1910 yilda Toshkentda Gidrometrik bo’linma tashkil etildi. Bu tashkilot yerlarni
o’rganish hamda glyatsiologik tadqiqotlarga juda katta e’tibor berdi. Bu
masalalarni yechish uchun Gidrometrik bo’linma Farg’ona vodiysida maxsus
statsionar hamda ekspeditsion-gidrologik, gidrografik, meteorologik tadqiqotlar
olib bordi. O’rta Osiyo meteorologiya instituti 1924 yildan boshlab har yili
gidrometeorologik ekspeditsion va statsionar tadqiqotlarni muntazam o’tkazishni
boshladi. Farg’ona vodiysida olib borilgan iqlimiy va gidrologik tadqiqotlarning
ilmiy natijalari sifatida uning daryolari, ko’llari, yer osti suvlari va iqlimiga
“Isfayramsoy” (1936) asarlarini kiritish mumkin. Bu ilmiy asarlar boshqalaridan
faktik materiallarining ko’pligi, chuqur tahlil qilinganligi va iqlimiy, gidrologik
g’oya, xulosalarining qanchalik teranligi bilan ajralib turadi. O’tgan asrning 50-
yillariga kelib, vodiy iqlimining barcha elementlari bo’yicha anchagina ilmiy
ma’lumotlar to’plandi. L.A.Manegina “Farg’ona vodiysi” (1954,) asarida uning
iqlimini tahlil qilgan, biroq shuncha katta boy material mantiqiy tartibda yoritib
14
L.N.Babushkin O’rta Osiyoda qishloq xo’jaligi nuqtai nazardan muhim
ilmiy tadqiqotlarni olib bordi, agroiqlimiy tahlil metodlarini takomillashtirdi. 1960
yilda nashrdan chiqqan «O’rta Osiyoning agroiqlimiy tavsifi» va «O’rta Osiyoni
agroiqlimiy rayonlashtirish» nomli monografiyalarida Farg’ona vodiysi iqlimiga
to’xtalib, unda 5 ta guruh: qoramozor, Chotqol, Turkiston, Farg’ona, Markaziy
Farg’ona rayonlaridan iborat bo’lgan bitta Farg’ona agroiqlimiy okrugini ajratadi.
Butun O’rta Osiyo bo’yicha 13 ta agroiqlimiy okrug ajratilib, shundan 5 - okrug
Farg’ona okrugi bo’lib, uning hududiga atrofdan o’rab turgan tog’ tizmalarining
suvayrig’ichigacha bo’lgan qismi to’liq kiritilgan.
L.N.Babushkinning asosiy xizmatlaridan biri, hududni qishloq xo’jalik
maqsadlarida agroiqlimiy rayonlarga ajratib, sug’orma va bahorikor dehqonchilik
hududlarini tavsiflab berishidadir.
O’lka gidrologiyasining yirik vakillaridan V.L. Shulsning “O’rta Osiyo
gidrografiyasi” (1958) hamda “O’rta Osiyo daryolari” (1965) nomli asarlarida
o’lkaning, jumladan, Farg’ona vodiysining gidrografiyasiga juda katta o’rin berilib
daryolarning gidrologik tavsifidan tashqari atrofdagi tog’larning muzliklari,
ko’llari, botqoqliklari va yer osti suvlari haqida ham muhim geografik ma’lumotlar
yoritilgan.
Muzshunoslik sohasida G.A.Avsyuk, N.N.Palgov, R.D.Zabirov, D.L.Shuls
va O.P.Shcheglovalarning orginal izlanishlari ayniqsa e’tiborga loyiqdir. Janubiy
Farg’ona tog’laridagi qadimgi muz bosish o’choqlari 1965-1970 yillar orasida
M.M.Mamatqulov tomonidan chuqur tahlil qilingan va bu hududni asosiy muz
bosish sabablari intensiv tektonik ko’tarilishlar va u bilan bog’liq bo’lgan
iqlimning o’zgarishlari ekanligi ilmiy jihatdan isbotlandi (1970).
Vodiy yer osti suvlari to’g’risidagi muhim ma’lumotlarning to’planishida va
ilmiy g’oyalarning rivojlanishida A.N.Sultonxo’jayev, B.A.Beder, D.M.Kats va
A.A.Xudoyberdiyevlarning ilmiy monografiyalari, maqolalari muhim ahamiyatga
ega bo’ldi.
15
O’tgan asr oxiriga kelib, iqlimiy va gidrologik tadqiqotlarning tavsifi bir
muncha o’zgardi. Shuning uchun asosiy e’tibor birinchi navbatda, vodiy
hududining atmosfera havosi hamda suvlarining ekologik holatini o’zgarishi bilan
bog’liq muammolarni hal qilishga qaratildi.
Bu haqidagi ma’lumotlar 1975 yilda nashr etilgan “O’zbekiston
irrigatsiyasi” (2-jild) hamda 1977 yilda F.A.Mo’minovning sa’yi harakatlari
asosida O’rta Osiyo gidrometeorologiya regional ilmiy tadqiqot instituti
mutaxassislari tomonidan chop etilgan Farg’ona vodiysi agroiqlimiy resurslarini
o’rganishga bag’ishlangan ilmiy va amaliy ma’lumotnomali kitoblarda
mujassamlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: