Tadbirkorlik faoliyatning asosiy shakllari Tuzuvchi: Ixlos Egamberganov



Download 274,5 Kb.
bet1/7
Sana03.02.2022
Hajmi274,5 Kb.
#427036
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kadrlar manejmenti



Tadbirkorlik faoliyatning asosiy shakllari

Tuzuvchi:Ixlos Egamberganov

Reja:
1.Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni.


2.Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.
3.Tadbirkorlik faoliyatining turlari.

1. Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni
Tadbirkorlik- bu so`zni eshitingiz bilan tabiiyki ko`zingizga o`z korxonasiga ega, yuqori daromad egasi, egnida esa klassik yoki zamonaviy etiket qoidalari asosidaga kiyimlar , kamida eng yaxshi avtomobil egasi va 2 qavatli uy sohibi ko`rinishidagi shaxs gavdalanadi. Bunday shaxs ayol ham erkak ham bo`lishi mumkin. Payti kelganda yosh 18 yoshli yigit ham tadirkor bo`lishi mumkin. Aslida ham bunday ta`riflar o`rinlimi. Ha albatta yuqoridagi belgilar tadbirkorlikning asosiy belgilari emas-u lekin qisman to`g`ri belgilar. Keling tadbirkorlik tushunchasi haqida batafsil o`rganamiz , shuningdek tadbirkorlik bilan biznes o`rtasidagi farqlarni ham o`rganamiz. Tadbirkorlik tushunchasi tadbirkorlik ensiklopedik lug`atida- (ing interprise) shaxsiy , daromad,foyda olishga qaratilgan fuqorolarning mustaqil faoliyati . Bu faoliyat o`z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. yentrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin. “ Tadbirkor bo`lish – bu boshqalar qilayotgan ishni qilmaslik va qilganda ham ana shu ishni boshqalarnikidek tarzda qilmaslikdir.” “Tadbirkorlik – bu qiymatga ega bo`lgan qandaydir yangi narsani yaratish jarayonidir. Tadbirkor esa shu narsani yaratish uchun o`zining bor vaqti va kuchini sarflaydigan, o`z gardaniga moliyaviy, ruhiy, ijtimoiy mas`uliyatni oluvchi, o`z ishining natijasi sifatida katta mukofot oluvchi insondir” . Bundan tashqari, ilmiy va o`quv adabiyotlarda tadbirkorlik va tadbirkorga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, boshqaruv nuqtayi nazaridan yondoshgan holda ta`rif beriladi.
Agar tadbirkor bo‘lishni istasangiz, siz o‘zingizda tadbirkorlikning asosiy jihatlarini shakllantirishingiz zarur bo‘ladi. Ular quyidagilar:
1. Tashabbuskorlik. Aynan tadbirkor o‘z g‘oyasini amalga oshirib, foyda olish maqsadida iqtisodiy resurslarni o‘zaro biriktirish orqali yangi mahsulot va xizmatlar yaratish tashabbusini ilgari suradi.
2. Tavakkalchilik. Tadbirkor o‘z faoliyatini qanchalik puxta rejalashtirishidan qat’i nazar, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi kafolatlanmagan. Faoliyat davomida uning natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi juda ko‘p xavf-xatar (risk)lar paydo bo‘lishi mumkin. Tadbirkor – bu turli xavf xatar, muammo va to‘siqlardan cho‘chimasdan, o‘z maqsadiga erishishda tavakkalchilikka bora oluvchi shaxs hisoblanadi.
3. Mas’uliyat. Tadbirkorning tashabbusi va tavakkalchiligi ortida uning mas’uliyati, ya’ni o‘zining xatti-harakati uchun mol-mulki va resurslari bilan javobgar bo‘lishga tayyorligi turadi.
4. Yangilikka intilish. Tadbirkorlikning mazmunida yangilikka intilish, ya’ni o‘z faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda yanada yuqori natijalarga erishish uchun muayyan yangilik va o‘zgarishlar kiritib borish muhim o‘rin tutadi.
Tadbirkorlik faoliyati nazariyasi
Tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanishidagi uch to`lqin - tadbirkorlik amaliyotini ilmiy anglash jarayonini rivojlanishini shartli ravishda tavsiflashi mumkin. Keling har bir to`lqin haqida birma bir to`xtalib o`tamiz.
Birinchi to`lqin” - XVIII asrda paydo bo`lgan bo`lib, u tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan - tavakkalchilik jarayonlari, ya`ni xususiyatlari bilan bog`langan. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar ham XVIII asrda R.Kantilon, A.Tyurgo, F. Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirila boshlangan. Fransuz iqtisodisotchisi R.Kantilon “birinchi to`lqin”ning nomoyondalaridan biri bo`lib, u tadbirkorlikning asosiy belgisi sifati tavakkalchilikni ko`rsatadi. Uning fikriga ko`ra “tadbirkor-voqea va hodisalarni oldindan ko`ra bilish xususiyatiga ega bo`lgan, o`z zimmasiga barcha ma`suliyatni olib tavakkal qiluvchi, o`z xatti harakatlari tufayli daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo`qotishlarga tayyor bo`lgan ixtiyoriy bir shaxsdir”1
Shuningdek XIX asrda nemis klassik namoyondalari G.Mangoldt , AQSh iqtisodchisi F.Naytlar ham “Birinchi to`lqin” davomchilari hisoblanadi. Yuqorida ta`kidlangan R.Kantilondan so`ng neoklassik maktab asoschilari asarlarida o`ziga hos tavakallchilik asosida raqobatlashib , savdo faoliyati bilan shu`gullanuvchi korxona egasini tadbirkor deb hisoblaydilar.
Tadbirkorning yana bir asosiy jihati bo`lmish innovatsion harakati “ikkinchi to`lqin”da o`z aksini topdi. Bu oqim asoschilaridan biri Y.Shumpetter hisoblanadi. Uning fikriga ko`ra tadbirkor iqtisodiyotni o`sishida asosiy rol o`ynaydi. U tadbirkor faoliyatini 3 maqsadli qismlarga bo`ldi:

  • xo`jayinlikka, hokimiyatga bo`lgan intilish;

  • muvaffaqiyatga nisbatan irodali bo`lish, raqiblari bilan va o`z-o`zi bilan
    bo`lgan kurashda g`alabaga intilish;

  • mustaqil ish yuritish tufayli olinadigan ijod quvonchi, lazzati

Yuqorida ta`kidlanganidek Y.Shumpetter va uning shogirtlari L.Mizes, F.Xayeklar “uchinchi to`lqin” asoschilar hisoblanadi. Ularning fikricha ― “...tadbirkorning ishi nafaqat yangi texnologik usullarni tajriba qilish, balki mavjud usullar ichidan kishilar uchun aynan zarur bo`lgan narsasini eng qulay, eng arzon bahoda ta`minlay oladiganini tanlashdir” Tadbirkorning muhum shaxsiy fazilatlari tadbirkorlikning asosiy omili , ularning asosiy g`oyasi hisoblanadi. AQSh iqtisodchisi I.Kirtsner bu g`oyani yanada rivojlantirdi va o`z asarlarida “tadbirkor bozorni muozanatga keltiruvchi kuch “ sifatida talqin qildi.
Hozirgi kunda tadbirkorlikning rivojlanishini “to`rtinchi to`lqin”ga tenglashtirsak ham bo`ladi. Asosiy hususiyati sifati shundaki oldin shaxsiy pul bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin. Bu esa bo`lajak tadbirkorlar (aniqrog`i kuchli g`oy ava rejaga ega ammo mablag`i yo`q insonlar)ga anchagina muammo tug`dirgan . Hozirgi kunda bunday muammolarni uchratish qiyin. Chunki oldingi davrdan farqli ravishda hozirda birovlarning puli evaziga tadbirkorlik qilish shakllanib ulgurdi. Albatta kuchli g`oya , pishiq rejalar, kelajagini qisman ko`ra oladigan odamlarga pul bilan ta`minlaydigan investorlar talaygina. Umumiy qilib aytadigan bo`lsak intellectual capital bilan moliyaviy capital qo`shilishi natijasida tadbirkorlik amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotni yaxshi o`rgangan inson borki o`z vaqtida “Zamonaviy iqtisodiyot otasi” nomini olgan iqtisodchi Adam Smitni juda yaxshi biladi. Adam Smit tadbirkorga shunday ta`rif bergan edi: “Tadbirkor xo`jalik yuritish tahlikasini o`z zimmasiga oluvchi capital egasidir” Shuningdek Rossiya fanlar akademiyasi akademigi L.I.Abalkning so`zlariga ko`ra yetarlicha rivojlangan bozor xo`jaligi tadbirkorlikni rivojlanishining negizi hisoblanadi . Ya`ni tadbirkorlikning rivojlanishi bozor xo`jaligi rivojining poydevori hisoblanadi.
Hozirgi kunda kimlar tadbirkor bo`lishi mumkin ?
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlagan barcha fuqarolar tadbirkor bo‘lishi mumkin. Biroq buning uchun fuqaro muomala layoqatiga ega bo‘lishi, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim. “O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.”
Shu bilan birga, ayrim sabablarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar yoki guruhlar mavjud. Bularga:
– davlat organlari;
– davlat organlarining mansabdor shaxslari;
– tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslarni kiritish mumkin.
Tadbirkorga xos xususiyatlardan biri uning madaniyatidir. Tadbikorlik madaniyatining asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko`rishimiz mumkin:

  • Tadbirkorlik madaniyati – bu madaniyat omillarini hamma yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy tashkil etish. Shuningdek madaniyat har bir insonni darajasini oshirishda muhim omil hisoblanadi.. Hoh u tadbirkor hoh u oddiy inson bo`lsin madaniyatsiz bo`lsa , uning hayotida ,kundalik turmushida tartib va osoyishtalik bo`lmas.

  • Bu madaniyatning ayrim elementlari rivojlanishi bo`yicha g`oya , maqsad, vazifalarning bir-biriga moos kelishi. Zero kuchli va aniq g`oya va maqsad uzoq va o`xiri ravshan yo`ldir.

  • Tadbirkorning amaldagi qonunchilik doirasida faoliyat yurutishi

  • Tadbirkorning ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy , zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayanishi. Tabiiyki ilm-fan va tarjibasi yo`q tadbirkor tadbirkor emas va u muaffaqqiyatga erisha omaydi.

  • Tadbirkor o`z faoliyatida xodimlari va hamkorarini eng qadrli kishilari sifatida qabul qilishi lozim.

Maqsadga yetishish uchun tadbirkorga korporativ madaniyatining ahamiyati beqiyosdir. Tadbirkorning koporativ madaniyatni boshqarish pog`onalari quyidagicha:

  • Madaniyatning rivojlanish an`analari va holatini tahlil qilish

  • O`rganilayotgan davrda mavjud muammolarni aniqlash

  • Paydo bo`lgan muammolarning obyektiv va subyektiv omillarini aniqlash

  • Mavjud muammoning yechimini topadigan yo`llarini ko`rsatish

  • Chuqur o`rganilayotgan va tahlil etilgan mulohazalardan foydalanish

Tadbirkorlik har bir insonni muayyan daromad bilan ta’minlab, uning o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, turmush darajasini oshirishga imkon yaratadi. Agar jamiyatda tadbirkor insonlar ko‘p bo‘lsa, unda tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikka intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Tadbirkorlik yaxshi rivojlangan jamiyatda yaratuvchanlik, ilm-ma’rifat va saxovat yetakchi o‘rin tutadi. Tadbirkorlik o‘z faoliyatidan to‘lanadigan soliq va ajratmalar orqali davlat budjeti daromadlarini ham ta’minlaydi. Budjet mablag‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyat a’zolariga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar (uy-joylar, yo‘llar, tibbiyot muassasalari, o‘quv maskanlari va boshqalar)ni yanada yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi. Demak, tadbirkorlikning ahamiyati uning har bir shaxs, jamiyat va davlatning imkoniyatlarini kengaytirishi orqali namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan muhofaza qilinadi va qo‘llab-quvvatlanadi.
Ma`lumot sifatida tadbirkorlik natijasida yuksak muaffaqqiyatga erishgan bir tashkilat haqida to`xtalib o`taman. “1997-yili kollejda birga tahsil olgan do‘stlar Internetdan har qanday ma’lumotni topib bera oladigan algoritmni yaratish g‘oyasi bilan qiziqqan vaqtlarida buning nima bilan yakun topishini, hatto tasavvur ham qilmaganlar. Bu vaqtda ular yaxshi ta’lim olishga intiluvchi yosh talabalar edilar. Algoritm yaratish ustida ishni davom ettirish uchun vaqt yetmagani uchun ular o‘z ishlanmalarini «Yahoo» kompaniyasiga 1 mln. dollarga sotishga qaror qildilar. «Yahoo» bilan savdolashish narxi 500 ming dollargacha bordi, biroq oxir-oqibat algoritmni sotishdan voz kechdilar. Yigitlar algoritm ustida ishlashni davom ettirdilar. Natijada hozirda qiymati 280 mlrd. dollarga baholanayotgan «Google» kompaniyasi tashkil topdi.”
Tadbirkorlik va biznes.
Bozor iqtisodiyot subyektlar xo`jalik faoliyatida “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalarini bir-biri bilan bog`liq va amaliy jihatdan bir-birining o`rniga qo`llash mumkin . Lekin “tadbirkorlik va “biznes” iqtisodiy ta`sir doirasi bo`yicha qaraydigan bo`lsak ular orasidagi farqlar namoyon bo`ladi. Biznes tushunchasi tadbirkorlikka nisbatan kengroq tushunchadir. Tadbirkorlikka biznesning bir shakli sifatida qaraladi va tadbirkorlik keng ma`noda shaxsiy yoki jamoaviy manfaatga asoslangan va shaxsiy omillarga asoslanib amalga oshiriladigan , uy xo`jaligini yuritishdan to tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq aqliy faoliyatdir.
“Biznes” so`zi inglizcha bo`lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha qilib aytganda , kishilarni foyda olishga qaratilgan faoliyatdir.
“Biznesmen” atamasi birinchi bo`lib Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo`lib, u “mulk egasi” degan ma`noni anglatadi. Adam Smit biznesmenni mulk egasi sifatidai ta`riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g`oyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilikka boradigan kishidir deb ta`kidlaydi. Tadbirkorning o`zi , o`z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi va mahsulotni sotadi.
Tadbirkorlik va biznes o`rtasidaga farq yuzasida mening ustozlarimdan biri quyidagi gaplarni aytgan: “Tadbirkor qiymatni yuzaga keltiradi, biznesmen esa qiymat qo`shadi” Misol tariqasida tushuntiradigan bo`lsam tadbirkor butun fasl davomida atirgul ko`chatini ekib, barvarish qilib, so`ngra sotadi. Biznesmen esa tayyor atirgulni o`rab biroz atir sepib sotadi. Xulosa sifatida tadbirkorning faoliyati o`z ichiga uzoq jarayoni oladi. Biznesmen esa foyda maqsadida eng maqbul yo`llarni qidiradi mening fikrimcha !
Tadbirkorlik faoliayati haqida to`xtaladigan bo`lsak faqat iqtisodiy sohaning turli-tuman darajalaridagi mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini ifoda qiladi. Tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat`iy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy subyekti sifati tadbirkor, sherik, davlat, yollanma ishchi maydonga chiqadi. (1-chizma)

O`zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi qonunida tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik)- tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan , tavakkal qilib o`z mulkiy javobgarlig ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat”.


Tadbirkorlik faoliyatining faoliyatining obyekti – tovar, mahsulot, xizmatlar hisoblanadi. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi katta foyda , daromad keltiruvchi , yuqori talabga ega bo`lgan tovar va xizmatni bozorga taklif qilishdir. Bu esa muayyan xarajatlar qilishni taqozo etadi.
Xarajat – bu muayyan tovar va xizmatni ishlab chiqarish bilan bo`gliq pul ko`rinishidagi tadbirkor qilgan sarflar tushuniladi.
Daromad- bu tadbirkorning ma`lum bir tovar yoki xizmatni sotishi natijasida uning hisobiga tushuvchi mablag`dir.
Misol uchun men A shaxsga 100 ta non yetkazib berdim va undan mening hisobimga 400 ming so`m tushdi . Nonni ishlab chiqarish va yetkazib berish menga 280 mingga tushdi. Shunda 500 ming so`m bu mening daromadim, 120 ming so`m esa mening foydam hisoblanadi.
E`tiborga molik bir jihat borki foyda olish uchun tadbirkor bo`lish shart emas, ya`ni foyda olish faqat tadbirkornigina xaraktirlamaydi. Shuning uchun ham , tadbirkor foydasi yoki daromadi oddiy kishi foydasidan farqli ravishda , 2 unsurdan tashkil topadi:

  • Ishbilarmon kishining oddiy , odatdagi foydasi;

  • Ishbilarmon kishining odatdagi foydasidan ortiqcha foydasi,

Yuqoridagi ikkisi tadbirkorning foydasi hisoblanadi. Agar sizning korxonangiz barqaror ravishda oyiga 2 mln so`m foyda olsa-yu, sizning ishlab chiqarishdagi isloxatlaringiz natijasida foyda oyiga 3 mln so`mga chiqsa, bu holatda 1 mln so`m sizning tadbirkorlik foydangiz hisoblanadi. Shuningdek, tadbirkor ishbilarmon kishi bo`lishi talab qilinadi, lekin ishbilarmon inson tadbirkor guruhiga kirmasligi mumkin.
Tadbirkorlikni rivojlantirishda tadbirkorik muhiti muhil omil hisoblanadi. Tadbirkorlik muhiti – zarur resurslarni ishlatish, tadbirkorlik kapitalini shakllantirishga imkon beruvchi, iqtisodiy aloqalarning bozor turi hukmron bo`lishini ta`minlovchi tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlar majmuini va iqtisodiy erkinlik darajasini o`z ichiga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy holat hisoblanadi.
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning maxsus shakli sifatida aholi bandligini , yangi ish o`rinlarining manbai sifatida sanoati rivojlangan barcha mamlatkatlar tomonidan qo`llab quvvatlanadi.
Hukumat tomonidan esa tadbirkorlikning qo`llab quvvatlash 3 ta yo`nalishlar bo`yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqarishga qaratiladi:
-yangi tashkil etilgan firmalarni va ochilishi kutilayotgan firmalarni o`z faoliyatining dastlabki jarayonida har xil maslahatlar berish ( firma tashkil etilgandan boshlab 1-3 yil davomida konsalting xizmati)
-tashkil etilgan tuzilmalarga muayyan moliyaviy yordamlar ko`rsatish va ularga har xil imtiyozlar berish ( ayniqsa soliqqa tortish sohasida )
-moliyaviy jihatdan zaifroq bo`lgan tadbirkorlik tuzulmaliriga texnikaviy , ilmiy-texni yoki texnologik yordam ko`rsatish.
Davlat tomonidan yordam ko`rsatish kichik korxona to o`rta yoki yirik korxona mezoniga o`tgunga qadar amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik g`oyasi uyning boydevori kabi tadbirkorlik sohasida katta o`rin tutadi. Poydevor qurushda sustkashlikga yo`l qo`yilsa uyning jidamliligiga, chiroyiga va umriga ta`sir qilgani kabi tadbirkorlik g`oyasini amalga oshirishga ta`sir etuvchi omillarning o`zgaruvchanligi, noaniqligi yanada murakkabchiliklarni keltirib chiqaradi. Har bir tadbirkor o`z faoliyatini boshlashdan oldin, go`ya bo`yicha qaror qilishda taxminan quyidagicha masalalarni ko`rib chiqadi:

  • Talab qilingan xomashyoni olish, toppish mumkinmi va qaysi sharoitlarda olish mumkin; agar zarur bahoda ololmasa, u holda g`oya amalga oshirilmasligi mumkin;

  • Talab qilingan yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi sotib olish imkoniyati bormi va qanday bahoda;

  • Zarur texnika , texnologiya va asbob-uskunalarni bozordan olish imkoniyati bormi;

  • Tadbirkor xatti-harakatlariga davlatning me`yoriy-huquqiy hujjatlar orqali ta`sir etish usullari (soliqqa tortish, cheklash, moliyaviy va boshqa xil qo`llab-quvvatlashlar va hokazolar)

Shuningdek, tadbirkor o`z fikridan tashqari , iste`molchi fe`l-atvorini , daromad darajasi va shaklini, iste`molchi iqtisodiy qiziqishlari tizimini, tovarlarning xarid qila olishini , davlatning iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini hisobga olishi lozim.
G`oyaning amalga oshishidagi asosiy omillarning ta`sir darajasini sinchikovlik bilan o`rganib chiqish har bir tadbirkorning vazifasi hisoblanadi. Ko`z oldingizga tadbirkorlikning muayyan bir sohasini ikki pallali tarozi deb tasavvur qiling. Shunda tarozining bir pallasini bosib tursangiz ikkinchi pallasi ko`tariladi. Hech qachon bir palla yuqoriga ko`tarilsa, ikkinchi ham ko`tarilmaydi shu kabi tadbirkorning tajribasi, biznesdagi zafarlari va mag`lubiyatlari boshqa bir tadbirkorlarning kasod bo`lishi yoki gullab-yashnashiga sabab bo`ladi. Bularning sabablarini , jahon amaliyoti va iqtisodiy jarayonlar bilan umumlashtirib o‘rganish hozirgi kunda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq tavakkalchilikni oldindan aniqlash va oldini olish yoki uni sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradigan, ishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan butun bir chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishga olib keladi. Bunday samarali vositalardan biri taxminiy narxlami aniqlash, texnik iqtisodiy izlanishlar olib borish va biznes rejalar ishlab chiqishdir. Loyihaning hayotga tatbiq qilish mumkinligini aniqlash, uning tadbirkor uchun foydalilik darajasini hamda loyihaning bozordagi va moliyaviy samaradorligini baholash biznes rejaning asosi hisoblanadi.

Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish