Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari


“Biz  xususiy  tadbirkorlikning  manfaatlarini  himoya  qiluvchi



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana16.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#379876
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari.

“Biz  xususiy  tadbirkorlikning  manfaatlarini  himoya  qiluvchi 

qonun  va  tartiblarga  hokimiyatning  jamiiki  bug’inlari  tomonidan 

og’ishmay amal qiladigan qatiy va majburiy muhitni vujudga keltirishimiz 

shart, kichik va o’rta korxonalarning turli shakllari tez va keng rivojlanishi 

uchun  yo’l  ochishimiz  lozim

1



.  Ushbu  vazifalar  bugungi  kunda  tadbirkorlik 

                                                 

1

 

Каримов  И.А.  Янгича  фикрлаш  ва  ишлаш  давр  талаби.  5-ж.Тошкент, 



Ўзбекистон, 1997. 367-б. 


 

32 


faoliyatini  yanada  mustahkamlab  va  rivojlantirib  borishga  dasturilamal  bo’lib 

qolmoqda. 

Tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanadigan  har  bir  shaxsda    huquqiy, 

iqtisodiy,  shaxsiy  va  aqliy  qobiliyatlar  bo’lishi  kerak.  Fuqarolik  huquq  va 

muomala layoqatiga ega bo’lish, aqli raso, o’z mulkiga, majburiyatlar yuzasidan 

butun mol-mulki bilan javob bera olishligi. Shu bilan birga unda ishbilarmonlik, 

boshqaruvchilik,  qatiy  fikrlilik,  bozor  qoidalarini  tushunadigan,  o’z  faoliyati 

asosida davomli foyda oladigan, ish muomalasi odobi talablariga amal qiladigan 

shaxsni tadbirkor deyish mumkin. 

Tadbirkorlik  faoliyatining  ilmiy-nazariy  tushunchasi,  uning  vujudga 

kelishi  va  rivojlanishi  haqida  B.A.Erkayev  va  G.I.Karimovalar  –  tadbirkorlik 

so’zining lug’aviy ma’nosini tahlil qilib predprinimatelstvo - enterprise - foyda 

olish  maqsadida  fuqarolar  va  korxonalarning  o’z  tashabbusi  asosida  mustaqil 

faoliyat yuritishini tushuntiradi

1

. B.Ibratov tadbirkorlik – biznesmenlik faoliyati 



asosan XVIII asrda paydo bo’lganligini hamda uni ko’pincha ,,mulkdor― degan 

ma’noga  ega  ekanligini  tushuntirib  u  o’z  navbatida  faylasuf  olim  A.Smitning 

ham  fikrlariga  qo’shilib,  biznesmenni  foyda  olish  uchun  biron-bir  tijorat 

g’oyasini  amalga  oshirish  maqsadida  tavakkalchilik  bilan  ish  ko’ruvchi 

mulkdor, degan ta’rifni bildiradi

2



O.Oqyulovning fikricha, tadbirkorlik faoliyati bu har qanday mulkdorning 

tashabbusi asosida faoliyatni olib boruvchi bo’lib, unda shaxs o’z harakatini o’z 

xohish  -  istagini  mustaqil  holda  amalga  oshirishligini  izohlaydi.  Bundan 

tashqari, u tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi subyektlarning o’z xohish istagini 

va harakatini mustaqil belgilagan tartibda harakat qiluvchi shaxs ekanligini ham 

                                                 

1

 

Эркаев Б.А., Каримова Г.И. Бозор иқтисодиѐти-изохли луғат. – Тошкент: Шарқ.  



1997. 

2

 Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент.: Молия, 2001. 6-б. 




 

33 


tushuntiradi

1

.  S.Boboqulov  bozor  munosabatlari  sharoitida  tadbirkorlar  va 



tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy kuch deb ta’kidlaydi

2



Yuqoridagi  fikrlarda  tadbirkorlik  faoliyatining  mazmuni  uning  mustaqil 

faoliyat  ekanligi,  uning  maqsadi  foyda  olishga  qaratilganligi,  ushbu  faoliyat 

tavakkalchilik  va  tashabbuskorlikka  asoslanganligi  va  u  o’z  erkini  o’zi 

belgilaydigan hamda iqtisodiyotni rivojlantirishda uning alohida o’ringa egaligi 

bildirilgan.  

Jismoniy  va  yuridik  shaxsning  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga 

oshirishining  ikki  muhim  jihati  mavjud.  Birinchisi  iqtisodiy  ya’ni  muayan 

mulkka  ega  bo’lishi  bilan  tadbirkorlik  asosida  daromad  olishga  qaratilsa, 

ikkinchisi  esa  uning  ijtimoiy  ahamiyati  ham  muhim  bo’lib  u  qo’shimcha  ish 

o’rinlarini tashkil etadi.  

Fikrimizning  dalili  sifatida  shuni  ham  ta’kidlash  lozimki,  tadbirkorlik 

keng  ma’noda  shaxsiy  va  ijtimoiy  manfaatni  qondirishga  asoslangan  aqliy 

faoliyat hamdir

3



Ayrim  olimlar  tadbirkorlik  faoliyatini  huquqiy  va  tashkiliy  jihatdan 

o’rganishida  –  ular  ushbu  faoliyatni  qonun  hujjatlar  doirasida  korxona,  firma 

tashkil  qilish,  foyda  olish  maqsadida  mahsulot  ishlab  chiqarish  bilan 

shug’ullanuvchi  faoliyat  ekanligini  ta’kidlaydi

4

,  U.Tadjixanov  tadbirkorlik 



faoliyatini  -  puxta  o’ylab  tuzilgan,  ishlab  chiqilgan  amaliy  choralar  asosida  ish 

tutadigan  faoliyatdir  deb  ta’riflaydi,  K.Sindorov  tadbirkorlik  shaxsiy  manfaatni 

qondirishga asoslangan, o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga 

qaratilgan  hamda  tavakkalchilik  va  tashabbuskorlik  faoliyatini  amalga 

oshiradigan,  boshqa  ijtimoiy  subyektlar  topshirig’i  bilan  amalga  oshiri-ladigan 

                                                 

1

Оқюлов  О. Понятие  и основные признаки предпринимательской деятельности. 



//Хозяство и право, №5. –Тошкент: 2004. – С 74-75. 

2

Бобоқулов  С.  Иқтисодий  ислоҳотлар  жараѐнида  ижара  муносабатларини 



ривожлантириш  ва  такомиллаштиришнинг  фуқаролик-ҳуқуқий  муаммолари: 

юрид. фан. докт. дис. … ТДЮИ. -17 б. 

3

 Қаранг. Мустақиллик изоҳли илмий-оммабоп луғат. – Тошкент: 1998.- 204 б. 



4

 Мирсаидов М.С. Тадбиркорлик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. - 185 б. 




 

34 


faoliyatdan  farqli  o’laroq,  yangilikka  intiladigan  shaxslarning  tashabbuskor 

faoliyatidir

1

, degan fikrlarni bildiradi. 



Yuqoridagi  fikrlarda  mualliflar  tadbirkorlikning  mazmun  va  maqsadini 

ifoda  ettirishga  harakat  qilgan.  Fikrimizcha,  tadbirkorga  bildirilgan  ikkinchi 

fikrga  qo’shimcha  qilib  uni  tadbirkorlik  nafaqat  shaxsiy  ehtiyojni  qondirishga 

balki, ushbu faoliyat jamiyatning ijtimoiy ehtiyojini ham qondirishga qaratilgan 

faoliyatdir, desak to’g’ri bo’lar edi. 

Bugungi  kunda  tadbirkorlik  huquqining  asosiy  vazifasini  uning 

predmeti  belgilaydi  va  bu  haqda  prof.I.B.Zokirovning  quyidagi  ta’rifini 

keltirish  mumkin.  Unga  ko’ra,  tadbirkorlik  faoliyati  yuridik  shaxslar, 

fuqarolar  yoki  fuqaro  tomonidan  o’z  tavakkalchiliklari  va  mulkiy 

javobgarliklari  asosida  shaxsiy  daromad  (foyda)  olish  maqsadida  qonunlar 

doirasida  amalga  oshiriladigan  tashabbuskor  xo’jalik  faoliyati  degan 

mazmunni  bildirishini  ta’kidlaydi

2

.  Ushbu  ilmiy  fikrlar  va  tushunchalar  ham 



ilmiy  asoslantirilgan.  Lekin,  ularning  ishlarida  ushbu  faoliyatning  sof 

fuqarolik-huquqiy mazmuniga, uning o’ziga xos belgilariga va xususiyatlariga 

alohida e’tibor qaratatilmagan.  

Huquqshunos  olimlar  I.V.Yershova  va  T.M.Ivanovalar  tadbirkorlik 

faoliyatida  quyidagi  belgilar  bo’lishini  ta’kidlaydilar

3

.  Jumladan,  mulkiy  va 



tashkiliy  mustaqillik,  tavakkalchilik,  davomli  daromad  (foyda)  olish, 

daromadlarni mulkdan foydalanish orqali mahsulot yoki tovar sifatida sotishdan, 

ish  bajarish  yoki  xizmat  ko’rsatishdan  hamda  tadbirkorlik  faoliyatini  davlat 

ro’yxatidan  o’tkazish  orqali  harakat  qilishini  tushuntiradi.  Bundan  tashqari 

ayrim  olimlarning  ta’kidlashicha  tadbirkorlik  mustaqil  faoliyat  bulib,  ushbu 

faoliyatdan  ko’zlangan  maqsad  xo’jalik  tavakkalchiligi  asosida  muayyan 

                                                 

1

  Қаранг.  Юридик  энциклопедия.  –  Тошкент:  2001.  418-419-б;  К.О.Синдоров, 



И.Жуманазаров. Тадбиркорлик субъектларини текширишнинг ҳуқуқий асослари. 

(қонунчилик ва суд амалиѐти) –Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. 11-12-б.  

2

  Зокиров  И.Б.  Ўзбекистон  Республикасининг  Фуқаролик  ҳуқуқи.  Дарслик.  –



Тошкент: 2007. 149-б. 

3

  Ершова  И.В.,  Иванова  Т.М.  Предпринимательское  право.  Учебное  пособие.  – 



М.:Юриспруденция, 1999. 4  


 

35 


faoliyatni davlat ro’yxatidan o’tkazish va undan doimiy hamda davomli ravishda 

daromad (foyda) olishga qaratilganlik faktlari ham mavjud bo’lishini bildiradi

1



V.A.Oygenzixt  tavakkalchilik  asosida  ish  tutishni  fuqarolik-  huquqiy  nuqtai 



nazardan o’rganib, uni insonning o’z harakatini o’zi tanlash asosida belgilashini, 

uning  ushbu  harakatni  bila  turib  biror  bir  maqsadga  erishish  yo’lida  harakat 

qilishni,  o’z  oldida  duch  keladigan  to’siqlar  sari  qadam  qo’yib  borishni  hamda 

shaxsning  o’z  harakatini  fahmlab  ilgari  boruvchi  faoliyat  deb  tushuntiradi

2



Lekin  ushbu  fikrlarga  teskari  bo’lgan  ayrim  qarashlar  va  fikrlar  ham  mavjud 



bo’lib, ularga jumladan, V.Serebrovskiy tavakkalchilikning iqtisodiy ma’nosiga 

nazar tashlab, uni biror bir xo’jalik faoliyatida noxushlikka olib keluvchi harakat 

degan  tushunchani  bildiradi

3

.  M.M.Agarkov  tavakkalchilik  harakati  barcha 



fuqarolik  huquqi  bilan  bog’liq  munosabatlarda  sezilarli  darajada  uchramaslik 

holatlarini ta’kidlaydi

4



Tadbirkorlik  faoliyatida  tavakkalchilik  bilan  ish  ko’rish  qadimgi  Rimda 



ham  huquqiy  xarakterga  ega  bo’lgan  va  unda  ushbu  belgi  huquqiy  hujjatlarni 

nomlashda qo’llanilganligi  haqida huquqshunos  olim  Yu.Baron o’zining  fikrini 

bildiradi.  Masalan,  ular  ,,tavakkalchilik  krediti―  ,,saqlash  shartnomasida―  va 

boshqa  shartnomalar  mazmunida  uchrab  turishini  ta’kidlaydi

5

.  Tavakkalchilik 



belgisi o’zining mazmuniga ko’ra quyidagi turlarda namoyon bo’lishi mumkin. 

Jumladan, ularning tabiiy, delikt, ma’muriy hamda shartnomaviy ko’rinishlarini 

qayd  qilish  lozim.  Tadbirkor  o’zining  tavakkalchiligi  bilan  mulkiy  zarar 

ko’rishning  oldini  olish  kerakligini  ham  hisobga  olishi  kerak  ya’ni  ularning 

faoliyatida  tavakkalchilikdan  ham  foydalana  bilishlik  talab  qilinadi. 

Tavakkalchilik  ham  o’z  mazmuniga  ko’ra  o’ziga  xos  huquqiy  yoki  texnik 

                                                 

1

  Предпринимательское  право.  Учебное  пособие  для  вузов.  –  М.:  2000. 



Коллектив авторов. Изд. ―Приор‖.  

2

Ойгензихт  В.А.  Проблема  риска  в  гражданском  праве.  (Часть  обшая)  ,  Изд-во 



―ИРФОН‖ – Душанбе, 1972. 

3

Серебровский  В.  Страховой  риск.  Сборник  статей  кафедры  ‖Проблема 



современного  права‖,  правового  факультета  Харковского  института  народного 

хозяства, посвяшенный памяти акад. М.Гордона.1927. -189 с. 

4

 Агарков М.М. Очерки кредитного права, 1926, -С.52. 



5

Барон Ю. Система Римского гражданского права. Кн. 4, СПб. 1910, -С.132. 




 

36 


ko’rinishda bo’lishi mumkin. Texnik tavakkalchilikda uning mazmunida yuridik 

xarakterga  xos  asos  bo’lmaydi.  Masalan,  mulkdorning  o’z  mulkini  iqtisodning 

turli  sohalariga  qo’shishini  olish  mumkin.  Tavakkalchilikning  huquqiy 

asoslariga  esa  mulkni  sug’urta  qilish  va  majburiyatlarni  bajarish  usullari  ya’ni 

neustoyka, zalog, kafillik, kafolat va zakolatni kiritish mumkin. 

Shuningdek,  V.A.Oygenzixt  o’zining  asarlarida  tavakkalchilik  belgisi 

haqidagi  fikrlarini  davom  ettirib,  u  tavakkalchilikni  –  muvaffaqqiyatga  olib 

borishdir,  deb  qisqacha  ma’noda  tushuntirib  o’tadi.  Lekin  shu  o’rinda  ushbu 

fikrga 

qarama-qarshi 

fikrlar 

ham 


mavjudligini 

huquqshunos 

olim 

Ya.M.Magazinerning  ishlarida  ko’rish  mumkin,  u  tavakkalchilikni  istiqlolga 



xavf, unga har qanday tahdidlarni soluvchi holat sifatida ko’rinishga ega bo’ladi 

deb  biladi

1

.  Tavakkalchilik  faoliyatining  fanda  ikki  xil  turi  mavjudligini 



huquqshunos  olim  V.Rassudovskiy  asoslaydi.  Birinchisi,  shartnomadagi 

tavakkalchilik bo’lsa ikkinchisi, texnik tavakkalchilik bo’lib, uni biror bir qaror 

qabul  qilishda  uchratishni  ta’kidlaydi  va  buni  ongli  ravishda  to’g’ri  qaror 

qilingan harakat deb tushuntiradi

2



Fikrimizcha,  tavakkalchilik  faoliyatiga  berilgan  tushunchalar  ichida 



huquqshunos  olim  V.A.Oygenzixtning  hamda  Yu.Baronning  fikrlari  asosli  deb 

hisoblaymiz.  Chunki,  ularda  tadbirkorlik  faoliyatiga  xos  belgilarga  alohida 

to’xtalib, ularga to’g’ri ta’rif berilganligini hamda bu fikrlar fuqarolik-huquqiy 

munosabatlarga  bog’lab  tushuntirilganligini,  hamda  uni  tadbirkorlik  faoliyatida 

muhim ahamiyat kasb etishligi ilmiy va amaliy tartibda asoslantirilgan.  

Yuqorida  o’rganilgan  barcha  belgilar  tadbirkorlik  faoliyatiga  xos  bo’lib, 

bunda  mulkdor  o’z  ishonchi  va  erkiga  asoslanib  mustaqil  faoliyatini  amalga 

oshiradi.  Ayrim  ma’lumotlarga  qaraganda,  tavakkalchilik  termini  rivojlangan 

mamlakatlarda,  jumladan,  AQSh  da  ijobiy  xarakterga  ega  bo’lib,  ularda 

tijoratchilikda  ko’proq  qo’llanib,  birja  o’yinlarini  o’tkazishda  omad  yoki  yutuq 

olishni  bildiradi.  Shuningdek,  AQSh  da  bu  borada  maxsus  ,,Tadbirkorlikda 

                                                 

1

 Магазинер Я.М. Советское хозяственное право. – М. 1928. – С.36 



2

  Рассудовский  В.  Вопрос  об  имушественном  риске  в  гражданском  праве. 

―Советская юстиция‖. № 18. 1963. –С.11 



 

37 


tavakkalchilik― deb nomlangan maxsus jurnalning ham mavjudligini bunga asos 

sifatida keltirish mumkin

1



Tadbirkorlik  faoliyatida  tavakkalchilik  asosida ish  yuritishda  eng  avvalo, 



har bir ushbu faoliyatni boshlovchi shaxs tavakkalchilik darajasini hisobga olib, 

bozor  konyunkturasini  puxta  o’rganish  talab  qilinadi  aks  holda  tadbirkorlikdan 

ko’zlagan foydaga erisha olmasdan kutilmagan noxush vaziyatlarni ham keltirib 

chiqarishi mumkin. 

Fikrimizcha,  tadbirkorlik  faoliyatida  tavakkalchilik  belgisi  har  qanday 

shaklda  tashkil  topgan  tadbirkorning  o’z  ishonchi  va  qobiliyatiga  qarab,  o’z 

mulkini  va  faoliyatini  tavakkal  qilib,  undan  cheklanmagan  miqdorda  foyda 

(daromad)  olishga  qaratadi.  Tadbirkorning  tavakkalchilik  asosida  ish  tutishi 

raqobatga  bardosh  bera  olishni  hamda  kutilmagan  harakatlarda  o’z  mulki  va 

muassislari  bilan  birgalikda  to’liq  javobgar  bo’lish  majburiyatini  yuklaydi. 

Shuningdek,  tadbirkorlik  faoliyatining  muhim  belgilari  ichida  tadbirkorlikda 

tashabusskorlik,  mulkiy  va  tashkiliy  mustaqillik  belgilari  ham  muhim  huquqiy 

va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. 

Bizning  nazarimizda,  tadbirkorlik  faoliyatini  boshlovchi  har  qanday 

shaxsda tashbbuskorlik, tavakkalchilik, mulkiy mustaqillik, muomala layoqatiga 

ega  bo’lishlik,  doimiy  uzluksiz  xarakterga  oid  daromad  (foyda)  olish, 

tadbirkorlikning  davlat  ro’yxatidan  o’tganlik  fakti  bilan  bir  qatorda  unda 

novatorlik (innovasiya) belgisi ham bo’lishi lozim.  

Novatorlik belgisi ham tadbirkorlik faoliyatining muhim belgilaridan biri 

hisoblanadi. 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish