Tajribaviy ulashlar
Uskunani FL 151 Ko’p kanalli o’lchov kuchaytirgichiga ulang.
Buning uchun FL 130 chiqish joyi bilan FL 151 Ko’p kanalli o’lchov kuchaytirgichi kirish joyini FL 151 dagi lentali kabelg’ bilan ulang (old tarafdan)
FL 151 Ko’p kanalli o’lchov kuchaytirgichni yoqing va qizib olishi uchun ikkala uskunani ham taxminan 10 daqiqa davomida ishlating
Hisoblagichning ko’rsatkichini nolga keltirish uchun bosimi 0 ga tushirilgan FL 130 uskunasi bilan FL 151 uskunasining orqa qismidagi muvozanatlovchi rezistordan foydalaning. Aniqo’lchash uchun dasturiy ta’minotning TARE (telemetrik ma’lumotlarga avtomat tarzda ishlov berish) funktsiyasidan foydalanish mumkin
Bu o’lchov kanallari tenzorezistorlar uchun 5.2-rasmda ko’rsatilgandek ajratilgan. 0° o’q yo’nalishi bilan, 90° burchak esa tangentsial yo’nalish bilan mos tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |