Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari


Bitiruv  malakaviy  ishning  tuzilishi  va  hajmi



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/26
Sana16.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#379876
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari.

Bitiruv  malakaviy  ishning  tuzilishi  va  hajmi.

  Bitiruv  malakaviy  ish 

jami  64  betni  tashkil  qilib,  kirish,  ikki  bob,  to’rt  paragraf,  xulosa  va 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

12 


1.Bob.  O’zbekiston  Respublikasida  tadbirkorlik  faoliyatining  

rivojlanishi 

1.1.O’zbekiston  Respublikasida  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil 

etishga qaratilgan qonun-hujjatlar tizimi. 

 

Bugungi  kunda  mamlakatimizni  avvalo,  iqtisodiyotimizni  isloh  etish, 

erkinlashtirish va modernizasiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikasiya 

qilish  borasida  amalga  oshirilayotgan,  har  tomonlama  asosli  va  chuqur 

o’ylangan  siyosat  bizni  inqirozlar  va  boshqa  tahdidlarning  salbiy  ta’siridan 

himoya  qiladigan  kuchli  to’siq,  aytish  mumkinki,  mustahkam  va  ishonchli 

himoya  vositasini  yaratdi  –  deb  ta’kidladi  Yurtboshimiz  I.A.Karimov  o’z 

ma’ruzalarida

1



Ma’lumki, mamlakatimizda ijtimoiy yo’nalishdagi bozor iqtisodiyotini 



barpo  kilish  o’ta  murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  vaziyatda  boshlandi. 

Shuning  uchun  ham,  iqtisodiy  isloxatlarning  birinchi  boskichida,  eng  avvalo 

bozorga  xos  yangiliklarning  huquqiy  negizi  barpo  etildi.  Ishlab  chikarish 

sur’atining  axoli  turmush  darajasining  keskin  tushib  ketishiga  yo’l  ko’yilmadi, 

to’lov  xolati  yaxshilandi,  ishlab  chikarishning  ustivor  tarmoqlarini 

takomillashtirishga e’tibor berildi. Masalan, neft va gaz kondensati kazib olish; 

oltin;  don;  yengil  sanoat;  ozika  sanoati;  va  boshkalar.  Natijada  O’zbekistonga 

chetdan  olib  kelinayotgan  neft  va  neft  maxsulotlari;  go’sht  va  sut,  don 

maxsulotlarini  bir  necha  barobar  kamaytirishga  erishdik.  Bu  davrda  mulk, 

korxonalar,  tadbirkorlik  tashkiliy-  iqtisodiy  faoliyat,  banklar  va  bank  faoliyati, 

mulkni  davlat  tasarrufidan  chikarish  va  xususiylashtirish,  kooperasiya,  xo’jalik 

jamiyatlari  va  birlashmalari  to’g’risida,  monopol  faoliyatni  cheklash; 

korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan soliq olish, birjalar va birja faoliyati, 

bankrotlik  to’g’risida,  xorijiy  sarmoyalar  va  xorijiy  sarmoyadorlar  faoliyatini 

kafolatlash  to’g’risida,  yer  xakida,  ijara  korxonalari,  lizing  to’g’risida 

                                                 

1

 Каримов И.А.  Жаҳон молиявий иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида 



уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2009 йил. 


 

13 


(14.04.1999y),  1998  yil  14  noyabrdagi  O’.R-si  Prezidentining  ―Xo’jalik 

subyektlari  faoliyatini  tekshirishni  tartibga  solish  to’g’risida‖gi  Farmoni  1998 

yil  24  dekabrdagi  ―Xo’jalik  subyektlari  faoliyatini  davlat  tomonidan  nazorat 

kilish  to’g’risida‖gi  O’zbekiston  Respublikasi  ―Xo’jalik  yurituvchi  subyektlar 

faoliyatining  shartnomaviy  huquqiy  bazasi  to’g’risida‖  gi  1998  yil  29  avgust 

Qonuni;  ―Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to’g’risida‖  gi 

O’zbekiston Respublikasining (2000 yil 25 may) Qonuni hamda  ―Tadbirkorlik 

faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to’g’risida‖  gi  O’zbekiston  Respublikasining 

yangi tahrirdagi (2012 yil 3 may) qonun-hujjatlari tashkil qiladi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  Kodeksi  (I  kismi  1995  yil  21 

dekabrda, II kismi 1996 29 avgust g’ 163-1, g’ 256-1), O’zbekiston Respublikasi 

Konstitusiyasi  hisoblanadi.  Bulardan  tashkari  isloxotning  huquqiy  asosini 

shakllantirish  jarayonini  ta’minlovchi  bir  kancha  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti farmonlari va xukumat karorlari qabul qilindi.  

Bular:    ―Tadbirkorlik  subyektlarini  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  va 

xisobga ko’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida‖ gi 2001 yil 22 avgustdagi 

347 t.r. O’z.R-si Vazirlar Maxkamasining Karori;  

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Tadbirkorlik  subyektlarini 

tekshirishni  yanada  qisqartirish  va  uning  tizimini  takomillashtirish  chora-

tadbirlari  to’g’risida‖gi  Farmoni

1

    (O’zbekiston  Respublikasi  qonun  qujjatlari 



to’plami, 2005 y., 40-son, 303-modda; 2008 y., 20-21-son, 170-modda; 2010 y., 

1-2-son, 1-modda, 17-son, 130-modda



 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Iqtisodiyotning  real  sektori 



korxonalarini  ko’llab-kuvvatlash,  ularning  barkaror  ishlashini  ta’minlash  va 

eksport  saloxiyatini  oshirish  chora-tadbirlari  dasturi  to’grisida‖gi    Farmoni

2

.

 



                                                 

1

  O’zbekiston  Respublikasi  qonun  qujjatlari  to’plami,  2005  y.,  40-son,  303-modda; 



2008 y., 20-21-son, 170-modda; 2010 y., 1-2-son, 1-modda, 17-son, 130-modda

 

2



 

 (Ўзбекистон Республикаси конун хужжатлари тўплами, 2008 й., 49-сон, 477-

модда; 2010 й., 1-2-сон, 1-модда; 2010 й., 17-сон, 130-модда)

 



 

14 


(O’zbekiston  Respublikasi  Qonun  hujjatlari  to’plami,  2008  y.,  49-son,  477-

modda; 2010 y., 1-2-son, 1-modda; 2010 y., 17-son, 130-modda) 



 

Tijorat  banklari  tomonidan  ―O’z  faoliyatini  yuridik  shaxs  bo’lmagan 

holda amalga oshiruvchi yakka tadbirkorlarni va dehqon xo’jaliklarini milliy va 

xorijiy valyutada mikrokreditlash tartibi‖( 29 fevral 2000 yil )  

•   ―Kichik  korxonalar,  dehqon  va  fermer  xo’jaliklarini  mablag’  bilan 

ta’minlash,  ularga  bojxona  imtiyozlar  berish,  bank  xizmatlari  va  boshka 

xizmatlar 

ko’rsatish  bo’yicha  ko’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida‖ 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasi  10  sentyabr  2001  yilda  Karor 

kabul kildi. Bundan maksad kichik va o’rta biznes dehqon va fermer xo’jaliklari 

tashkil  etishni  rag’batlantirishni  kuchaytirish  hamda  bundan  buyon  jadal 

rivojlantirish,  ularning  moliyaviy,  moddiy-texnika  va  xom  ashyo  resurslari 

olishini kengaytirishdir.  

1998  yil  27  maydagi  Vazirlar  Maxkamasining  ―Kichik  va  o’rta 

biznesni rivojlantirishni rag’batlantirish xakida‖ gi karori esa, ―Kichik va o’rta 

tadbirkorlikni 

joylarini 

tashkil 


etish 

va 


faoliyat 

ko’rsatishini 

murakkablashtiruvchi muassasa hujjatlarining nashr etilishi, xukumat tomonidan 

ko’zda  tutilmagan  hujjatlar  xususida  rasmiy  talab  yuborib  murojat  etish  man 

etilgan‖, - deb ko’rsatilgan.  

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ―Tadbirkorlik 

faoliyatini  tashkil  etish  uchun  ro’yxatdan  o’tkazish  tartibotlari  tizimini  tubdan 

takomillashtirish to’g’risida‖ gi 20.08.2003 yil 357 – sonli qarori1qabul qilindi. 

Ushbu  qarorda  tadbirkorlik  subyektlari  uchun  yanada  qulay  shart-

sharoitlar yaratish, rasmiylashtirishning bosqichma-bosqich ro’yxatdan o’tkazish 

prinsipiga  o’tish  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishdagi  byurokratik 

to’siqlarni  olib  tashlash  maqsadida  Vazirlar  Maxkamasi  quyidagi  tartiblarni  

belgiladi.  Unda,  tadbirkorlik  faoliyati  subyektlarini  rasmiylashtirish  va  davlat 

ro’yxatidan o’tkazishda:  

birinchidan, rozilik beruvchi tashkilotlar soni keskin qisqartirilishi;  



 

15 


ikkinchidan, barcha kelishib olish tartibotlari tadbirkorlik subyektlarini 

amaldagi  qonun  hujjatlariga  rioya  qilgan  holda  ro’yxatdan  o’tkazadigan  faqat 

bitta tashkilot doirasida amalga oshirilishi ta’minlanadi.  

Tuman  (shaxar)  xokimliklari  xuzurida  Tadbirkorlik  subyektlarini 

ro’yxatdan  o’tkazish  inspeksiyalari  (keyingi  o’rinlarda  Inspeksiya  deb  ataladi) 

tashkil etilsin.  

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaxarlar 

va 


tumanlar 

xokimliklarida 

quyidagilar 

yangi 


tashkil 

etilayotgan 

Inspeksiyalarning asosiy vazifalari etib belgilandi:  

tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanishni  mo’ljallayotgan  ariza 

beruvchining hujjatlarini qabul qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 

xollarda hujjatlarni va zarur bo’lgan asoslarni ekspertizadan o’tkazish;  

tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  maqsadida  muxandislik 

kommunikasiyalariga (gaz bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, suv bilan 

ta’minlash,  kanalizasiya,  issiqlik  bilan  ta’minlash,  telefon  aloqasi  tarmoqlari) 

ulanish,  turar-joylarni  noturar-joy  toifasiga  o’tkazish,  obyektlarni  qurish  va 

rekonstruksiya  qilishga  texnik  shartlarni  belgilangan  tartibda  rasmiylashtirish 

uchun,  shuningdek  muxr  va  shtamp  tayyorlashga  ruxsatnoma  olish  uchun 

ularning  vakolatlari  doirasida  majburiy  tartibda  kelishiladigan  va  ruxsat 

olinadigan tegishli tashkilotlarni aniqlash;  

yuqorida  ko’rsatilgan  ruxsat  beruvchi  hujjatlarni  rasmiylashtirishni 

xisobga  olgan  holda  tadbirkorlik  subyektlarini  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish, 

reyestrni  yuritish,  shuningdek  ularni  soliq  va  statistika  organlarida  xisobga 

qo’yish;  

ariza  beruvchiga  barcha  ruxsat  beruvchi  hujjatlar  bilan  uning 

tadbirkorlik  subyekti  sifatida  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilganligi  to’g’risida 

guvoxnoma berish.  

Quyidagilar  tadbirkorlik  subyektlarini  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish, 

xisobga  qo’yish  va  ruxsat  beruvchi  hujjatlarni  rasmiylashtirish  tartibi 

to’g’risidagi Nizomga muvofiq; 




 

16 


Tadbirkorlik  subyektlarini  ro’yxatdan  o’tkazish  inspeksiyalarining 

namunaviy  tuzilmasi  ham    tasdiqlandi.  Unda  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shaxar  xokimliklari  Davlat  mulki 

qo’mitasining xududiy organlari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga 

oshirish  uchun  obyektlar  qurilishi  uchun  yer  uchastkalarining,  tadbirkorlar 

talabini  xisobga  olgan  holda  muntazam  ravishda  kim  oshdi  savdolariga 

qo’yishni amaliyotda qo’llash belgilandi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  O’zbekiston  Respublikasi 

Davlat mulki qo’mitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda shaxar va tuman 

xokimliklari  xuzuridagi  Tadbirkorlik  subyektlarini  ro’yxatdan  o’tkazish 

inspeksiyalari  to’g’risidagi  namunaviy  nizom  ishlab  chiqildi,  ro’yxatdan 

o’tkazish va ruxsat berish hujjatlarini rasmiylashtirishning belgilangan tartibiga 

so’zsiz rioya qilinishi ustidan zarur nazorat o’rnatildi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulki  qo’mitasi,  Tovar  ishlab 

chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, "O’zteleradio" kompaniyasi, O’zbekiston 

aloqa  va  axborotlashtirish  agentligi,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar 

Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shaxar  xokimliklari  ushbu  qaror  qoidalarini 

respublikadagi  barcha  tadbirkorlar  keng  qatlamlariga  yetkazish  bo’yicha 

kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

17 


Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi  357-son qaroriga  

2-ILOVA 


 

Shaxarlar va tumanlar xokimliklari xuzuridagi 

Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan 

o’tkazish inspeksiyasining namunaviy 

TUZILMASI 

  

  



  

  

Inspeksiya boshligi 



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

Davlat 


ro’yxatidan 

o’tkazish  va  xisobga  qo’yish 

bo’limi (mutaxassis) 

(1 kishidan - 3 kishigacha) 

 

  

  



Ruxsat 

beruvchi 

hujjatlarni 

rasmiylashtirish 

bo’limi (sektori) 

(2 kishidan - 5 kishigacha) 

 

  

  



  

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Ta’lim  muassasalarining 

bitiruvchilarini  tadbirkorlik  faoliyatiga  jalb  etish  borasidagi  ko’shimcha  chora-

tadbirlar  to’grisida‖gi  2010  yil  28  iyul,  PF-4232-son  Farmoni

1

  qabul  qilindi. 



Ushbu  hujjatning  mazmunida  «Barkamol  avlod  yili»  Davlat  dasturiga  muvofik 

hamda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishni  yanada 

ragbatlantirish,  yoshlarni,  avvalambor  kasb-xunar  kollejlari,  akademik  liseylar 

va  oliy  ta’lim  muassasalari  bitiruvchilarini  tadbirkorlik  faoliyatiga  keng  jalb 

etish  uchun  kulay  shart-sharoitlar  yaratish  maksadida  mikrofirmalar  va  kichik 

                                                 

1

 

Ўзбекистон  Республикаси  конун  хужжатлари  тўплами,  2010  й.,  30-сон,  251-



модда. 


 

18 


korxonalar  tomonidan  respublikaning  kasb-xunar  kollejlari,  akademik  liseylari 

va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan mexnat shartnomalari tuzilganda, 

band  xodimlarning  o’rtacha  yillik  soni  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

cheklangan  normativdan  ko’pi  bilan  20  foiz  oshirilgan  xollarda,  mikrofirmalar 

va  kichik  korxonalar  uchun  nazarda  tutilgan  imtiyozlar,  kafolatlar  va  huquqlar 

ularda saqlanib koldirildi.  

Bunda xodimlar sonining oshirilishiga O’zbekiston Respublikasi kasb-

xunar kollejlari, akademik liseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining 

o’kishni yakunlagan kunidan boshlab 3 yildan ortik vaqt o’tmagan takdirdagina 

yo’l ko’yiladi.  

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya 

vazirligi,  Davlat  soliq  ko’mitasi  hamda  boshka  manfaatdor  vazirliklar  va 

idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan 

kelib  chikadigan  o’zgartish  va  ko’shimchalar  to’grisida  Vazirlar  Maxkamasiga 

takliflar kiritish topshirildi.  

Bu  xil  qonunlarning  ko’plari  sanoat  korxonalari,  ishlab  chikarish 

faoliyati bilan shug’ullanadigan firmalar va xo’jaliklarga tegishlidir.  

O’zbekiston  respublikasida  korxonalar  faoliyatiga  bog’lik  bo’lgan 

boshka qonunlar: tovar - pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshkarilayotgan 

bozor  sharoitida  mulkchilikning  barcha  shakliga  mansub  korxonalarni  barpo 

etish,  ular  faoliyatining,  ularning  kayta  tashkil  etish  va  tugatishning  umumiy 

huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.  

Qonun  foyda  olishni  ko’zlab  ish  olib  boradigan  korxonalarning 

mustakilligini  ta’minlashga  karatilgan 

bo’lib,  ularning  huquqlari  va 

mas’uliyatini  belgilaydi,  boshka  korxonalar  va  tashkilotlar,  davlat  boshkaruv 

idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi.  

Bu  davrdagi  qonun  chikarish  jarayoni  konstitusiyaviy  jixatdan 

asoslangan  ikki  muxim  prinsip:  turli  shakldagi  (shu  jumladan  xususiy)  mulk 

erkinligi  va  tengligi  prinsipi  hamda  iqtisodiy  faoliyat  erkinligi  prinsipi  asosida 

rivojlandi.  



 

19 


Bozor  munosabatlari  talablariga  javob  beraoladigan  xissadorlik 

kompaniyalari,  uyushmalar,  birjalar,  kimmatbaxo  kog’ozlarni  xisobga  oladigan 

va saklaydigan depozitoriy, savdo uylari singari bozor infrastrukturasi obyektlari 

barpo  etilgan.  Bu  qonunlar  tashki  iqtisodiy  faoliyatni  sezilarli  darajada 

kengaytirish imkonini berdi, xorijiy sarmoyalar uchun imtiyozli sharoit yaratdi, 

o’rta  va  yirik  korxonalarni  davlat  tassarufidan  chikarish,  va  xususiylashtirish, 

yopik  turdagi  aksionerlik  jamiyatlarini  ochik  turlagi  jamiyatlarga  aylantirish 

jarayonini  boshlab  berdi.  2002  yilda  Respublika  iqtisodiyotini  investisiyalash 

xajmi  yalpi  ichki  maxsulotga  nisbatan  24,5  %  yni  tashkil  etdi.  Kapital 

mablag’lar  tarkibida  xorijiy  investisiyaning  xissasi  ko’paydi  va  jami 

investisiyalarning 30 % ga yoki 1 milliard AQSh dollariga to’g’ri keladi.  

2001  yil  iqtisodiyotimizga  jalb  etilgan  xorijiy  investisiyalarning 

umumiy xajmidan fakat 13,4 % gina bevosita amalga oshirilgan.  

Lekin xorijiy investisiyalarni jalb etish xali ancha sust bormoqda. 2002 

yilgacha respublikaning 31 ta tumanida xorijiy investisiyalar ishtirokida birorta 

ham  korxona  tashkil  etilmagan.  2001  yil  mamlakatimizda  yetishtirilgan  paxta 

tolasini  kayta  ishlovchi  eng  zamonaviy  uskuna  va  texnologiyalar  bilan 

jixozlangan  «O’obul-Farg’ona»,  «Chinoz  to’kimachi»  kabi  yangi  ko’shma 

korxonalar ishga tushirilgan.  

Yukorida  aytilganlarga  misol  tarikasida  Buyuk  Britaniya  va 

O’zbekiston bilan hamkorlikda yaratiglgan tamaki maxsuloti ishlab chikaruvchi 

«UzBAT»  korxonasini,  «AYSEL»  turk  kurilishi  kompaniyasini  keltirishimiz 

mumkin.  Bu  kompaniya  «Interkontenental»  mexmonxonasini,  O’zbekiston 

respublikasi milliy banki binosini kurib foydalanishga topshirdilar. O’zbekiston 

turk  bankini;  xorijiy  va  O’zbekiston  korxonalariga,  tashkilotlariga  xizmat 

ko’rsatuvchi  Gollandiyaning  ABN-AMRO  milliy  bankini  yaratilishi;  chet  el 

investisiyalarini  moliyalashtirish  uchun  yaratilgan  O’zbekiston  Respublikasi 

xususiylashtirish  banki;  Yaponiyaning  SAKURA  LTD-xorijiy  bankini; 

Fransiyaning  SOSYeTE  JENERAL;  Xindistonning  milliy  banki  turli  xildagi 



 

20 


Rossiya banklari; Cof xorijiy kapitalga asoslangan «Toshkent» markaziy Osiyo 

rekonstruksiya kilish va rivojlantirish banki kabilar shular jumlasidandir.  

O’o’shma  korxonalardan  Janubiy  Kareya  bilan  hamkorlikda 

«UzDEU»  korxonasi  va  unda  yangi  modeldagi  «Matiz»  avtomobilni  ishlab 

chikarishni  yo’lga  ko’yilishi,  «UzDEU  elektroniks»,  Buxorodagi  neftni  kayta 

ishlash  ko’shma  korxonasi  yaratilishi  misol  bo’la  oladi.  Italiya  bilan  - 

«Uzitalmotor» xissadorlik jamiyati va boshkalarni misol kilib keltirsak bo’ladi.  

Hozir  O’zbekistonda  1500  dan  ortik  xorijiy  sarmoyalar  bilan 

ishlaydigan  korxonalar  faoliyat  ko’rsatmokda.  Masalan,  AQSh  bilan  yaratilgan 

200ta korxona; Germaniya bilan 150 tadan ortik; Janubiy Koreya bilan 100tadan 

ortik korxonalar ro’yxatdan o’tgan.  

Lekin  ijtimoiy-iqtisodiy  vaziyat  hamon  ancha  murakkab  ekanini  ham 

e’tirof etish lozim. Masalan, xali xalk xo’jaligi soxalarida mulkchilikning yangi 

shakli  karor  topishi  talab  darajasida  chinakamiga  ta’minlanmayapti.  Ishlab 

chikarish  sur’atining  pasayishi  ko’p  tarmoqlarda  davom  etmoqda, 

sarmoyalarning  yetarli  emasligi  iqtisodiyotni  yaxshilab  kayta  kurishga  to’sik 

bo’lmoqda.  

Yuqorida  aytib  o’tganimizdek,  mamlakatimizda  tadbirkorlikni 

rivojlantirish  uchun  tegishli  me’yoriy  huquqiy  asos  yaratilgan.  Birok  amaldagi 

qonunlarning  chukur  taxlili  ularni  takomillashtirish  va  yangi  xayotning  o’zi 

talab  kilayotgan  huquqiy  hujjatlar  bilan  to’ldirish  zarurligini  ko’rsatmokda. 

Afsuski, amaldagi ba’zi huquqiy hujjatlarimiz turlicha talkin kilininshi mumkin. 

Bu  esa  ayrim  idoralar  va  maxalliy  xokimiyat  organlari  tomonidan  tadbirkorlar 

manfaatlariga  ziyon  yetkazuvchi  hujjat  va  karorlar  kabul  kilinishiga  yo’l  ochib 

bermokda.  

Shuni  ta’kidlash  kerakki  ba’zi  me’yoriy  hujjatlar  tadbirkorlik 

subyektlari manfaatlarini emas balki ayrim idoralar manfaatlarini nazarda tutgan 

holda ishlab chiqilgan.  




 

21 


Masalan,  binolarni  ijaraga  olish  uchun  tegishli  shartnomalar  fakat  bir 

yil  muddatga  tuziladi.  Natijada  tadbirkor  shartnoma  keyingi  yil  uchun 

uzaytiriladimi-yo’kmi—bilmaydi.  

Buning  ustiga,  ijaraga  beruvchilar  o’zining  monopoliya  huquqidan 

foydalanib,  bunday  shartnomalarni  kichik  korxonalar  uchun  oldindan  nokulay, 

xatto aytish mumkinki, ularni nochor axvolga solib ko’yadigan shartlar asosida 

tuzishga majbur kiladi. Prezidentimiz I.Karimov ko’rsatishicha:  

Adliya  vazirligi,  davlat  mulki  ko’mitasi  barcha  manfaatdor  idora  va 

tuzilmalar  bilan  birgalikda  amaldagi  Qonun  hujjatlarini,  ayniksa,  me’yoriy 

hujjatlarni  kaytadan  jiddiy  inventarizasiya  kilishlari,  kichik  va  o’rta  biznes 

subyektlarining  xususiy  tadbirkorlikning  rivojlanishiga  g’ov-to’sik  bo’layotgan 

koida va nizomlarni aniklab, ularni bartaraf etishlari zarur. Ko’plab tadbirkorlar 

ayniksa  endigina  ish  boshlayotgan  ishbilarmonlar,  tabiiyki,  tadbirkorlik 

faoliyatini  tashkil  etish  asoslari,  uning  yuridik  va  iqtisodiy  shart-sharoitlari 

tushunarli  tarzda  bayon  etilgan  huquqiy  hujjatlar  to’plamlariga  extiyoj  sezadi. 

Ular  ana  shunday  ko’llanma  va  ma’lumotnomalar  chop  etilib,  keng 

tarkatilmagani tufayli kiyichiliklarga duch kelmokda.  

O’zbekiston  Respublikasida  tadbirkorliknining  huquqiy  asosi  sifatida 

O’zbekiston respublikasining ―Xususiy korxona to’јrisida‖gi

1

 11.12.2003 yil № 



558-ii sonli qonunini ham e’tirof etish mumkin. 

Ushbu qonunning mazmunida xususiy korxonani tuzish tartibi, xususiy 

korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va 

uning  ustavini  tasdiqlaydi.  Xususiy  korxona,  agar  uning  ustavida  boshqacha 

qoida  belgilangan  bo’lmasa,  nomuayyan  muddatga  tuziladi.  Boshqa  yuridik 

shaxslarni ta’sis etish xususiy korxonaning vakolatxonalari va filiallari, xususiy 

korxona  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  boshqa  yuridik  shaxslarning 

muassisi bo’lishga yoki ularning ustav fondida o’zgacha tarzda ishtirok etishga, 

vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga xaqli. Xususiy korxonaning ustavi, 

                                                 

1

 

"Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами", 2004 йил, 3-сон, 



28-модда

 



 

22 


xususiy  korxonaning  ta’sis  hujjati  uning  ustavidir.  Xususiy  korxonaning 

ustavida quyidagilar ko’rsatilishi lozimligi: 

korxonaning firma nomi; 

uning joylashgan yeri va pochta manzili to’јrisidagi ma’lumotlar; 

asosiy faoliyat turlarining ro’yxati; 

mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi

ustav fondining miqdori. 

Xususiy  korxonaning  ustavi  qonun  hujjatlariga  zid  kelmaydigan 

boshqa qoidalarni ham o’z ichiga olishi mumkin. 

Xususiy  korxonani  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish,  xususiy  korxona 

davlat  ro’yxatidan  o’tkazilgan  paytdan  boshlab  yuridik  shaxs  maqomiga  ega 

bo’ladi.  

Xususiy  korxonani  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  qonun  hujjatlarida 

belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladi.  Xususiy  korxonaning  ustav  fondi, 

xususiy  korxonaning  ustav  fondi  bo’linmasdir  va  uni  mulkdorning  o’zi 

belgilaydi. 

Pul,  qimmatli  qog’ozlar,  pul  bilan  baxolanadigan  boshqa  mol-mulk 

yoki mulkiy xuquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o’zga xuquqlar xususiy 

korxonaning  ustav  fondiga  qo’shiladigan  xissa  bo’lishi  mumkin.  Mulkdor 

xususiy  korxonaning  ustav  fondiga  o’zi  kiritadigan  mol-mulkni  mustaqil 

baxolaydi. 

Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor 

o’z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki xisoblangan mol-

mulkni  korxonaga  berayotgan  bo’lsa,  ushbu  mol-mulkning  barcha 

mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi. 

Xususiy  korxonaning  ustav  fondini  ko’paytirish  va  kamaytirish-

xususiy  korxonaning  ustav  fondini  ko’paytirish  va  kamaytirish  mulkdorning 

qaroriga  ko’ra  xususiy  korxonaning  ustaviga  o’zgartishlar  kiritish  yo’li  bilan 

amalga oshiriladi.  



 

23 


Agar  ikkinchi  moliya  yilining  va  shundan  keyingi  xar  bir  moliya 

yilining  yakunida  xususiy  korxona  sof  aktivlarining  qiymati  uning  ustav 

fondidan kam ekanligi ma’lum bo’lib qolsa, xususiy korxona o’z ustav fondini 

o’zining  sof  aktivlari  qiymatidan  oshmaydigan  miqdorda  kamaytirishi  shart. 

Xususiy  korxona  sof  aktivlarining  qiymati  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda aniqlanadi.  

Xususiy  korxona  faoliyati  erkinligining  kafolatlari-  xususiy  korxona 

mol-mulkining  nasionalizasiya  va  rekvizisiya  qilinishiga  yo’l  qo’yilmasligi, 

xususiy  korxona  faoliyatining  erkinligi,  xususiy  korxonalarga  tatbiq  etiladigan 

imtiyozlar,  preferensiyalar  va  kafolatlar,  xususiy  korxonaga  soliq  solishning 

o’zigaxos  xususiyatlari,  xususiy  korxona  faoliyatini  tekshirish  cheklanganligi, 

xususiy  korxonaning  mol-mulki  nasionalizasiya  qilinmaydi,  qonunda  nazarda 

tutilgan xollar bundan mustasno. 

Xususiy  korxonaning  mol-mulki  rekvizisiya  qilinmaydi,  xususiy 

korxonaning  mulkdoriga  rekvizisiya  qilinayotgan  mol-mulkning  bozor 

qiymatiga  muodil  kompensasiyasi  to’lanadigan  tabiiy  ofatlar,  avariyalar, 

epidemiyalar,  epizootiyalar  va  favqulodda  tusdagi  boshqa  xolatlar  bundan 

mustasno.  Xususiy  korxona  faoliyatining  erkinligi  xususiy  korxona  qonun 

hujjatlariga  muvofiq  xar  qanday  faoliyat  turlarini  amalga  oshiradi.  Xususiy 

korxona bitimlar tuzishda erkindir. 

Xususiy  korxonalarga  tatbiq  etiladigan  imtiyozlar,  preferensiyalar  va 

kafolatlar  xususiy  korxonalarga  tadbirkorlik  subyektlari  uchun  qonun 

hujjatlarida  nazarda  tutilgan  imtiyozlar,  preferensiyalar  va  kafolatlar  tatbiq 

etiladi. 

Xususiy  korxonaga  soliq  solishning  o’ziga  xos  xususiyatlari  qonun 

hujjatlari  bilan  belgilanadigan  tartibda  xususiy  korxonalar  uchun  davlat 

byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy 

to’lovlarning doimiy stavkalari belgilanadi.  




 

24 


Xususiy  korxonaning  foydasi  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar 

to’langanidan so’ng korxona mulkdorining tasarrufiga o’tadi hamda unga soliq 

solinmaydi. Xususiy korxona faoliyatini tekshirish cheklanganligi. 

Xususiy  korxona  faoliyatini  tekshirishlar  nazorat  qiluvchi  organlar 

tomonidan  ko’pi  bilan  ikki  yilda  bir  marta,  belgilangan  tartibda  amalga 

oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno. 

Xususiy  korxonalarning  -  kichik  tadbirkorlik  subyektlarining  moliya-

xo’jalik  faoliyatini  rejali  tekshirishlar  ko’pi  bilan  to’rt  yilda  bir  marta,  boshqa 

xususiy  korxonalarning  moliya-xo’jalik  faoliyatini  rejali  tekshirishlar  esa  ko’pi 

bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi. 

Yangi  tashkil  qilingan  xususiy  korxonalarning  -  kichik  tadbirkorlik 

subyektlarining  moliya-xo’jalik  faoliyati  ular  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilgan 

paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilishi mumkin 

emas.  


Shuningdek,  ushbu  qonunda  xususiy  korxonalarning  birlashishi, 

xususiy  korxonani  boshqa  shaxsga  o’tkazish,  xususiy  korxonani  qayta  tashkil 

etish  va  tugatish,  nizolarni  xal  etish,  xususiy  korxona  to’g’risidagi  qonun 

hujjatlarini  buzganlik  uchun  javobgarlik,  xususiy  korxonalarning  birlashishi 

xususiy  korxonalar  o’z  xuquq  va  manfaatlarini  ximoya  qilish  maqsadida 

qonunga  muvofiq  assosiasiyalarga  (uyushmalarga)  va  boshqa  birlashmalarga 

birlashishlari  mumkin.  Xususiy  korxonani  boshqa  shaxsga  o’tkazish,  xususiy 

korxona  mulkdori  xususiy  korxonani  mol-mulk  majmuasi  sifatida  sotishga, 

xadya  qilishga,  vasiyat  qilib  qoldirishga  yoki  uni  o’zgacha  usulda  boshqa 

shaxsga o’tkazishga xaqli.  

Xususiy  korxona  boshqa  shaxsga  berilgan  taqdirda  o’zining  firma 

nomidan,  tovar  belgilaridan,  xizmat  ko’rsatish  belgilaridan  hamda  mazkur 

xususiy  korxona  va  uning  maxsulotini,  u  bajarayotgan  ishlarni  yoki 

ko’rsatayotgan xizmatlarni individuallashtiruvchi o’zga vositalardan foydalanish 

xuquqlari, agar qonun hujjatlarida yoxud shartnomada boshqacha qoida nazarda 

tutilgan bo’lmasa, yangi mulkdorga o’tadi. 




 

25 


Xususiy  korxonani  qayta  tashkil  etish  va  tugatish-  xususiy  korxona 

uning  mulkdori  yoki  sudning  qaroriga  ko’ra,  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda  qayta  tashkil  etilishi  yoki  tugatilishi  mumkin.  Nizolarni  xal  etish- 

xususiy  korxonalarning  tuzilishi,  faoliyati,  qayta  tashkil  etilishi  va  tugatilishi 

soxasidagi  nizolar  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  xal  etiladi.    Xususiy 

korxona  to’g’risidagi  qonun hujjatlarini buzganlik uchun  javobgarlik  -  xususiy 

korxona  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlikda  aybdor  shaxslar 

belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 

Tadbirkorlik  faoliyatining  yana  bir  muhim  subyekti  dehqon  xo’jaligi 

bo’lib,  ushbu  subyekt  ,,Dehqon  xo’jaligi  to’g’risida―gi  O’zRning  qonuni  bilan 

tartibga  solinadi

1

.  Ushbu  qonunning  1-moddasida  dehqon  xo’jaligini  tashkil 



etish  maqsadi  uning  vujudga  kelish  asoslari  hamda  uning  faoliyat  shakllari 

belgilangan.  Mazkur  qonunga  asosan  dehqon  xo’jaligi  oilaviy  mayda  tovar 

ishlab  chiqarish  xo’jaligi  bo’lib,  oila  a’zolarining  shaxsiy  mehnatidan,  meros 

qilib qoldiriladigan umrbod egalik asosida oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer 

uchastkasida  qishloq  xo’jaligi  mahsulotini  yetishtiradi  shu  bilan  birga  ularni 

mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo’ladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                 

1

 



Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг  Ахборотномаси.  1998.  5-6  сон. 

88 модда


 


 

26 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish