Tabiiyot-geografiya fakulteti



Download 0,59 Mb.
bet30/46
Sana02.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#120162
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Bog'liq
BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INTERFAOL USLUBLARDAN FOYDALANISH

Mitoxondriya:

- Ey, sen ham juda oshirib yubording-ku. Axir senlarga zarur energiyani yetkazib beruvchi menman-ku. Mening ichki va tashqi mem­branalarim yuzasida juda ko`p miqdorda fermentlar joylashgan. Avval­o hujayraning nafas olishiga yordam beradigan fermentlar mening fermentlarim. Nafas olish esa menning asosiy funksiyalarimdan biri, chunki bu bilan ATF sintezi uchun zarur energiya yetkazib beriladi, ATF esa barcha organizmlar hujayralarida menda sintezlanadi. Bu mening asosiy funksiyalarimdan iborat. Shuning uchun meni hujayraning «Kuch manbai» deb atashadi.

Golji majmuasi:

- Men ham muhim biologik funksiyalarni bajaraman. Oqsillar, uglevodlar, yog`lar dastlab mening elementlarimda to`planadi, so`ngra yirik va mayda pufakchalarga aylanadi, keyin pufakchalar naychalar­imdan ajralib, sitoplazmaga o`tib hujayra hayot faoliyatida ishtirok etadi.

- Men mayda bo`lsam-da katta funksiyalarni bajaraman, - kerilib so`z boshlaydi lizosoma. Mening nomim eritaman degan ma`noni anglatadi. Mening ichimda oqsillar, yog`lar, uglevodlar, nuklein kislo­talarni parchalaydigan fermentlarim bor. Men oziq moddalarni faol hazm qilish layoqatiga egaman, men hayot faoliyati jarayonida nobud bo`lgan hujayra qismlarini, butun-butun hujayralar va organlarni yo`qotishda ishtirok etaman. Masalan, itbaliqning dumini fermentla­rim yo`qotadi.

- Hammalaring o`zlaringdan ketib yubordularing-ku, - so`zni bo`ladi yadro,- hammalaringdan o`zim zo`rman. Men interfaza davrida murakkab o`zgarishlarga uchrab ko`p xizmatlar ko`rsataman. Mana shu davrda mening tarkibimda qobig`im, shiram, yadrocham, xro­matinim bo`ladi. Qobig`im barcha organizmlar hujayralari, yadro­larining zaruriy strukturasidir. Shiramda esa yadrocha xromasomalar joylashgan, yana unda oqsillar, nuklein kislotalar va uglevodlar ko`p bo`ladi. Yadrocham tarkibida RNK va oqsil mavjud. Unda RNK sin­tezlanadi. Xromatinim esa shunday materialki, undan bo`linayotganimda xromasomalar hosil bo`ladi. Xromasomalar men­ing muhim tarkibiy qismimdir. Ularda DNK to`planadi. Organizm­larning har bir turida avloddan - avlodga o`tadigan irsiy axborot esa DNKda bo`ladi. Mening eng zo`r ishlarimdan biri DNK sintezidir - E, gapiraversam gap ko`p. So`zsiz men hammangdan zo`rman!

Chetda hamma tortishuvlarni eshitib turgan sitoplazma asta xo`rsinib: «Men ham gapirsam maylimi»,- deb gap boshlaydi. - Sizlarga ba`zi bir narsalarni eslatib o`tishga haqqim bor deb o`ylayman. Chunki sizlar menda joylashgansizlar. Bu bilan men maqtanmoqchi emasman. Agar birgalikda ishlamasak hujayraning normal hayot kechir­ishini ta`minlay olmaymiz. Masalan, mening bosimimni saqlashda hujayra qobig`i katta rol o`ynaydi. Shunga o`xshash sizlar ham bir-­biringiz bilan doim aloqada bo`lasizlar. Men bunday aloqalardan bit­tasini keltirsam shuning o`zi kifoya deb o`ylayman. Masalan, hujayrada sintezlanadigan mahsulotlar oqsillar, yog`lar, uglevodlar, endoplazmatik to`r kanallari orqali Golji majmuasiga tashib beriladi. Mana bu chetda turgan hujayra markazi ham katta ish bajaradi. U bo`linish duki hosil bo`lishida ishtirok etadi. Qisqasi, biz hammamiz bir-birimizga bog`liqmiz!

Shundan so`ng hamma bir joyga to`planishib:

Bitta hujayramiz! - Bir-birimizga bog`liqmiz! - deya uch marta qaytarishadi. O`yin darslarini shu usulda olib borish, o`quvchilarning eslash, fikrlash qobiliyati, eng muhimi esa fanga bo`lgan qiziqishini oshiradi. Darsni o`tib bo`lgach, savollarga javob beriladi, mavzuning e`tibordan chetda qolgan qismlari to`ldiriladi.

Darsda savollarga yaxshi javob bergan, faol qatnashgan, rollarni yaxshi ijro etgan o`quvchilar ma`naviy jihatdan rag`batlantiriladi. So`ngra xulosa yasab, kelgusi darslar haqida yo`llanma beriladi.




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish