BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Korxona ta’sis hujjatlariga nimalar kiradi?
Korxona ustavida qanday ma’lumotlar belgilangan bo‘ladi?
Ustav fondi nima?
Korxona ta’sis shartnomasi nima? Unda qanday masalalar bayon etiladi?
Tovar belgisi nima? O‘zbekistondagi qaysi tovar belgilarini bilasiz?
Savdo markasi nima uchun xizmat qiladi?
Logotipning firma belgisidan farqi nima? Qanday logotiplarni bilasiz?
65
O‘zingiz bilgan bir necha sloganlarni aytib bering.
5 - Tadbirkorlik asoslari, 11-sinf
14-MAVZU TADBIRKORLARNI DAVLAT RO’YXATIDAN O’TKAZISH ...Tadbirkorlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish, davlat organlarida vakillik qilish, nizolarni sudgacha hal etish, mehnat huquqi bo‘yicha yuridik xizmatlar ko‘rsatish, huquqiy sa- vodxonlikni oshirish kabi yo‘nalishlarda bunday xizmatlarni kuchaytirish kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
□— FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Yuqoridagi rasmlarda ifodalangan idoralar qanday davlat xizmatlarini ko‘rsatadilar?
Qaysi bir idorada umumiy tavsifdagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi deb o‘ylaysiz? Nima uchun?
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi odamlarda qaysi davlat xizmatlariga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin?
TADBIRKORLIKNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH Siz o‘tgan mavzularda tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari bilan tanishib chiqdingiz. Endi o‘zingiz uchun tadbirkorlik fa- oliyatining eng qulay shaklini tanlab, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini ko‘rib chiqamiz. Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan payt- dan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 24-modda. Yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxa- tidan o‘tkazilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lgan yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritiladi.