Tadbir senariysi



Download 44.81 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi44.81 Kb.



SAMARQAND VILOYATI BULUNG`UR TUMANI XTMFMT va TE BO`LIMIGA QARASHLI

22-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI TASHBEKOVA MUNIRANING

TADBIR SENARIYSI

SAMARQAND-2016yil




Mavzu: O`zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning hayoti va ijodi.
Mavzu: O`zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning hayoti va ijodi.

Maqsad:O’quvchilarni O`zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning hayoti va ijodi haqida bilimlar berish,Prezident asarlarini o’rgatish.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism:O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi kuylanadi.

O’qituvchi:

-Biz qayerda yashaymiz?

O’quvchi:

Yer yuzida millat ko’p,

Zo’rmiz degan davlat ko’p.

Bir o’lka bor go’zal xo’b,

Dunyoga dong’i doston,

Bu-buyuk O’zbekiston!

-Mustaqillik ne degani?

Hamma:Eng avval Mustaqillik,

Bo’lmoq puxta ahillik.

Mustaqillik dadillik,

Hamda tinchlik,ahillik.



-Birinchi sentabr qanday kun?

O’quvchi:Birinchi sentabr

Mustaqillik bayrami,

Butun o’zbek elining,

Quvonch shodlik ayyomi.

-Davlatimiz prezidenti kim?

O’q:Yurtboshim Islom bobo

Bizga doim mehribon.

Siz yurtning kelajagi,

Bo’ling deydi sog’-omon.



O’zbekiston:

-Maydoni:449ming km2

-Aholisi:26mln.dan ortiq

-Poytaxti:Toshkent shahri

-Milliy valyutasi:So’m

-Davlat nomi:”O’zbekiston respublikasi”

-O’zbekiston-suveren demokratik respublika,ya’ni mustaqil unitar davlat

-Davlat tizimi-Respublika,prezidentlik respublikasi

-Ma’muriy hududiy tuzilishi-14ta ma’muriy hududiy bo’linma,ya’ni Qoraqalpog’iston respublikasi,12ta viloyat va Toshkent shahridan iborat.

-O’zbekiston-Qozog’iston,Qirg’iziston,Tojikiston, Afg’oniston va Turkmaniston bilan chegaralangan.

-Milliy boyliklarimiz- paxta, oltin, qorako’l, bug’doy.

2.Asosiy qism:O’q:O’zbekiston:- Ulkan imkoniyatlar mamlakati bo’lib jahonga tanildi. Bu zaminda tabiiy boyliklar, madaniy boyliklar, insoniy va ma’naviy salohiyat mavjud.

O’quvchi:O’zbekiston- O’ziga xos mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab olgan davlat bo’lib tanildi.

O’quvchi:Xo’sh nechun sevaman O’zbekistonni,

Sababin aytgin desalar menga.

Shoirona go’zal so’zlardan oldin,

Men ta’zim qilaman ona xalqimga.



Biz iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho’qqilarini zabt etishi uchun qanot berishimiz kerak.

I.A.Karimov

36

Kundan - kunga turmush go`zal,
Ezgu niyat dilda azal
Deymiz doim “Xalqim, yuksal!”
Rahmat, sizga, Islom bobo,
Hurmat sizga, Islom bobo.


Prezidentning tarjimayi holi tinglanadi.

O’quvchi:I.A.Karimov 1938-yil,30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug`ilgan.Millati-o`zbek.Oliy ma`lumotli,O`rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo`jaligi institutlarini tugatgan.Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega.Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xo`jalik mashinasozlik zavodida boshlagan.

O’quvchi:1961-yildan 1966-yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis,yetakchi muhandis-konstruktor bo`lib ishlagan.

1966-yilda O`zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o`tib,bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o`rinbosarigacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdi.



O’quvchi:1983-yilda Islom Karimov O`zbekiston SSR Moliya ministri,1986-yilda O`zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o`rinbosari,respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi.

1986-1989-yillar mobaynida Qashqadaryo viloyat partiya komitetining birinchi kotibi.1989-yilning iyunidan boshlab O`zbekiston kompartiyasi Markaziy komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.



O’quvchi:1990-yil 24-mart kuni O`zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov O`zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

1995-yil 26-martda bo`lib o`tgan umumxalq referendum yakunlariga ko`ra,Islom Karimovning prezidentik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.

U oilali,ikki nafar farzandi,uchta nabirasi bor.Rafiqasi T.A.Karimova iqtisodchi,ilmiy xodim.

Sog’lom avlodni tarbiyalash barchaning,butun jamiyatning,shu yurtda yashaydigan har bir insonning asosiy ishi,insoniy burchidir”


I.A.Karimov

O’quvchi:Islom Karimov suveren va mustaqil O`zbekistonni barpo etish,xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish,fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta`minlash ishiga qo`shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko`rsatganligi uchun “O`zbekiston Qahramoni” unvoni,”Mustaqillik” va Amir Temur ordenlari bilan taqdirlangan.Shuningdek,u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarining orden-medallari bilan ham mukofotlangan.

O’quvchi:Islom Karimov O`zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zosi.Ayni vaqtda u iqtisod,fan,ta`limni rivojlantirishga qo`shgan ulkan hissasi uchun to`qqiz xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademikligiga saylangan.

O’qituvchi:I.Karimov mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan ishlar,tarixiy o’zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosidir.

O`zbekiston xalqi quyidagi yutuqlarni haqli ravishda Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bog`laydi:

Jumladan:

-Davlat mustaqilligiga erishish va uni mustahkamlash;

-Demokratik,huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatning shakllanishi;

-O’z taraqqiyot yo’lini aniqlab olish,bozor islohatlarini muvaffaqiyatli o’tkazib borish;

-Kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi;

-Jamiyatning ma’naviy yangilanishi;

-Insoniyat,jamiyat taqdiri bo’lgan sog’lom avlod uchun kurash;

-Mamlakat xalqaro obro’-e’tiborining oshishi,jahon xo’jalik aloqalarining rivojlanishi;

-Siyosiy barqarorlikning,fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo hamjihatlikning saqlanib turish;

-Mutlaqo yangi ta’lim-tarbiya tizimini yaratish va uni amalga oshirish;

-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tadbiq etish;

-Xalqaro maydonda O’zbekistonning obro’-e’tiborini yuksaltirish,o’zbek nomini butun dunyoga tarannum etishda buyuk xizmat qildi;

-Yurtimizning turar joylarida yangi qurilishlar,poytaxtimiz Toshkent va Samarqandning shakl-qiyofasini tubdan o’zgartirishga bevosita rahbarlik qildi;

-Odamlarning tafakkurini o’zgartirish,ularning ongida yangi milliy g’oya,milliy mafkura,ma’naviyat asoslarini shakllantirish va mustahkamlash ishlariga rahnamolik qildi.



Va bu borada bir necha asarlar yaratdi.

Jumladan,

1.Adolatli jamiyat sari.1998y.

2.Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.2000y.

3.O’zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida.1996y.

4.O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida.1994y.

I.A.Karimovning shunday ma’naviyat asoslarini shakllantiruvchi asarlaridan “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”kitobidir.

18

Vatanimiz mustaqil bo`lganidan buyon Yurtboshimiz taklifi bilan har bir yil o`zining ramziy nomiga ega bo`lib kelmoqdaki, bunda ham inson manfaatlariga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlar aniq maqsadlarni o`zida ifoda etadi.



Mustaqillik solnomasi:

1991-yil-”Alisher Navoiy yili”
1992-yil-”Ahmad Yassaviy yili”
1993-yili-”Mirzo Bobur yili”
1994-yili-”Mirzo Ulug’bek yili”
1995-yili-”Yoshlar yili”
1996-yili-”Amir Temur yili”
1997-yili-”Inson manfaatlari yili”
1998-yili-”Oila yili”
1999-yili-”Ayollar yili”


2000-yil – “Sog`lom avlod yili”
2001-yil –
“Onalar va bolalar yili”
2002-yil –
“Qariyalarni qadrlash yili”
2003-yil
– “Obod mahalla yili”
2004-yil –
“Mehr-muruvvat yili”
2005-yil –
“Sihat-salomatlik yili”
2006-yil –
“Homiylar va shifokorlar yili”
2007-yil –
“Ijtimoiy himoya yili”
2008-yil –
“Yoshlar yili”
2009-yil –
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”
2010-yil –
“Barkamol avlod yili”
2011-yil –
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”
2012-yil –
“Mustahkam oila yili”
2013-yil –
“Obod turmush yili”
2014-yil-”Sog’lom bola yili”


2015 – yil – “Keksalarni e’zozlash yili”

2016 – yil – “Sog’lom ona va bola yili”

O’quvchi:Yurtboshimizning “O`zbekistonimizning bugungi kunda butun dunyo tan olayotgan yuksak marralarga erishishida, bir so`z bilan aytganda, obod va farovon hayot barpo etishda avvalo shu saxovatli zaminda yashayotgan har qaysi insonning munosib hissasi borligini, bu yutuqlarning barchasiga xalqimizning kundalik og`ir va mashaqqatli mehnati, mardligi va matonati, bir yoqadan bosh chiqarib, yagona oila bo`lib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, o`zaro hurmat va mehr-oqibatni ko`z qorachig`idek asrab yashayotganimiz mustahkam zamin bo`layotganini hech qachon unutmasligimizni istardim” degan so`zlarini biz ham unutmasligimiz kerak.

O’quvchi:Islom bobom ta’kidlab,
Yilni bizga atadi.
Sog’ bo’lsin deb,nabiram,
Onalarni ardoqlar.
Onam sog’ bo’lsa doim,
Men o’sgayman salomat.
Yurtim tinch erur, qarang,
Sog’lom avlod-Hur hayot!

“Biz soglom deganda,nafaqat jismoniy sog’lom bolani,balki ma’naviy jihatdan ham sog’lom bolani o’zimizga tasavvur etamiz.”


I.A.Karimov

Avvalo inson manfaatlarini ta’minlash, sog`lom avlodni shakllantirish, o`zaro mehr –muruvvat fazilatlarini kuchaytirish, sihat - salomatlikni mustahkamlash, qishloqlarni taraqqiy ettirish, barkamol avlodni tarbiyalash – bularning barchasi uzviy tarzda oldindan puxta o`ylangan ajralmas xalqa tizimdir.

13

Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli va albatta dono bo’lishlari kerak! I.A.Karimov.

O’quvchi:

  • Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur,

  • Qudratli elning farzandlari sog’lom bo’lur.

“Kelajagi buyuk davlat eng birinchi navbatda bo’lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g’amxo’rlik qilmog’I zarur”

I.Karimov



Mustaqillikdagi muhim sanalar:

1991-yil 1-sentabr-O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilindi.

1992-yil 2-mart-O’zbekiston BMT ga a’zo bo’ldi.

1993-yil 4-mart-Mustaqil davlatimizning birinchi ordeni ”Sog’lom avlod uchun” ta’sis etildi.

1994-yil 1-iyul-O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi muomalaga kirdi.

1996-yil 18-iyul- Avtomobil zavodi “UZDAEWOO” O’zbekiston – Janubiy Koreya qo’shma korxonasining xalqaro taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.

1998yil 23-oktabr- Samarqandda Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligiga bag’ishlangan tantanalar bo’lib o’tdi. Jahonning 40 mamlakatidan mehmonlar qatnashdi.

24-oktabr- Farg’onada al-Farg’oniyning 1200 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantana bo’ldi.

1999-yil 5-noyabr- Urganchda Jaloliddin Manguberdi tavalluddining 800 yilligiga bag’ishlangan tantana bo’ldi.

Istiqlol yillarida qo’lga kiritilgan yutuqlar:

O’zbekiston paxta yetishtirish bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi.

30ta oltin konimiz bo’lib, shundan 10tasi ishga solingan.

2trilion kubometr gaz, 2milliard tonna ko’mirimiz bor.140ta neft konlarimiz bor.Ular uyimizni isitadi.

Respublikamizda 5 million tonnaga yaqin shirin-shakar meva va sabzavotlar yetishtiriladi.Bozorlarimiz esa bug’doy mahsulotlariga qishin-yozin to’la.

Avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari bizda ancha rivojlandi.Bu esa mahsulotlarni tashishga qulaylik yaratadi.

Telegraf, telefon, kompyuter tarmoqlari rivojlangan.Bu esa butun dunyo bilan aloqalarimizni yaxshilaydi.

Turizm yanada rivojlantirilgan.Samarqand, Buxoro, Xiva-yu, Toshkentning eng go’zal shaharlar ekanligini jahonga tanitish imkoniyatini beradi.



Muhammadqodir, Iroda, Rustamjonlar-bizning vatandoshlari-miz.Ular vatanimiz sportini jahonga tanitdilar.

Ona vatanim, bugun sen ozodsan, mustaqilsan!

Jahonda o’z o’rning, o’z obro’ying bor.

3.Yakuniy qism:Aziz o’quvchilar!Siz o’z yurtingizga, xalqingizga, ota-onangizga,Prezidentimizga munosib farzand bo’lishingiz uchun yurtimiz tarixini, boyliklarini o’rganib, ilm-fanini, madaniyatini yuqori cho’qqilarga ko’tarishingiz kerak.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa