Tadbirkorlik faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslariga bog’liq bo’lmasdan, u insonlar, o’zining qo’l ostida xizmat qiluvchi mutaxassislar va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblar – biznesmenlar doirasida umumaxloqiy me’yorlarga rioya qilishi bilan baholanadi. Ishdagi muvaffiqiyatning yarmidan ko’prog’i uning odobiga, madaniyatiga, dunyoqarashiga, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog’liqdir. Umuman, tadbirkorlik bu madaniyat. Aytishlariga qaraganda, madaniyatli odam tadbirkor bo’lishi shart, ammo tadbirkor inson madaniyatli bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |