mavzu. Sohada korrelyatsion-regression modellarni qo‘llash
7.1.Asosiy tushunchalar. Ishlab chiqarish funksiyalari 7.2.Juft va ko‘p omilli regression tahlillar 7.3.Chorvachilik masalalarida korrelyatsion-
regrission tahlilning qo‘llanilishi
Adabyotlar: A.: 3; X.:1; Q.: 11,14,15,16,27, O‘UM; I.: 17-57
Asosiy tushunchalar. Ishlab chiqarish funksiyalari
Qishloq xo‘jalik tarmoqlarida, ishlab chiqarish jarayonlarining samarali rivojlanishi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi - urug‘ni sifati, yillik yog‘ingarchilik miqdori, o‘g‘it va uning turlari, o‘g‘itlash me’yorlari, agrotexnika tadbirlari, hosilni yig‘ishtirib olish muddatlari va x.k. omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Ekin maydonlariga solinadigan, aniq miqdordagi mineral o‘g‘itlar, turli maydonlarda hosildorlikni o‘sishiga har hil ta’sir ko‘rsatadi.
Binobarin, ekin maydonlariga solinadigan o‘g‘it miqdori bilan hosildorlik ko‘rsatkichlari o‘rtasida bog‘lanish mavjud. Aniq olinadigan maydonlarda, u yoki bu ekin turiga solinadigan o‘g‘it miqdorini hosildorlikga ta’sirni belgilovchi ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun ko‘plab tajribalar va kuzatuvlar o‘tkazishga tug‘ri keladi.
Masalan, paxtaga u yoki bu turdagi solinadigan o‘g‘it miqdori, uning hosildorligini oshishiga juda yaxshi ta’sir ko‘rsatdi. Solingan o‘g‘it miqdori, hosildorlikni oshirish bilan birga, tuproqning tarkibiga salbiy ta’sir ham ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, aniq olinadigan maydonlarda, u yoki bu ekin turiga solinadigan o‘g‘it miqdorini hosildorlikga ta’sirni belgilovchi ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun ko‘plab tajribalar o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, chorva mollarining mahsuldorlik darajasiga: koramolning zoti, nasli; jins va yoshi; oziqlantirish darajasi; oziqa tannarxi va boshqa shu kabi ko‘plab omillar ta’sir qiladi.
Bunday hollarda statistik bog‘lanishlar mavjud deb qaraladi. Ma’lumki, statistik bog‘lanishlarda qaralayotgan omillardan birining o‘zgarishi boshqa natijaviy miqdorning o‘zgarishiga olib keladi.
Ko‘p sonli kuzatishlar asosida nomoyon bo‘ladigan va aniqlanadigan bir omilning o‘zgarishi ikkinchi omilning o‘rtacha qiymatini o‘zgartirishga olib keladigan bog‘lanishlar, statistik yoki korrelyatsion bog‘lanishlar deyiladi.
Qishloq xo‘jaligining ko‘plab iqtisodiy jarayonlari va hodisalarida o‘zaro korrelyatsion bog‘lanish mavjud bo‘ladi, ular odatda, ishlab chiqarish funksiyalari ko‘rinishida ifodalaniladi.
Bunday hollarda qaralayotgan funksiya, ko‘p omilli iqtisodiy jarayonlarning matematik modelini ifodalaydi. O’z o‘rnida bu model nomoyon bo‘ladigan xodisalarning o‘zaro bog‘liqlik tomonlarini va ishlab chiqarish jarayonlariga
ta’sir qiladigan omillar natijasida, qanday ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish mumkinligini aniqlaydi.
Тurli xil kattaliklarning statistik bog‘lanishlarini ifodalaydigan funksiyaga regressiya tenglamasi deyiladi.
Demak, qishloq xo‘jalik tarmoqlarida, hosildorlik, mahsuldorlik, tannarx va ularga ta’sir qiladigan ko‘p sonli omillarning uzaro bog‘liqligini matematik funksiyalar ko‘rinishda ifodalash mumkin.
O’rganilayotgan ob’ektning iqtisodiy va texnologik bog‘liqligini matematik ifodalanishiga ishlab chiqarish funksiyalari deyiladi.
Ishlab chiqarish funksiyalarining umumiy ko‘rinishini quyidagicha ifodalash mumkin:
Y=f (x1, x2 , . . . , xn) . (7.1)
Bu yerda, Y-natijaviy ko‘rsatkich; x1, x2 , . . . , xn -ishlab chiqarish omillari. Ular bog‘liq o‘zgaruvchilar ham deb nomlanadi.
Ko‘p sonli omillarning ishlab chiqarish natijalariga ta’sirini korrelyatsion tahlil (analiz)ga asoslanib o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |