Mavzuning dolzarbligi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini mintaqaviy
jihatdan oqilona joylashtirish mintaqaviy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri
bo‘lib hisoblanadi. Mintaqalar o‘zlarining geografik va ishlab chiqaruvchi
kuchlarining joylashuvi, tabiiy-iqtisodiy salohiyatlari bilan bir-biridan ajralib
turadi. Tabiiy-iqtisodiy salohiyat mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin, mintaqalar tabiiy-
iqtisodiy salo-hiyatidan samarali foydalanish mamlakat iqtisodiyotining barqaror
rivojlanishini ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirishning muhim shartlaridan
biridir.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimov
ta’kidlaganidek:
”O‘zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash, o‘z xalqining tinchligi
va farovonligini ta’minlashga intilayotgan boshqa davlatlar qatori hozirgi shiddat
bilan o‘zgarib borayotgan murakkab davr o‘rtaga qo‘yayotgan talab va savollarga
to‘liq javob beradigan, aniq va ravshan, har tomonlama puxta o‘ylangan strategiya
va o‘z harakat dasturiga ega bo‘lishi zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda”
1
.
Bu fikrlar Respublika mintaqalariga ham tegishli bo‘lib, ular manfaatlarining
o‘zaro uyg‘unlashuvini ta’minlaydigan, mavjud tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlarni
hisobga oladigan iqtisodiyotni oqilona tarkibini shakllantirishga qaratilgan
strategiyani ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligini isbotlaydi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda iqtisodiyotning mintaqaviy tarkibini
shakllantirish hamda ularning salohiyatidan samarali foydalanish, ishlab
chiqarishni rivojlantirish va davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha qator
tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda aksariyat mintaqalarning mavjud
salohiyatlarini hisobga olgan holda, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy strategik
rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilmagan. Yirik tabiiy-iqtisodiy salohiyatga ega
bo‘lgan Qashqadaryo viloyatining uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik
yo‘nalishlarini ishlab chiqish ham davr talabi bo‘lib qolmoqda. Katta tabiiy-
iqtisodiy salohiyatining mavjudligiga qaramasdan, viloyatda aholi turmush darajasi
1
Karimov I.A. O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li. Toshkent, “O‘zbekiston” 2007. -B.43.
4
ko‘rsatkichlari past. Shu boisdan viloyatning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini barqaror
iqtisodiy rivojlantirish dasturi bilan o‘zaro majmuaviy bog‘lash zarur vazifadir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qashqadaryo viloyatida barqaror iqtisodiy
o‘sishga erishish uchun mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatni hisobga olgan holda
samarali iqtisodiy rivojlanish strategiyasi va uni amalga oshirish mexanizmlarini
ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |