1.1. Janubiy mintaqaning tabiiy geografik sharoiti.
Janubiy O’zbekiston hududini xo’jalik nuqtai nazardan rayonlashtirishda
landshaft printsipi va tabiiy-xo’jalik rayonlarga asoslangan holda, quyidagi uchta
mintaqaga ajratiladi: [16]
1.Tekislik mintaqasi (400 metrgacha);
2.Tog’ oldi va past tog’lar mintaqasi (400-1000 metr);
3.Tog’ mintaqasi (1000 metrdan yuqori).
Janubiy O’zbekistonning taxminan 57.8 foizini tog’ va tog’ oldi mintaqasi
tashkil etadi (respublikada 21.3 foiz). Biroq, viloyatlar doirasida tog’li hududlar
salmog’i turlicha bo’lib, Surxondaryo viloyatining 70 foiz (Djumaev T., 1989),
Qashqadaryo viloyatining 45.2 foiz (Abdullaev S.I., Usmonov I.,1981) hududi tog’
va tog’ oldi mintaqasiga mansub.
Do'stlaringiz bilan baham: |