II bob. Samarqand iqtisodiyot kollejida tadbirkorlikka oid bilimlarni
shakllantirish amaliyotining tahlili
2.1. Samarqand iqtisodiyot kollejida o‘qitiladigan fanlar tarkibida
tadbirkorlikka doir bilimlarni shakllantirish
2013 yilda ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
ta’lim standartlari va dasturlarini takomillashtirish, maktablar, litsey va kollejlar,
oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash
masalalariga katta e’tibor berildi.
O‘tgan yili 28 ta yangi kasb-hunar kolleji qurildi, 381 ta umumta’lim
maktabi, oliy o‘quv yurtlari tizimidagi 45 ta ob’ekt, 131 ta kasb-hunar kolleji va
litseylar rekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 55 ta bolalar
musiqa va san’at maktabi, 112 ta bolalar sporti ob’ekti va 4 ta so‘zish havzasi
foydalanishga topshirilib, ularning barchasi zarur uskuna va inventarlar bilan
jihozlandi.
2013 yilda ta’lim-tarbiya tizimini isloh etish borasida amalga oshirilgan
keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida so‘z borar ekan, o‘sib kelayotgan yosh
avlodning xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan ishlarni
alohida qayd etmoqchiman. Jahonda integratsiya jarayonlari kuchayib, kundalik
hayotga kompyuter texnologiyalari va Internet keng joriy etilayotgan bugungi
sharoitda chet tillarni puxta bilmasdan va egallamasdan turib kelajakni qurib
bo‘lmasligini barchamiz yaxshi anglab olmoqdamiz.
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni ta’kidlashimiz lozimki, bizning
tadqiqot ob’ektimiz hisoblangan Samarqand iqtisodiyot kolleji 1931 yilda
O‘zbekiston davlat xomashyo instituti (hozirgi Samarqand iqtisodiyot va servis
instituti) qoshida “O‘zbekbirlashuv” boshqaruvi qarori bilan tashkil topgan
“Kooperativ texnikumi” davr talablariga moslashtirilgan holda 1992 yilda
“Kooperativ tijorat kolleji” va 2006 yilda “Samarqand iqtisodiyot kolleji” deb
qayta nomlangan. Kollejning o‘quv binosi 2003 yilda qayta ta’mirlanib, 1200
o‘quvchi o‘rniga moslashtirilib to‘liq jihozlangan. Kollejda 200 o‘ringa
mo‘ljallangan 2 ta talabalar yotoqxonasi 240 o‘rinli oshxona mavjud.
38
Bundan tashqari kollejda yetuk mutaxassislar tayyorlash uchun barcha
shart-sharoitlar yaratilgan, 64 ta fan xonasi, 4 ta lingafon, 2 ta kompyuter
sinflari, kimyo va fizika laboratoriya xonasi, biologiya, geografiya fan xonalari
va sport zallaridan hozirgi kunda o‘qituvchi va talabalar foydalanib
kelmoqdalar.
Kollejning axborot resurs markazi fondida 16552 ta adabiyotlar mavjud
bo‘lib, shundan kasbiy fanlar 5230 tani, umumta’lim fanlari 5838 tani, ijtimoiy-
siyosiy adabiyotlar 2857 tani, badiiy adabiyotlar 2627 tani tashkil etadi.
Samarqand iqtisodiyot kolleji ta’lim jarayoni strategik reja asosida tashkil
etilib, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqqan. Kollej
qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:
v
Buxgalteriya hisobi va audit;
v
Bank ishi;
v
Moliya;
v
Sug‘urta ishi;
v
Xo‘jalik huquqiy faoliyati;
v
Soliq va soliqqa tortish;
v
Kompyuter operatori
Kollej ma’muriyati hozirgi paytda o‘quv jarayonining ajralmas bo‘lagi
bo‘lgan ta’lim mazmunini boyitishga, o‘quvchilarning fiklash doirasini
kengaytirish maqsadida ularning mustaqil ravishda o‘z ustida ishlashi, fikr
yuritishga butun diqqat – e’tiborini qaratayapti.
Shu kungacha o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladigan barcha fanlardan
ma’ruzalar matni, tayanch konspektlari, testlar to‘plami, yig‘ma jildlar
tayyorlanib, kollej kutubxonasiga o‘quvchilarning foydalanishi uchun
topshirilgan. Elektron kutubxonada ma’ruzalar matnlarining elektron
ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin.
Samarqand iqtisodiyot kolleji o‘qituvchilari “O‘quv amaliyoti va amaliy
ishlarni bajarish uchun topshiriqlar majmuasi”, “Talabalarning mustaqil
ishlarini tashkil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar”, kasbiy fanlardan elektron
39
kitoblar, umumta’lim fanlari bo‘yicha animatsiya va meltimedialar
tayyorlangan.
Bunga erishish uchun jamoada har tomonlama yetuk salohiyatiga ega
bo‘lgan fidoiy pedagoglar jamlanmasi evaziga erishilgan. Jumladan, 4 nafar fan
nomzodi, 22 nafar oliy toifali, 24 nafar birinchi toifali va 42 nafar oliy
ma’lumotli o‘qituvchilar kollejda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Shuningdek,
Samarqand davlat univesiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining fan
doktorlari, fan nomzodlari dars berib kelmoqda. Shu oliygohlar bilan
hamkorlikda ishlash uchun qo‘shma kafedralar tuzilgan.
Bugungi kunda kollejimizda oltita fan kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Kollej ma’muriyati kollejni bitirayotgan talabalarni mutaxassisligi bo‘yicha
ishlab chiqarish va o‘quv amaliyotlarini sifati hamda samaradorligi tashkil etish
maqsadida Samarqand shahrida joylashgan “Samarqand-parranda”,
“Samarqand-SINO”, “Samarqand uy-jdoy qurilish banki”, “Samarqand
boshqarmasi”, “Samarqand-Praga”, Samarqand El xolding” kabi qo‘shma
korxonalar bilan o‘zaro hamkorlik jarayoni uchun ikki tomonlama shartnoma
tuzgan.
Samarqand iqtisodiyot kollejida o‘qitiladigan fanlar tarkibida
tadbirkorlikka doir bilimlarni shakllantirish uchun xizmat qiladigan fanlar juda
ko‘p deb hisoblayman. Bularga: 1. Tadbirkorlik asoslari; 2.Makro-mikro
iqtisodiyot; 3. Moliya; 4.Buxgalteriya hisobi kabi fanlar o‘tilmoqda. Bu fanlar
Samarqand iqtisodiyot kollejida tadbirkorlik bilimlarini shakllantirish uchun
xizmat qiladi.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |