Islom Shoahmedov: (Og‘abek) Janoblar, biz ilgari tashkil qilgan 3 ta qurultoyimiz va bugungi 4-qurultoyimiz asosida milliy Muxtoriyatimizni Qo‘qonda tuzamiz. Ta’sis majlisi chaqirilguncha hokimiyatni Muvaqqat Kengash va Xalq Majlisi amalga oshiradi. Kengashdan 8 kishi hukumatni tuzadilar. Mustafo Cho‘qayevni tashqi ishlar vaziri, I. Shoahmedov bosh vazir o‘rinbosari, Ubaydulla Xo‘jayev harbiy vazir, Yug‘uli Agayev yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov oziq-ovqat vaziri, Abdurahmon O‘razoev ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Solomon Gersfeld moliya vaziri etib tayinlanadi. Agar hamma rozi bo‘lsa Bosh vazir etib M. Tinishpayevni saylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |