7-мавзу: TADBIRKORNING HUQUQI
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval uning mas’uliyatini to‘liq his etish lozim. Tadbirkorlik mas’uliyati, eng avvalo, qonun hujjatlarida belgilab berilgan huquq va majburiyatlarning bajarilishi orqali namoyon bo‘ladi.
Tadbirkorning huquqi – davlat tomonidan tadbirkor uchun foydalanishi belgilangan yoki ruxsat berilgan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi.
Masalan, tadbirkorning asosiy huquqlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish;
– mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
– o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar yetkazib beruvchilarni va o‘z tovarlarining iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlash; – barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etish;
– kreditlar olish, boshqa shaxslarning pul mablag‘larini hamda molmulkini shartnoma shartlari asosida jalb etish;
– tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
8-мавзу: Бизнесни руйхатдан ўтказиш ва рухсат берувчи хужжатларни олиш. JISMONIY VA YURIDIK SHAXS.
O‘zbekistonda 2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tishi bo‘yicha yangi tartib amal qilmoqda. Qarorga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularga «Yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
«Yagona darcha» tamoyili – aholi va korxonalar tomonidan maxsus idoralarga murojaat qilish orqali turli davlat xizmatlaridan foydalanishni ta`minlovchi tashkilotdur. Demak, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun, birinchi navbatda, barcha shahar va tumanlarda tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish talab etiladi.
Davlat xizmatlari markazi – aholi va korxonalarga turli davlat xizmatlari ko‘rsatish, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi maxsus idora.
Sizning murojaatingiz ikki xil yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin:
1. An’anaviy tarzdagi murojaat – ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga tashrif buyurgan holda tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
2. Onlayn tarzdagi murojaat – Internet jahon axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish.
AN’ANAVIY TARZDAGI MUROJAAT - agar siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelsangiz, bu an’anaviy tarzdagi murojaat hisoblanadi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat bojini (bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida) to‘lashingiz, tegishli qog‘oz hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishingiz va ariza to‘ldirishingiz lozim.
ONLAYN TARZDAGI MUROJAAT - agar siz tadbirkorlik faoliyatingizni Internet tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazishga qaror qilsangiz, bu onlayn tarzdagi murojaat hisoblanadi. Buning uchun istalgan joydan turib, uzingizga tegishli bulgan internet tarmog`iga ulangan telefon yoki kompyuter vositasida birdarcha.uz veb-saytida joylashgan dastur orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Onlayn tarzdagi murojaatda ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 90% miqdorida to‘lanadi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldirish orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlangach, sizga tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma elektron shaklda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |