2-MAVZU: BIZNESDA MUVAFFAQIYATLI INSON BO‘LISH TEXNOLOGIYASI
Tadbirkorlik siri. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar albatta o‘zlarining sirlariga ega bo‘lishlari va uni qattiq himoya qilishlari lozim. Chunki biznes ishi o‘zgalardan sir tutilgan taqdirdagina katta daromad keltirishi, tadbirkorga esa farovonlik bag‘ishlashi mumkin.
Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkor halol pul topishga intilishi shart. Bu tamoyil tadbirkor tushunchasining haqiqiy tabiatiga aynan mos keladi va unga zid bo‘lgan har qanday ishlarni, harakatlarni inkor etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |