Tadbirkorlik asoslari ц


TADBIRKORNING MAJBURIYATI



Download 0,82 Mb.
bet56/107
Sana20.09.2022
Hajmi0,82 Mb.
#849421
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107
Bog'liq
tadbirkorlik asoslari 11 2uzb www.ilmlar.uz

TADBIRKORNING MAJBURIYATI
Tadbirkorlik mas’uliyati ko‘proq tadbirkor tomonidan majburiyatlar- ning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi orqali namoyon bo‘ladi.
Tadbirkorning majburiyati - davlat tomonidan tadbirkor uchun rioya etilishi yoki bajarilishi shart etib belgilangan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi.
Quyida tadbirkor majburiyatining ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
SHARTNOMA MAJBURIYATLARINI BAJARISH
Tadbirkor o‘z faoliyatini turli subyektlar - davlat idoralari, korxonalar va tashkilotlar, yakka tadbirkorlar yoki fuqarolar bilan tuzilgan shartno- malar asosida olib boradi. Shunday ekan, u eng avvalo mazkur shartno- malardan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishi lozim.
Tadbirkorlarda o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarish mas’ulligi mav- jud bo‘lmagan holatni tasavvur qilib ko‘raylik. Oziq-ovqatlarning o‘z vaq- tida yoki yetarli hajmda yetkazib berilmasligi - mamlakatda narx-navo- ning keskin o‘sishi hamda ocharchilikning kelib chiqishiga; korxonalarga xomashyo va materiallarning yetkazib berilmasligi - ishlab chiqarishning qisqarishi, to‘xtab qolishi, ishsizlikning paydo bo‘lishi va oqibatda iqtiso- diyotning inqirozga yuz tutishiga olib keladi.
TO‘LOVLARNI O‘Z VAQTIDA TO‘LASH
Tadbirkor o‘z faoliyati natijasida kelib chiqadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashi zarur. Aks holda, davlat budjeti daromad qismining bajarilmasligi va budjet taqchilligining paydo bo‘lishiga olib keladi. Oqibatda, davlat budjetidan moliyalashtiriluvchi korxona va tashkilotlar moliyaviy ta’minotiga putur yetadi, ularning ishchi va xodim- lari o‘z vaqtida maosh olmaydi, pensiya va ijtimoiy to‘lovlar kechikadi.
Tadbirkor agar o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan foydalansa, ishchi va xodimlarning ish haqi va boshqa ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishi lozim. O‘z vaqtida va mehnatiga munosib miqdorda ish haqi olmagan ishchining mehnat unumdorligi pasayadi. Oqibatda boshqa ishga o‘tish yoki qo‘shimcha daromad topish yo‘llarini izlashga tushadi. Bular- ning barchasi tadbirkorning faoliyat natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish