Qo‘rboshilar sahnasi
Qatnashuvchilar 9 kishi: Madaminbek, Shermuhammadbek, Xolxo‘ja Eshon, Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor, Anvar Poshsho, Davlatmandbek, Junaidxon, Oyshaxon qo‘rboshi.
Shermuhammadbek: (Ulug‘murod) Kelinglar, og‘alarim, inilarim. Biz bugun rayosat qilib olishimiz, qizil askarlarga qarshi harbiy ittifoq tuzib olmog‘imiz lozim. Birodarlar, bizning qurolli qarshilik harakatimiz 1918-yil fevral oyi oxirida Bachqir qishlog‘ida boshlandi. Bachqir qishlog‘ida boshlanishiga sabab Katta Ergash 200-300 yigiti bilan aynan shu qishloqqa chekinib, biz kabi sardorlarni Muxtoriyatning qonga botirilishidan o‘ch olish uchun bizni jangga da’vat etdi. Men Shermuhammad G‘oziyman. Ruslar meni bir ko‘zimdagi nuqsonim tufayli Ko‘rshermat deb atashadi. Men va Marg‘ilondagi 13000 yigitim bilan shu yurt xavfsizligi uchun jonimiz fido bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |