Tadbirkorlik asoslari sohasi


-MAVZU: MAHSULOT YETKAZIB BERUVCHILAR ISH SAMARADORLIGINI TEKSHIRISH USULLARI



Download 2,58 Mb.
bet50/54
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#268553
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari o'quv-uslubiy qo'llanma

36-MAVZU: MAHSULOT YETKAZIB BERUVCHILAR ISH SAMARADORLIGINI TEKSHIRISH USULLARI
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollari bilan bir vaqtda xomashyo, material, yoqilg‘i kabi mehnat buyumlari ham qatnashadi. Ularning hammasi hisob ishlarida shartli ravishda materiallar deb yuritiladi. Xomashyo va materiallar ishlab chiqarish xarajatlarning asosini tashkil qilib, ko‘pgina tayyor mahsulotlar tannarxining 70 foiziga yetadi. Korxonalar ham turli xil bo‘lib, har xil xomashyodan juda ko‘p turdagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Non yopish korxonalarida un, konservalar ishlab chiqarishda meva-sabzavotlar, kolbasa ishlab chiqarishda go‘sht asosiy xomashyo hisoblanadi. Bundan tashqari, shakar, xamirturush kabi asosiy materiallar ham bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonining yaxshi bo‘lishi yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilaydigan materiallarga yordamchi materiallar deyiladi. Xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar ishlab chiqarish turlariga bog‘liq. Bir xil ishlab chiqarishda asosiy material bo‘lgan narsa ikkinchi xil ishlab chiqarishda yordamchi material bo‘lishi mumkin yoki aksincha.

Ishlab chiqarish korxonalarida yoqilg‘i va ehtiyot qismlar, idishlar alohida turkumlarda ko‘rsatilib, ularing harakati maxsus hisobvaraqalarda hisobga olib boriladi. Mehnat buyumlarini hisobga olib borish uchun 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar» belgilangan bo‘lib, ularning turlarini alohida aks ettirishda bir nechta hisobvaraqlar mavjud.


M ateriallarning harakati va qoldig‘ini nazorat qilish tahliliy javobvaraqalarda ularning turlari, navlari, markasi, miqdori va summasi bo‘yicha olib boriladi. Masalan, unlar – bug‘doy, javdar unlariga, bug‘doy unining o‘zi esa oliy, birinchi, ikkinchi navlar bo‘yicha hisobga olib boriladi.

Ishlab chiqariladigan mahsulotning tannarxini aniqlash maqsadida materiallarni sotib olish va tashish-tushirish xarajatlarini haqiqiy tannarxda hisobga olib borish zarur. Materiallarning haqiqiy tannarxi – sotib olish bahosiga transport, ortish-tushirish, bojxona va boshqa xarajatlar qo‘shib aniqlanadi.

Lekin materiallarning turi ko‘p bo‘lib, sotib olish narxi har xil, undan tashqari, turli manbalardan kelganligi uchun, tashish-tushirish xarajatlari ham turlicha bo‘lganligidan ularning har bir turi bo‘yicha haqiqiy tannarxda hisob yuritish juda qiyin. Materiallar haqiqiy tannarx qiymati bo‘yicha hisob ularning juda kam turlari ishlatiladigan korxonalarda olib boriladi.

Agar tadbirkor o‘z mavqeyini mustahkamlashni xohlasa, quyidagilarni yodda tutsin:



  • doimo ko‘zda tutilganidek, tovar va xizmat ishlab chiqarishni;

  • iste’molchilarga sarflangan xarajatni uzoq muddatli va yuqori samarali kapital mablag‘ deb hisoblashni;

  • doimiy ravishda o‘z xaridorlari doirasini kengaytirib borishni;

  • har qanday sharoitda qaror qabul qilish huquqini ushbu vazifani bajaruvchiga berilishini;

  • xaridorlar bilan aloqani mustahkamlash borasida g‘amxo‘rlik qilishni;

  • xaridor tadbirkorga bog‘liq emas, balki tadbirkor xaridorga bog‘liq tamoyiliga amal qilishni;

  • mijoz bilan tortishmaslik, uning xohishini bajarish – har ikki tomon uchun foydali bo‘lishini anglashni;

  • biznesning maqsadini yangi mijoz va yangi bozor orttirish deb hisoblashni;

  • xaridor bilan shaxsiy muloqotda bo‘lishni;

  • ko‘rsatilayotgan xizmat va tovar sifatini shaxsan o‘zi nazorat qilishini va hokazo.

Xaridorlarga munosabat bildirish bo‘yicha bir necha «oltin» qoidalar mavjud:

  • sotilayotgan tovar sifati sertifikatlangan bo‘lishi kerak;

  • oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan oldin xaridorning tovar nusxasi bilan tanishishga imkoni bo‘lsin;

  • agar tovar buyurtma asosida tayyorlangan bo‘lsa, davlat andozalari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart;

  • tasdiqlangan nusxasini tanlangan holatda, tovar qismlari bilan taqqoslash imkoni bo‘lsin;

  • tovarlar oldi-sotdi operatsiyalaridan oldin barchasini nazorat qilish imkoni bo‘lsin;

  • sinov uchun sotib olish ham mumkin bo‘lsin.

Xaridor aniqlangandan so‘ng, oldi-sotdi jarayoniga tayyorgarlik va uni amalga oshirish bosqichi boshlanadi. Bu yerda oldindan muzokara olib borilib, barcha shartlar kelishib olinadi. To‘lov shart va shartnoma bahosi alohida kelishib olinishi lozim.


Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish