Tabiiy va ilmiy fanlar


Kompyuter tarmoqlarida IP-adres va domen tushunchasi



Download 20,6 Mb.
bet29/119
Sana10.07.2022
Hajmi20,6 Mb.
#771365
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119
Bog'liq
Sohada AKT MAJMUASI

Kompyuter tarmoqlarida IP-adres va domen tushunchasi


Internetda adres tushunchasi. Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob adres – URL deb ataladi.
Internetdagi adres odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi adres, shuningdek, URL-adres deb ham ataladi.
Kompyuter domen adresining namunaviy ko’rinishi quyidagicha: http://www.samvmi.uz, http://www.my.gov.uz.
Odatda, hujjatlarda adresni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga chiziladi.
Namunadan ko’rinib turibdiki, kompyuter adresi bir necha qismlardan iborat. O’ng tomondan adresning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda adreslar ko’p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo’yicha nomlanadi.
Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko’rinishda ifodalanadi: http://www. sayt nomi. sayt sohasi. davlat kodi.
Internet adresi (URL) bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik.
U veb-saytning tarkibiy qismidir. Web sahifa biror voqyelik, hodisa yoki obyekt to’g’risida ma’lumotlarni o’zida jamlagan ma’lumotlar faylidir. Web serverlar bazasi veb saytlardan iborat bo’lsa, veb saytlar esa o’z navbatida
sahifalardan iborat bo’ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi fayldir. Web sahifalar matn, tasvirlar, animasiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo’lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo’lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.
Аdres tushunchasi. Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi sifatida quyidagi fikrlarni keltirish mumkin:

  1. Аdres kompyuter xotirasining qismlarini, kompyuter kiritish-chiqarish qurilmalari portini, hisoblash tarmog’i kompyuterlarini hamda boshqa ma’lumot manbalarini yoki ularni uzatish uchun belgilangan joyni aniqlaydi.

  2. Аdres hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi yoki jo’natuvchilarni aniqlovchi ma’lumotlar ketma-ketligi

TCP/IP protokollar oilasida adreslarning uchta tipi qo’llaniladi: lokal (fizik, apparatli), IP adreslar va belgili domenli nomlar (domenli adreslash).
Lokal adreslar har bir tarmoqli ulanish uchun unikal, Internet tarmog’ini tarkibiy elementi bo’lgan tizim ostilaridir. Lokal adreslar tizimostilar doirasida berilganlarni uzatish uchun qo’llaniladi. Berilganlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatish uchun jo’natuvchi va qabul qiluvchisini manbasini bilish zarur bo’ladi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter, o’zining shaxsiy unikal adresiga ega bo’ladi. Kompyuterda har qanday axborot raqamli ko’rinishda taqdim qilingani kabi, kompyuterning ham adresi raqamli ko’rinishdan iborat bo’ladi.
IP-adreslash
Internetga ulangan har bir kompyuter IP-adresga ega bo’ladi.
IP-adres 32 bit uzunlikka ega bo’lib, u o’lchami 8 bitdan iborat to’rta qismga ajratiladi va ular tarmoq texnologiyasida ishlatiladigan oktet (maydon) atamasi bilan yuritiladi. Agar 1 oktet 8 bit o’lchamga ega bo’lsa, IP-adresni har bir oktenti 0 dan 255 tagacha sonlarni qabul qiladi. IP-adresni 4 ta qismdan iborat, nuqta bilan ajratiladigan yozuvga birlashtiriladi
IP-adres xaqida so’z borganda, xost tushunchasi qo’llaniladi. Odatda Internetga ulangan har qanday kompyuter xost kompyuter bo’lishi mumkin. Aslida esa boshqa vositalar bilan muloqot qilish uchun TCP/IP protokolini qo’llovchi har qanday qurilma ham xost bo’lishi mumkin.
Kompyuterlardan tashqari, tarmoqning maxsus qurilmalari- marshrutlovchilar (routers), konsentratorlar (habs) va boshqalar xost bo’lishi mumkin. Istalgan IP-adres ikkita qismdan iborat bo’ladi: tarmoq adresi (tarmoq identifikatori, Network ID) va joriy tarmoqdagi xost adresi (xost identifikatori, Host ID). Bunday tuzilish kompyuterlarni IP-adresi turli xil tarmoqlarda bir xil nomerlarga ega bo’lishini ta’minlaydi.
W.X.Y.Z. 0.0.0.0 - 255.255.255.255

W

X

Y

Z

0 – 255

0 – 255

0 – 255

0 – 255

32 bit IP-adresni mumkin bo’lgan tuliq adresi bo’lganligi bois, IP-adres A,B,C,D va E sinflarga ajratiladi. Demak, IP-adresni uchta sinfi, sinflarga bog’liqligini hisobga olgan holda to’rta 8 bitli adreslarni tarmoq adresi va xost adreslarga ajratadi.
Hisoblash texnikasi vositalarida berilganlarni saqlash uchun ikkilik sonlari qo’llaniladi. Shu boisdan IP-adreslari ikkilik ko’rinishda ifodalaniladi
Ikkilik formati 11000000 10101000 00000011 00011000
O’nlik formati 192.168.3.24
Yuqorida qayd qilganimidek, IP-adres 32 bitdan iborat bo’ladi va to’rta oktentga, ya’ni8 bitdan iborat maydonga ajratiladi.
Tarmoqda kompyuterni joylashuvini aniq ko’rsatish uchun, IP-adres ikkita qismga ajratiladi, bittasi tarmoq nomerini, ikkinchisi esa shu tarmoqdagi kompyuterni nomerini ifodalaydi. uylarda istiqomat qiluvchilarni pochta adresi kabi bo’ladi. Adresda ko’cha nomi va uy nomeri ko’rsatiladi.
Turli xil tarmoqlar sinfida IP-adreslarning strukturasi jadvali

Tarmoq sinfi



Birinchi oktetni qiymati (W)



Tarmoq nomer- larini oktentlari

Tarmoq xostlarini oktentlari

Mumkin bo’lgan tarmoqlar soni

Xostlar soni



A

1-126

w

x.y.z

128(27)

16777214(224)

V

128-191

w.x

y.z

16384(214)

65536(216)

S

192-223

w.x.y

z

2097151(221)

254(28)

IP-adres – bu kompyuterning unikal sonli adresi bo’lib, u 32 bit uzunlikka ega bo’lib, 8 bitdan iborat to’rta qismga ajratilgan holda ifodalanadi. Axborotlar sonini aniqlash formulasi turli hil IP- adreslarning umumiy soni 4 milliarddan ziyod , yoki N=232=4294967296 ga teng bo’lishi mumkinligini bildiradi.
IP - adresni ikkilik sanoq tizimda ifodalanishi inson uchun noqulayliklar tug’dirgani munosabati bilan, amaliyotda IP-adresni o’nlik sanoq tizimida ifodalash qabul qilingan. Demak, IP adreslar, nuqta bilan ajratiladigan oktet deb nomlanuvchi to’rta qismdan iborat o’nlik sanoq tizimidagi sonlar orqali ifodalanadi: W.X.Y.Z.
Demak IP-adres tarmoq adresini va kompyuterni shu tarmoqdagi adresini ifodalaydi. Adresdagi sonlar chapdan o’ngga qarab o’qiladi.
Masalan, 192.168.69.249
192.168.69.– qism tarmoqlar adresi
249- foydalanuvchi kompyuterini adresi

Tarmoqdagi kompyuterlar soniga bog’liq holda IP-adreslar A, B, C, D, E deb nomlanuvchi 5 ta sinifga ajratiladi. Kompyuterni u yoki bu sinfga mansubligi 1 oktentning qiymatiga ko’ra aniqlanadi, qolganlari tarmoq adresi va kompyuter adresiga ajratiladi



Tarmoq




192.168. 192.168. 192.168.

Sinf

Diapazon

Qo’llanilishi

A

0.0.0.0 – 127.255.255.255

A, B, C sinflarga oid adreslar diapazoni alohida uzellar va tarmoqlarni adreslash uchun qo’llaniladi

B

128.0.0.0 – 191.255.255.255

C

192.0.0.0 – 223.255.255.255

D


224.0.0.0 – 239.255.255.255



Bu sinfga mansub adreslar diapazoni kompyuterlar guruhini adreslash uchun qo’llaniladi

E

240.0.0.0 – 247.255.255.255

Bu sinf diapozoni qayd qilingan lekin hozirgi vaqtda ishlatilmaydi

A sinfiga mansub tarmoqlar katta tashkilotlarni foydalanishi uchun muljallangan. Bu katta tarmoqlarni adreslash uchun jami 7 bit, xost kompyuterlarni adreslash uchun esa 24 bit ajratilgan.
B sinfiga mansub tarmoqlar o’rta o’lchamdagi tarmoqlarga ajratilgan, ularni adreslash uchun 21 bit ajratilgan.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish