Daromad olishga intilish. Tadbirkor dastavval o‘zining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga, foyda olishga harakat qiladi. Uning bu maqsadi doimo saqlanib qoladi. Pirovardida u daromad olish bilan birgalikda jamiyat uchun qanchalik kerak ekanligini, o‘z imkoniyatlarini o‘zgalar imkoniyatlaridan yaxshiroq ekanligini ko‘rsatishga harakat qiladi.
O‘z faoliyatidagi iqtisodiy mas’uliyatni his etish. Tadbirkor qaysi sohada faoliyat ko‘rsatmasin u iqtisodiy mas’uliyatni shaxsan o‘z zimmasiga olib ish yuritadi, olingan iqtisodiy natijaga faqat uning o‘zi javobgar va mas’uliyatli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |