3.4 Darsni tashkil etish bosqichlari, uni o’tkazish va natijalarni tahlil qilish.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, dars jarayonini muammoli tashkil etish o’quvchilarning bilim olish va o’rganishiga qiziqishini oshiribgina qolmay, balki ularda mustaqil va ijodiy fikrlash qobilyatini rivojlantiradi. O’qituvchi muammoli vaziyatni shunday tuzishi kerakki, unda o’quvchi ongida o’quv materialida unga notanish bilim haqida quyidagi savollar tug’ilsin: “Uni o’rganish uchun nima qilish kerak?, ushbu muammoni yechish yo’llari qanday?”. Muammoli vaziyatni hal etuvchi savolga javob noma’lum bo’lib, uni aniqlashda o’quvchi intellektual qiyinchilikni his etadi. Quyida umumta’lim maktabi O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi fanining “Toshkent iqtisodiy rayoni” mavzusini o’qitishda muammoli dars mashg’ulotining bir soatlik dars ishlanmasini ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |