni qayerdan va qanchaga sotib olishdir. Servis xizmati tizimining shakllanib ulgurmaganligi texnika, o'g'it, qurilish materiallari, yoqilg'i va boshqalarni sotish) tadbirkorlaming samarali faoliyat ko'rsatishiga salbiy ta'sir koʻrsatmoqda. Tashkiliy-iqtisodiy mexanizm orqali resurslar bilan ta'minlashning muqobil yoʻllari tanlab olinadi.

Tadbirkorlik ichki xoʻjalik mexanizmi faoliyatida sotish va marketingni yo'lga qo'yish ushbu mexanizmining yanada samarali ishlashini ta'minlaydi. Masalan, AQShda bitta fermerga beshta, mahsulotni qabul qilib oladigan, tozalaydigan, saqlaydigan, sotadigan hamkorlar to'g'ri keladi. Lekin bizda bu ishni korxonaning o'zida o'z ishchilari orqali yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir.

Qishloq xo'jalik mahsulotlarining harakat qilish tizimi iqtisodiy samarali kanallarni tanlashi hamda uning bevosita taqsimotini o'z ichiga oladi. Realizatsiya qilish tarmogʻi tovarning ishlab chiqaruvchidan, oxirgi iste'molchiga yetkazishda mahsulotni xaridorga yetkazuvchi yoki unga egalik qilish huquqini olishda qatnashuvchi korxonalar, tashkilotlar va firmalar yigimidir.

Korxona rahbariyati uchun chiqarilgan mahsulotni taqsimlash kanalini tanlash murakkab va muhim masaladir. Korxona tomonidan tanlangan kanallar marketing sohasidagi boshqa barcha qarorlarga: baho siyosatiga, vositachilar tanlashga, marketing faoliyati uchun xodimlar tayyorlashga, avtotransport va boshqa aralash tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish sharti va muddatiga bevosita ta'sir qiladi.

Optimal tashqi qilingan taqsimot kanali tufayli mulkka egalik qilish huquqini olishdagi, mulkning joylashishi vaqtidagi uzoq muddatli uzilishlar bartaraf qilinadi.

Tadbirkorlikning ichki xoʻjalik mexanizmi ancha murakkab boʻlib, u butun xo'jalik yuritish jarayonini qamrab oladi. Mulkdorlarga, ya'ni korxona egalariga o'z mulkiy huquqidan foydalanishga imkon yaratadi, korxonadagi ichki munosabatlarni o'zaro foydali holga keltirib ixchamtashtiradi, korxonani tashqi muhitga moslaydi. Sotish va marketing faoliyatini tadbirkorlikning muhim elementi sifatida amalga oshirilishiga olib keladi.



  1. Download 31,8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish