OILAVIY TADBIRKORLIK NIMA?
Siz yakka tartibdagi tadbirkorlikning ayrim kamchiliklarini oilaviy tad- birkorlik bilan shug‘ullanish orqali hal etishingiz mumkin. Oilaviy tad- birkorlik - oila a’zolari va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirkorlik faoliyatidir.
Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o‘z ish- tirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327- sonli «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
O‘z faoliyatingizni oilaviy tadbirkorlik shaklida tashkil etish siz uchun maqbul tanlov hisoblanadi. Chunki, oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish orqali o‘zingiz yashab turgan hududda faoliyat yuritishingiz hamda ishlab chiqarilgan mahsulotni shu joyning o‘zida sotishingiz mumkin. Bunda siz o‘z turarjoyingizni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga aylantirishingiz shart emas. Shuningdek, siz tadbirkorlik faoliyatini o‘z uyingizda tashkil etsangiz, elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti kabi kommunal xizmatlar haqini aholi uchun belgilangan tariflarda to‘lashingiz mumkin. Bu esa, boshqa shakldagi korxonalarga nisbatan yengillik va katta imtiyoz demakdir.
bU bu qiziq...
Jahonning ko‘plab ko‘zga ko‘ringan yirik kompaniyalarining faoliyati oilaviy biznesga asoslangan. Masalan, «Walmart» (AQSH), «Samsung Group» (Janubiy Koreya) va «Tata Group» (Hindiston) kabi yirik kompaniyalar shular jumlasidandir.
BBIL BILASIZMI?
Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshirish shartlari nimalardan iborat?
Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatno- ma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqa- rishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalar qazib olishni, shuningdek, yuridik shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq yoki yagona yer solig‘i to‘lash nazarda tutilgan fao- liyatni amalga oshirishi mumkin emas.
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va material- lardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tug‘diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanish- ga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo‘lmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro‘yxati O‘zbekiston Res- publikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Shuningdek, oilaviy korxona tomonidan sanoat tusidagi faoliyatni ko‘p kvartirali uyning turarjoylarida amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |