Olim: Tegma bu otga, ot madaniy hayvon
Xurshid: Madaniy, Menchi?
Olim: Senam madaniy hayvonsan.
Nigina: (Shu payt qizi otasini chaqirib kelib qoladi)Dadajon dadajon onam ko‘zini ochmayapti
Qani nima bo‘ldi (hamma yuguradi) (Ona rolida Mahmuda)
Nigina: berahmsiz, bemehrsiz qachongacha paxta deb umrimizni xazon qilasiz esimizni taniganimizdan de beri paxta, dala, partiya axir biz ham odammizku onam sizga kerak bo‘lmasa bizga kerak (yig‘laydi)
Ulug‘murod: Kettik balnitsaga oboramiz, tez uazikni olib kel, Xolmurod, qani tez bo‘l! (onani olib ketayotganda ko‘zini ochadi)
Mahmuda: Voy dadasi, menga nima bo‘ldi? Qayerdaman? Qayerga ob ketyapsiz?
Ulug‘murod: Xotin xushingdan ketting, banitsaga obketyabman.
Mahmuda: Yo‘q, yo‘q, men paxta terishim kerak, men ketsam bollarim nima qiladi? Ketmayman hech qayoqqa.
Ulug‘murod: Ha shunaqa demaysanmi xotin, qo‘rqitvordingku, Bizni xotin baquvvat xotin, haaaaa, hozir turib paxtasini teradi, paxta tersa tuzalib ketadi. Tur xotin, paxtangni ter qizim onangga qarash. Eheheeee, yaqinda biz bayram qilamiz, hammamiz baxtiyor bo‘lamiz, qayta qurish sharofati bilan Komunizmga chiqamiz, biz axir bu yil paxtani 6 million tonnage chiqarishimiz kerakku, ulug‘ oktyabr bayramini mehnat zafarlari bilan kutib olamiz haaaaaaa, mana, hali ko‘rasizlar.
(rais Dehqonqulni chaqiradi)
(Avaz) Rais: Boshqa rayonlar paxtani planni oshirib yozyapti. Biz ham shunday qilmasak bo‘lmaydi, bu Moskva degani respublikani ahvolini o‘ylamaydi bir vaqtlar ko‘rpadagi paxtagacha olib topshirganmiz, bu partiya bergan oyligi bir tiyin, lekin tundan tonggacha ishlatadi, tomorqagayam paxta ektiryapti.
Ulug‘murod: bu nima deganiz, bunaqa gaplariz yo‘q ediku, sizni tanimay qoldim. Hech qachon bunday ish qilmayman, o‘zim to‘ldiraman o‘sha planni.
(Avaz) Rais: Meni kechir meni shayton yo‘ldan urdi, olsa ishini olar, to‘ldirarmiz osha planni ham.
Olim: (raisga surat olib keladi) Raykom berib yubordi
(Avaz) Rais: Xa Brejnev ketdi, Andropov ketdi, Chernenko ketdi, bunisiga endi umr bersin, iye peshanasida xoli bormidi suvab qo‘yishipti, xa xa olib borib ilib qo‘y. Aytgancha senga bir yaxshi yangiligim bor, raykom senga xizmatlaring uchun, Ural mototsiklini sovg‘a sifatida, berdi, mana kaliti, endi buni minib, paxta terimini yanayam oshir.
Ulug‘murod: Rahmat raisbuva, bu yaxshiliklarizni hech qachon unutmayman.
(Shu payt uyiga 4 sovet askari keladi”(Farrux, Yuldashev, Shavkat, Alisher)
Do'stlaringiz bilan baham: |