2.2 Elektron pochta
Elektron pochta (e-mail - electronic mail) oddiy pochta kabi vazifani bajaradi.U bir manzildan ikkinchisiga ma`lumotlarni jo`natilishini ta`minlaydi.Uning asosiy afzalligi, vaqtga bog`liq emasligida. Elektron xatlar jo`natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olgunga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni, dastur fayllarini o`z ichiga olishi mumkin. Elektron xatlar bir vaqtning o`zida bir necha manzillar bo`yicha jo`natilishi mumkin.Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi, chunki Internetning asosiy xizmat dasturlari bilan umumiy interfeysga ega. Bunday yondoshuvning mohiyati shundaki, xost kompyuterga talab elektron xat ko`rinishida jo`natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta`minlovchi standart yozuvlar to`plamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter farmoyish sifatida qabul qiladi va bajaradi.
Elektron pochta bilan ishlash uchun bir qator dasturlar yaratilgan, ularni mail umumlashgan nom bilan birlashtirish mumkin.Windows operasion sistemasida elektron pochta bilan ishlashni Microsoft Outlook Express ilovasi ta`minlaydi. Bu dasturlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
- matnni yaratish;
- xat-xabarlarni (korrespondensiyalarni) o`qish va saqlash;
- xat-xabarlarni o`chirish;
- manzilni kiritish;
- xat-xabarlarni qabul qilish va jo`natish;
- turli hujjatlarni, jadvallarni, rasmlarni va boshqa fayllarni import qilish
(qabul qilish va kerakli formatga o`zgartirish), xatga ilova qilish;
- xatlarni mavzusiga qarab ajratish.
Kompyuterda Web-sahifalarni ko`zdan kechirish.
Internet Explorer dasturi
Kompyuterni Internet tarmog`iga ulaganimizdan keyin albatta internetda biz biron-bir axborotni ko`rishga urinib ko`ramiz.Internet tarmog`ida ma`lumot asosan web-sahifa (sayt) shaklida tasvirlanadi. Bunday web-sahifalarni ko`rish uchun maxsus dasturlar brauzerlar (browser so`zi browse - ko`rish dan olingan) ishlab chiqilgan. Ular web-sahifani ko`rish, saqlash, chop etish va boshqa bir qator imkoniyatlarga ega. Hozirgi kunda bunday dasturlarni turlari juda ham ko`p. Ular asosan, bitta yoki bir nechta web-sahifani ochish, undagi ma`lumotni tasvirlash kabi amallarni bajaradi. Web-sahifani ochish uchun biz uning URL-manzilini kiritishimiz kerak bo`ladi. URL-manzil odatda quyidagidek shaklga ega bo`ladi:
www.gov.uz;
www.mail.ru;
www.yahoo.com.
Bu yerda WWW - World Wide Web mashhur xizmat nomi; gov, mail, yahoo - server (sahifa) nomlari; uz, ru, com - domen (hudud) nomlari.
Windows 95 (OSR 2.1) operasion sistemasidan boshlab, operasion sistema tarkibiga Microsoft Internet Explorer 3.0 internet brauzer dasturi kiritila boshladi. Hozirgi kunda qo`llaniladigan Windows 98SE, Windows ME, Windows 2000, Windows XP operasion sistemalari tarkibida uning 4.0, 5.0 va 6.0 versiyalari kiritilgan. Bundan tashqari, u Microsoft Office 2000, Microsoft Office XP dasturlar majmuasi tarkibiga ham kiritilgan.
Windows operasion sistemasida Internet Explorer (IE) dasturiga kirishning bir nechta usuli mavjud:
Pusk (Boshla) menyusiga kirib, dasturni tanlash kerak;
Ish stolida joylashgan yorliqqa sichqon bilan 2 marta chertish;
Tez yuklanish satridan tanlash (u odatda Pusk (Boshla) menyusining yonida joylashadi).
Dasturga kirib, Adres (manzil) satriga biron-bir manzilni kiritamiz, masalan www.gov.uz va klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz. Shuni ta`kidlash joizki, mazkur dasturga kirishdan oldin Internet tarmog`iga ulanishni tashkil etish kerak. Aks holda biz Internet-sahifalarini ocha olmaymiz. Natijada taxminan quyidagidek oyna hosil bo`ladi:
Internet Explorer dasturining asosiy ish vositasi va uskunalar panelida joylashgan uskunalar quyidagilardir:
- oldingi web-sahifaga o`tish;
- keyingi web-sahifaga o`tish;
- web-sahifa ochilishini (yuklanishini) bekor qilish;
- web-sahifa mazmunini yangilash;
- boshlang`ich web-sahifaga o`tish;
- ochilgan web-sahifada zarur ma`lumot, so`z yoki jumlani izlash;
- elektron pochta dasturiga o`tish (kirish);
- joriy web-sahifadagi ma`lumotlarni chop etish;
- holat satrida joylashgan bo`lib, oxirgi web-sahifani yuklanish darajasini namoyon etadi.
Internet Explorer dasturida veb-sahifalarni saqlash va chop etish
IE dasturida nafaqat veb-sahifani ochish, balki kerak bo`lgan veb sahifadagi ma`lumotlarni kompyuterdagi disklarning biriga saqlash mumkin. Ma`lumotni biz ikki xil usulda kompyuterda saqlashimiz mumkin:
1) veb sahifadagi ma`lumotlarni qisman saqlash;
2) veb sahifani butunlay, alohida fayl shaklida saqlash.
Birinchi usulni amalda bajarish uchun quyidagilardan birini bajaramiz: Kerak bo`lgan matn va (yoki) rasmni tanlab (ajratib), sichqonning o`ng tugmasini chertamiz va hosil bo`lgan kontekst menyudan Kopirovat (nusxa ko`chirish) farmoyishini tanlaymiz va manzil bo`luvchi katalogga kirib, sichqonning o`ng tugmasini bosganimizda hosil bo`ladigan kontekst menyudan Vstavit (joylash) farmoyishini tanlaymiz. Kerak bo`lgan matn va (yoki) rasmni tanlab (ajratib), sichqon yordamida Pravka (Tahrir) menyusiga kiramiz va menyudan kopirovat (Nusxa olish) buyrug`ini tanlaymiz va manzil bo`luvchi katalogga kirib Pravka (tahrir) menyusidan vstavit (joylash) farmoyishini tanlaymiz.
Ikkinchi uslubni amalda bajarish uchun biror bir veb sahifani to`liq ochib quyidagini bajarmoq lozim:
Fayl menyusiga kiring;
U yerdan Soxranit kak... (kabi saqlash) buyrug`ini tanlang;
Hosil bo`lgan muloqat oynasida fayl nomini va manzilni ko`rsating va Soxranit (Saqlash) tugmasini bosing. Bundan keyin biz off-line (Internetga ulanmagan holda) rejimida ham saqlangan veb sahifani ochish va boshqa bir qator amallarni bajarishimiz mumkin.
Saqlangan veb-sahifa fayli htm yoki html kengaytmasiga ega bo`lib, uni nafaqat Internet Explorer dasturida, balki MS Office tarkibiga kiruvchi Word, Excel kabi dasturlarida ham ochish mumkin.
Elеktron pochtadan foydalanish
Elеktron pochta yoki E-mail hozirgi kunda Internetdan foydalanish jarayonining eng mashxur qismi hisoblanadi. E-mail orqali dunyo bo`yicha istalgan joyga bir zumning o`zida xat yuborish yoki qabul qilish hamda yozilgan xatlarni faqatgina bir kishiga emas, balki manzillar ro`yxati bo`yicha jo`natish imkoniyati mavjud
XULOSA
Shunday qilib men, ushbu kurs ishimda internetning asosiy tushunchalarini atroflicha ochib berishga harakat qildim. Yana shuni ta`kidlashim mumkinki, internet muayyan mamlakat yoki kompaniyaga tegishli emasligi sababli, u yagona nazorat markaziga ega emas, shuning uchun uni bir vaqtning o`zida hamma joyda o`chirib qo`yish imkni yo`q.
BMTning 2011 yil 3-iyundagi qaroriga binoan, internet inson huquqlari qatoriga kiritildi. Shuning uchun, ayrim hududlarni undan uzish inson huquqlarining buzulishi hisoblanadi.
Global tarmoqlarning rivojlanishi va axborotlarni olish, qayta ishlash va uzatishning yangi tеxnologiyalari paydo bo`lishi bilan Internet tarmog`iga har xil shaxs va tashkilotlarning e`tibori qaratildi. Ko`plab tashkilotlar o`z lokal tarmoqlarini global tarmoqlarga ulashga qaror qilishgan va hozirgi paytda WWW, FTP, Gophes va boshqa sеrvеrlardan foydalanishmoqda. Tijorat maqsadida ishlatiluvchi yoki davlat siri bo`lgan axborotlarning global tarmoqlar bo`yicha joylarga uzatish imkoni paydo bo`ldi va o`z navbatida, shu axborotlarni himoyalash tizimida malakali mutaxassislarga ehtiyoj tug`ilmoqda.
Bundan tashqari kurs ishimni yozish davomida axborotlarni himoyalash nechog`lik zarur ekanligining mazmun va mohiyatini tushunib yetdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |