Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqot maqsadi sanoat korxonalarini
oqilona joylashtirish va rivojlantirish muammolarini mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish holati bilan bog‘liq holda o‘rganishdan iborat.
Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda, quyidagi vazifalarni hal etish
ko‘zda tutilgan:
- sanoatni tarmoqlarini joylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari va usullarini
aniqlash;
- mustaqillik yillarida O‘zbekiston mintaqalari sanoatida ro‘y bergan tarkibiy
o‘zgarishlarga baho berish;
- Qashqadaryo viloyati sanoat rivojlanishiga umumiy tavsif berish;
- mintaqa sanoat rivojlanishiga tahsir ko‘rsatuvchi omillarni ochib berish;
- respublika hududiy va tarmoq dasturlari doirasida viloyat sanoatini
rivojlantirish darajasini tahlil qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |