Tabiiyot-geografiya fakulteti



Download 0,59 Mb.
bet31/46
Sana02.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#120162
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
Bog'liq
BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INTERFAOL USLUBLARDAN FOYDALANISH

XULOSA VA TAVSIYALAR
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimining amal qilishiga erishishdir.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish va o‘quv –tajriba jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” umumiy o‘rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi.

Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va egallagan bilimlarini o‘quv–tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borishlari lozim.

“Biologiya fanini o’qitishda interfaol uslublardan foydalanish” mavzusida tanlangan bitiruv malakaviy ish yuzasidan olib borilgan ishlar natijalarini tahlil etib, quyidagi xulosalarga kelindi:

1. Bitiruv malakaviy ish mavzusiga doir tegishli ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar tahlil qilindi.

2. Adabiyotlar tahlili natijasiga ko’ra bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari aniqlab olindi.

3. Adabiyotlarda tanlangan mavzuga doir ishlar juda kam olib borilganligi aniqlandi.

4. Biologiya ta’limining ayrim mavzulari yuzasidan zamonaviy didaktik o’yin texnologiyalarining interfaol usullari yordamida dars jarayoni loyihasi ishlab chiqildi.

5. Pedagogik amaliyot davomida ishlab chiqilgan dars ishlanmalari sinovdan o’tkazildi.

6. Olib borilgan ishlar o’quvchilarning biologik bilim va ko’nikmalarni samaraliroq o’zlashtirishlariga interfaol texnologiyalar ta’sir etishi mumkunligi ko’rib chiqildi.

Hozirda biologiya ta’limining barcha bosqichlarida interfaol uslublardan unumli foydalanib dars o’tish o’quvchilarning biologiya fanidan puxta, keng bilim va ko’nikmalar olishlarida muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini faollashtirishda bugungi zamonaviy ta’lim uslubiyotida bir qator texnologiyalardan foydalanish samarali hisoblanadi. Ushbu texnologiyalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

- Hamkorlikda ishlash texnologiyasi

- Didaktik o`yinlar texnologiyasi

- Modulli ta`lim texnologiyasi

“Biologiya fanini o’qitishda interfaol uslublardan foydalanish” mavzusida tanlangan bitiruv malakaviy ish yuzasidan olib borilgan kuzatishlarni tahlil qilish orqali, darslarda interfaol uslublardan foydalanish tufayli quyidagi natijalar :

1. O‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga jalb etilishi;

2. O‘quvchilarning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;

3. O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirilishi;

4. Pedagog va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishi;

5. O‘quv materiallarini mustaqil mutoalaa qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirilishi;

6. O‘quvchini o‘z fikrini bayon qila olish, himoyalash, isbotlay olishga odatlantirilishi kabilar kuzatildi.

“Biologiya fanini o’qitishda interfaol uslublardan foydalanish” mavzusida tanlangan bitiruv malakaviy ish yuzasidan olib borilgan taqqiqot natijalarini tahlil etib, quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

1. Bugungi kunda ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va tatbiq etish tizimini yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Shu jihatdan olib qaralganda bu borada bir qator izlanishlar, metodik ta’minot yaratilishi maqsadga muvofiq.

2. Ta’limda o‘qitishni yangi texnologiyalar bilan mustahkamlab, tizimli yondashuv asosida uning umumiy samarasini yaxshilashga urinish lozim. Bunday yondashishda innovatsiya o‘ylab topilgan «tashqi» chora bo‘lib ko‘rilmaydi, balki chuqur mazmunli talab va tizimni bilish, anglab yetilgan qayta tuzish hisoblanadi.

3. Biologiya darslarida, darsdan, sinfdan tashqari mashg`ulotlarda o`qitishning interfaol uslublaridan muntazam foydalanishni yo`lga qo`yish, zarur o`qitish vositalaridan samarali foydalanish.

4. Bitiruv malakaviy ishda berilgan interfaol darslar ishlanmalari, yo`riqnomalaridan biologiya darslarida foydalanish, o`quv uslubiy majmualar, ishlanmalar tayyorlashda foydalanish tavsiya etiladi.




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish