Yurg‘uli Agayev: (Ikrom) Juda yaxshi fikr, qozoqlarda ham muxtoriyat tuzilganligi biz uchun ham foydali. Biz iqtisodiy soha rivoji uchun 30 mln so‘m zayom chiqarishga erishdik. Orenburgdan Turkiston aholisi uchun g‘alla keltirishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz.
Ubaydulla Xo‘jayev: (Norqo‘ziyev) Mamlakatimiz xavfsizligi uchun milliy armiya tuzamiz. Men tuzgan harbiy dastur bo‘yicha 1918-yil boshiga borib, qo‘shinimiz soni 2000 kishidan oshishi va barcha askarlar ruslarnikidan ham yaxshi, zamonaviy qurollar bilan ta’minlanadi. Mana bu esa bizning milliy bayrog‘imizdir. (bayroqni ko‘rsatadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |