1-o’quvchi “Germaniya”
Men Germaniya davlatiman.Men Markaziy Yevropada joylashganman. Quruqlikda Niderlandiya, Belgiya, Lyuksenburg, Fransiya, Shvetsariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya davlatlari bilan chegaradoshman. Mening rivojlanishimning asosiy sabablaridan biri dengiz yaqinida joylashganligim va qo’shni mamlakatlarning yirik port shaharlariga yaqinligim hisoblanadi.
G’arbiy Yevropa davlatlari ichida men o’zimning toshko’mir va qo’ng’ir ko’mirim bilan ajralib turaman. Toshko’mir konlarim: Rur, Saar va Axen. Yirik daryolarim: Reyn, Elba, Vezer, Dunay.
Aholim haqida aytadigan bo’lsam, hozirda 83 mln kishidan ortiq.Davlat tilim- nemis tili.Ustivor din-xristiyan dini.
Do'stlaringiz bilan baham: |