1.3. Iqtisodiy bilimlar tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim omili
sifatida
O‘zbekistonda shaxsning asosiy haq-huquqlaridan biri iqtisodiy ta’lim
olishdan iborat. Bu mas’uliyatli vazifalarni hayotga tatbiq etish maktablardagi
ta’lim jarayonini isloh qilishni taqozo etadi:
v
umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyat asoslarini e’tiborda tutgan
iqtisodiy holda ta’lim-tarbiya mazmunini milliy mafkura, mustaqil Vatan
tuyg‘usi asosida boyitish va ta’komillashtirish;
v
iqtisodiy ta’lim samaradorligini oshira borib jahon talablari darajasiga
olib chiqish;
v
iqtisodiy ta’lim-tarbiya bo‘yicha muqobil o‘quv rejalari, dasturlar,
darsliklar yaratish;
v
iste’dodli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
v
ilg‘or ijodkor tajribalarga tayanish;
v
iqtisodiy ta’lim-tarbiya tizimida ilm-fan, texnika yutuqlariga asoslangan
holda tajriba-sinov ishlarini olib borish va natijalarini pedagogik amaliyotga
tatbiq etish;
v
o‘qituvchilarning yangi avlodini tayyorlashga kiritish;
v
ta’lim muassasalarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash, ta’limni
kompyuterlashtirish, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani olib
kirish.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv dasturlarining tahliliy natijalari shuni
ko‘rsatdiki, talabalarda tadbirkorlik va iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish
bir necha bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan, jumladan, Pedagogika,
Pedagogik mahorat, Pedagogik etika, Kasbiy mahorat, Tadbirkorlik asoslari,
Mikro va makro iqtisodiyot va boshqa darslarda talabalarda mustaqillik tufayli
jamiyatimiz hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi taraqqiyot bilan birga
mamlakatda, o‘ziga xos milliy o‘zgarishlar paydo bo‘lib rivoj topayotganligini,
iqtisodiy islohatlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida o‘quv materiallarida
ma’lumot taqdim qilinishi belgilangan.
31
Tahlillarda aniq bo‘ldiki DTS va dasturlarda talabalarda iqtisodiy
tushunchalar bilan bir qatorda tadbirkorlikka doir tushunchalarni ham
shakllantirish talablari o‘z aksini topgan. Biz o‘z izlanishlarimizda barcha fan
turkumlari va sinflar bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim bilan bir qatorda oliy
ta’limning davlat ta’lim standartlari, dasturlarini tahlil etdik. Fanlar bo‘yicha
DTS va dasturlar asosida bilim va tushunchalarni shakllantirish usullari xilma-
xil bo‘lib, ulardan keng tarqalganlari:
- Test usulida tekshirish
- Og‘zaki so‘rash.
- Yozma ishlar o‘tkazish.
- Amaliy ishlarni bajarish.
- Vaziyatli o‘yinlar o‘tkazish.
- Sayohatlar uyushtirish.
Tahlillardan ko‘rinib turibdiki, talabalarda iqtisodiy bilimlarni
shakllantirish, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarni turli-tuman uslublar orqali
amalga oshirish mumkinligi dasturlarda belgilangan.
“O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim konsepsiyasi”da turli
turkumdagi fanlardan (integrativ) o‘quv fani yaratish g‘oyasi ilgari surilgan. Bu
g‘oya bugungi kunda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
O‘zbekistonda iqtisodiy bilimlarni, tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim
omili sifatida o‘qitiladigan kurslar tashkil etilsa, O‘zbekiston iqtisodiy
taraqqiyotda bozor yo‘lini tanlaganligi va faqat inson manfaatiga mos mehnatni
rag‘batlantiruvchi mexanizmga ega bo‘lgani, jahon hamjamiyati rivojlanishining
hozirgi bosqichiga mosligi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira
olishi, ishlab chiqarishni iste’molchilar manfaatiga bo‘ysundirilishi, tejamli
xo‘jalik yuritishning kuchli, oqilona jihatlarini yaratish, yangiliklarga
(innovatsiyalarga) sezgirlikni oshirishi va fan-texnika yutuqlarini joriy etish
sharoitlariga ega bo‘lishi kabilar e’tiborga olingan taqdirda ko‘zlangan
maqsadlarga erishish mumkin deb o`ylaymiz.
32
O‘zbekiston davlatining moddiy va ma’naviy o‘sishi borasidagi iqtisodiy
qonuniyati bilan talabalar tabiiy va ilmiy fanlar mazmunida tanishadilar.
Ma’lumki, talabalarning iqtisodiy ta’limni dastlab oilada, maktabda,
o‘quv-tarbiya ishining butun tizimida, bolalarning ommaviy tashkilotlari
faoliyatida, ishlab chiqarish jamoalari mehnatida ishtirok etishlari orqali amalga
oshiriladi.
Oila muntazam ravishda shu oila a’zolari tomonidan ishlab topilgan pul
mablag‘larini taqsimlashni amalga oshiradi, turli moddiy boyliklarni sotib olish,
ma’naviy ehtiyojlarni qondirish uchun ularni sarflaydi. Oilada daromad va sarf-
harajatlarning barcha turlarini hisobga olishni, aniq tashkil qilishni, mehnat
evaziga topilgan har bir so‘mdan to‘g‘ri va tejamkorlikda foydalanish, narsalar,
uy-ro‘zg‘or buyumlariga, oziq-ovqat mahsulotlariga, elektr-energiyasiga, gazga,
suvga, oqilona munosabatda bo‘lish bularning hammasi oilada bolalar bilan
iqtisodiy tarbiya olib borilgandagina ijobiy natija beradi.
O‘quv yurtlari va oilaning barcha harakatlari va kuchi talabalar iqtisodiy
ta’lim jarayonini tashkil qilish va olib borish uchun qulay bo‘lgan pedagogik-
psixologik sharoitlarni yaratishga qaratiladi.
Talabalarda iqtisodiy tayyorlanadigan mahsulot sifati uchun mas’uliyat
hissi, vaqtdan samarali foydalanish, asboblarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish va
materiallarni tejamli sarflash malakalari maktabdayoq hosil bo‘la boshlaydi.
Mana shular maktab o‘quvchisidan alohida e’tiborni, iqtisodiy ta’limning xilma-
xil omillaridan samarali foydalanishni taqozo etadi.
Talabalarda tadbirkorlik va iqtisodiy tushunchalar shakllantirar ekanmiz,
ularda avvalombor iqtisodiyotning o‘zi nima, uning vazifalari nimalardan iborat
ekanligini tushuntirib berishimiz lozim.
Iqtisodiy ta’lim masalalari va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilish
muammolariga bag‘ishlab ilmiy izlanish olib borgan olimlar: A.Abduvohidov,
T.Shodiyev, T.Jumaqulov, B.Ataniyazov, T.Axmedov, S.Saidov, N.Xo‘jayev,
Z.Sariqov, M.Mamatovlar o‘zlarining ilmiy qarashlari bilan o‘qitish uslubiyati
va pedagogika faniga yangilik kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.
33
Oliy o‘quv yurtlari va kasb – xunar kollejlarida iqtisodiy bilim berishda
o‘qitishning turli tuman metodlaridan foydalaniladi. Bu o‘rinda I.Ya. Lerner,
M.N.Skatkin, M.A.Danilov, B.P.Yesipovning tavsiya qilinadigan metodlaridan
foydalanish ijobiy natijalarni beradi.
Ular qo‘yidagilar:
- tushuntirish metodi
- reprodiktiv metod
- muammoli bayon qilish metodi – qisman izlanish metodi
- tadqiqot metodi.
Talabalarga iqtisodiy ta’lim berishda muammoli o‘qitish metodlari ham
samarali natijalarni beradi, chunki ta’limda muammoli yondoshish o‘quv
dasturlarida ham, o‘qituvchi bilimlarini bayon qilishda ham, talabalarning
mustaqil ishlarida ham o‘z ifodasini topadi.
Muammoli topshiriqlar talabalarni darsda egallagan bilimlarini to‘liq idrok
etishga o‘quv materiali ustida keng mushohada yuritishga undaydi. Ularda
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil qiladi va eng asosiysi iqtisodiy
munosabatlar va tadbirkorlik tizimida faol ishtirokchi sifatida shakillanishga
zamin yaratadi. Bularning barchasiga albatta o‘qituvchining mahorati orqali
erishiladi.
Maktab o‘quvchilarida iqtisodiy va tadbirkorlik tushunchalarini
shakillantirishda turli – tuman muammoli ta’lim usullaridan foydalanish ijobiy
natijalarni beradi va iqtisodiy tarbiya masalalarining yechimida qo‘l keladi.
Iqtisodiy tayyorgarlik, iqtisodiy fikrga egalik, iqtisodiy bilimdonlik kabi
hislatlarni shakillantirish, talabaning ob’ektiv va hissiy bilishlarini rivojlantirish
uchun maxsus metodika, iqtisodiy topshiriqlar majmui, pedagogik ta’sir
o‘tkazish mexanizmlari orqali erishish mumkin.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari, bozor va uning
turlari, ijtimoiy foydali va unumli mehnat, tadbirkorlik va raqobat to‘g‘risida bir
qancha keng tushuncha berilgan. Shu bilan bir qatorda pul, narx, moliya, davlat
byudjeti va bank faoliyati haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Biroq dastur
34
talablarida qo‘yilgan marketing va menejment faoliyatini bilish, bozor
sharoitida oilalarning iqtisodiy aloqalarni taqqoslay olish, iste’mol tovarlari
reklamasi tahlilini bilish, soliq tizimi haqida tasavvurga ega bo‘lish, oila
byudjetini shakillantirishda foyda, chiqim va ularning manbalarini bilish kabi
ko‘nikma va malakalarni tarkib toptiruvchi yaxlit iqtisodiy topshiriqlar mavjud
emas. Zero, talabalarning iqtisodiy bilimlarini amalda qo‘llay olish ko‘nikma va
malakalarini kamol toptirish ko‘p jihatdan taqdim qilinayotgan o‘quv
materialiga bog‘liqligi bilan belgilanadi.
Bugungi kunda tadbirkorlik nazariyasini rivojlantirishning to‘rt bosqichi
mavjud. XVIII asrdayoq vujudga kelgan birinchi bosqich – tadbirkorlik havf-
xatarini o‘ziga olish, boshqacha qilib aytganda, tavakkalchilik bilan bog‘liq.
Tadbirkorlikning ikkinchi bosqichi esa innovatsiya jarayoni bilan bog‘liqdir.
Amerikalik iqtisodchi olim Y. Shumpeterning fikriga ko‘ra, tadbirkorlikning
novatorlik harakteri quyidagilarda aks ettiriladi:
- bozor uchun yangi tovar ishlab chiqarish;
- ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish;
- yangi sotish bozorlarini o‘zlashtirish;
- xomashyoning yangi turlari va manbalarini topish.
Tadbirkorlik vujudga kelishining uchinchi bosqichi tadbirkorlikning alohida
shaxsiy sifatlari: ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishida to‘g‘ri yo‘l topa
bilish qobiliyati, boshqaruv qarorlarini tanlash va qabul qilishda mustaqillik,
boshqaruv qobiliyatlarining to‘la namoyon bo‘lishi bilan ta’riflanadi.
Tadbirkorlik nazariyasining rivojlanishidagi hozirgi bosqichni to‘rtinchi
bosqichga kiritish mumkin. Uning paydo bo‘lishini tadbirkor harakatini tahlil
qilishdagi boshqaruv aspektiga ko‘chirish bilan bog‘laydilar. Bu hozirgi vaqtda
nazariyada tadbirkorlik muammolari tahlili ko‘plab o‘zaro bog‘liq fanlar
doirasida olib borilishini anglatadi.
Hozirgi zamon nazariy tadqiqotlarida nafaqat tadbirkorlikka ishlarni mustaqil
olib borish usuli sifatida, balki firma ichidagi tadbirkorlikka yoki intraprenerlikka
35
e’tibor qaratiladi. «Intra-prener» atamasi amaliyotga amerikalik olim G. Pinsho
tomonidan kiritilgan.
Intraprenerlikning paydo bo‘lishi ko‘pgina yirik ishlab chiqarish tuzilmalari,
ularda ishlab chiqarishni tashkil etishning tadbirkorlik shakliga o‘tishi bilan bog‘liq.
Tadbirkorlik ishi ijod erkinligining mavjud bo‘lishini ko‘zda tutganligi sababli
yaxlit ishlab chiqarish birikmalari bo‘linmalari harakat qilish erkinligini oladilar, bu
tadbirkorlikning asosida yotuvchi g‘oyalarni amalga oshirish uchun zarur
intrakapitalning mavjudligini nazarda tutadi.
Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki,
tadbirkorning o‘z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko‘p qirralidir. Bu bozor
siyosatining o‘zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta’sirida
aniqlanadi. Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) ko‘rish bilan
bir qatorda, bozorda samarali faoliyat yuritishni ta’minlaydigan ishlarni amalga
oshirishdir. Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko‘mak beruvchi
zamonaviy menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan
unumli foydalanishni ta’minlash zarurdir.
Bozor sharoitida tadbirkorlikni
boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish kerak:
v
tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e’tiborga olib ish ko‘radi;
v
tadbirkor samaradorlikni ta’minlovchi sa’y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish
harajatlarini kamaytirish yo‘llarini qidiradi;
v
biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, o‘z
bizneslarini erkin shart-sharoitlarda olib borishiga etarli imkoniyatlar
yaratadilar;
v
kichik korxonaning pirovard natijalari, ya’ni uning oladigan foyda yoki
zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma’lum bo‘ladi;
v
kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor o‘z mablag‘larini harakatga
solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija
qanday bo‘lishini aniq bilmaydi.
36
Shunday qilib, tadbirkorlik – iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo‘lib, uning
zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g‘oyasiga asoslangan, foyda
olishga yo‘naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyat yotadi.
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo‘lib, uning boshlang‘ich
bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog‘langan bo‘ladi,
faqat u keyin moddiy shaklni oladi.
Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o‘zgartirish
yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida
ijodkorlikning mavjudligi bilan ta’riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik
jihatlari boshqaruvning yangi tizimida ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi
usullari yoki yangi texnologiyalarini tatbiq etishda o‘z ifodasini topadi.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |