6
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi
qat’iy tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-minglab
tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Amir Temur
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiyotini
mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, tadbirkorlikni mukammal
egallash, uning sir-asrorlarini puxta o‘rganishni talab etmoqda. Xususan,
bozor
munosabatlariga o‘tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo‘llardan biri bu kichik
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham
tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi,
xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish, uni rag‘batlantirishga
bag‘ishlangan
bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Bularning
hammasi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori hisoblangan barkamol avlodni
yetishtirishni taqozo etadi.
«Ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan
insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish
g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish
davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi» - degan edi
Prezidentimiz I.Karimo1
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy isloxotlarning tub
negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik hislatlarisiz tasavvur etish
qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida,
ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko‘nikmalarida namoyon
bo‘lmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamiz fuqarolari rivojlangan Yevropa
davlatlari, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning boy amaliy tajribasi xususida
yetarli axborotga ega bo‘lib bormoqdalar.
Respublikada iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning jarayonlarini tobora avj oldirish,
1
I.A.Karimov – «Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash- barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh
maqsadidir» (2008)
7
shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab quvatlashni ta’minlash
maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va
xususiylashtirish Qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
xuzuridagi davlat mulki jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi davlat
mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat Qo‘mitasi tashkil
etilgan.
O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlanishi,
raqobatchilikni
rivojlanishiga, iste’mol bozorini tovarlar va xizmat ishlari bilan
to‘ldirishga, yangi ish
joylarini yaratish, katta miqdordagi mulk egalari va
tadbirkorlarni shakllanishiga xizmat qiluvchi
Do'stlaringiz bilan baham: