«Kichik guruxlarda ishlash» mashqida quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi.
Ya’ni:
Mavzu yoritiladi;
Kichik guruxlar shakllantiriladi;
Ko’rsatma beriladi va yo’naltiriladi;
Muhokama tahlil qilinadi;
Baholanadi.
Quyida interfaol usuldagi VIII-sinf “O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi” fanining “O’zbekiston sanoati” mavzusidan taxminiy namuna
keltiramiz:
Mavzu: Qashqadaryo iqtisodiy geografik rayoni.
O’quvchilar sonida kelib chiqib, uchta kichik guruhga ajratiladi;
Ushbu usul birgalikdagi faoliyat bо‘lib, o’quvchilarni mavzu ustida fikrlash, о‘z
g‘oyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida muayyan shaklda
ifodalashga yо‘naltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |