Tabiiy va aniq fanlar



Download 1,97 Mb.
bet5/12
Sana14.09.2021
Hajmi1,97 Mb.
#174350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
« 3G va 4 G tarmoqlari

2.1 3 G va 4 G Internet tarmog’i va ularning tezligi
4G'ning maksimal darajadagi yuklab olish tezligi 60 Mbit/soniyani tashkil qiladi, bu esa 3G'ga nisbatan 20 baravar ko‘proq.
Nazariy jihatdan, 4G tezligi 300 Mbit/s dan oshadi, ammo bunga faqat laboratoriya sharoitida erishish mumkin, xolos.
Internet tarmog‘i bo‘yicha tezlik
4G qanchalik tezligini tushunish uchun biz texnologiyags eski uyali aloqa tarmoqlari, ya’ni 3G va 3G HSPA+ texnologiyalariga nisbatan qarashimiz kerak. Buning uchun 4G LTE'ning nazariy va real ishlashini ko‘rib chiqamiz.
Mobil tarmoq tezligini o‘lchash haqida gap ketganda, qiziqish uyg‘otadigan ikkita holat mavjud: nazariy va real tezligi.


Nazariy tezlik - bu mukammal sharoitga ega bo‘lgan laboratoriya muhitida erishish mumkin bo‘lgan tezlik, real tezligi esa har kuni telefon orqali haqiqiy mobil tarmoqdan foydalanishda kuzatish mumkin bo‘lgan tezlikdir.


Tarmoq tezligini aniqlash uchun biz tarmoqdan yuklab olish va tarmoqqa yuklash tezligini solishtiramiz.
Yuklab olish tezligi - bu internetdan telefoningizga yoki boshqa mobil qurilmangizga mobil ma’lumot uzatish tezligi. Masalan, video yuklab olish. Yuklash tezligi esa - ma’lumotni telefoningiz yoki mobil qurilmangizdan internetga uzatish tezligidir. Masalan, Facebook'ka rasm yuklash. 3G - bu odatda ko‘rish mumkin bo‘lgan eng sekin tezlik. 3G'ning real tezligi 3 Mbit/s va nazariy maksimal yuklab olish tezligi 7.2 Mbit/s ga teng. Agar siz videoni YouTube'dan 3G orqali yuklamoqchi bo‘lsangiz, masalan, uni yuklash uchun o‘n soniya kutishingizga to‘g‘ri keladi. 500 MB hajmdagi faylni yuklab olish 22 daqiqaga yaqin vaqtni oladi, kattaroq dasturlar, filmlar va albomlarni ko‘chirib olish esa bundan-da uzoq davom etadi.
3G'ning tarmoqqa yuklash tezligi yuklab olish tezligidan ancha past, odatiy tezligi 0.4 Mbit/s va nazariy chegarasi 2 Mbit/s . Amalda, 3G veb-sahifalarni ko‘rish va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun juda yaxshi, sahifalarni yuklash uchun bir necha soniya kutiladi, xolos. 10 MB hajmli fayl yoki rasmni yuklash uchun 25 soniya kerak bo‘ladi.
3G HSPA+ - bu 3G'ning takomillashtirilgan versiyasidir. Ushbu texnologiyada doimiy tezlik, odatda, 6 Mbit/s, nazariy jihatdan maksimal tezlik sa 42 Mbit/s tashkil etadi. Bunda video taxminan 5 soniya yuklab olinadi. O‘rtacha hajmdagi ilovalarni esa bir daqiqada yuklab olish mumkin, shu bilan birga yuqorida aytib o‘tilgan 500 MB faylni yuklab olish uchun 11 daqiqa vaqt ketadi.
3G HSPA+ tarmoqqa yuklash tezligi 3 Mbit/s gacha, nazariy maksimal esa 22 Mbit/s gachani tashkil qiladi. 10 MB fayl yoki rasmni yuklab olish uchun atigi 8 soniya vaqt kerak bo‘ladi.

Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan axborot tarkibi o`zaro o`xshashdek tuyuladi.Chunki ikkala holda ham biz "birni ko`plikka" usulda tashkil etilgan ob`ektlar bog`lanishiga duch kelamiz. Aslida bunday emas.Texnik nuqtai nazardan internetda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter ko`plab (millionlab) kompyuterlar bilan bog`langan bo`ladi. Bunday bog`lanish tarmoq (Net) deb ataladi. Axborot nuqtai-nazardan internetda e`lon qilingan har bir elektron hujjat, tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan o`zaro bog`lanishda bo`lishi mumkin.Bu holdagi axborot bog`lanishi to`r (Web) nomini olgan.

Shunday qilib, tarmoq (Net) haqida so`z yuritilganda o`zaro bog`langan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, to`r (Web) haqida so`z yuritilganda esa yagona axborot muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi tushuniladi. Amaliyotda internetning real, fizik bog`lanishlar orqali tashkil topgan tarmog`idagi kompyuterlar bilan virtual axborot fazosini tashkil etuvchi elektron hujjatlari har xil manzillar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter to`rt qismdan tashkil topgan o`z manziliga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) - manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar o`zgarmas IP-manzilga ega bo`ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo`lsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-manzilga ega bo`ladi. Bunday IP-manzil dinamik IP manzil deb ataladi.

Tarmoqda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter IR-manzilini bilgan holda, unga har xil ko`rinishdagi so`rovlar bilan murojaat qilishi mumkin bo`ladi. Bu so`rovlar o`sha kompyuterda saqlanayotgan elektron hujjatlar, ma`lumotlar bazasi yoki bo`lmasa undagi biror bir dasturni ishlatishga, o`sha kompyuter tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid bo`lishi mumkin va hokazo.

Internet axborot muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri kompyuterlarning IR-manzillaridan boshqa o`zlarining takrorlanmas, unikal manzillariga ega.Bu manzil URL (Uniform Resource Locator) - manzil deb ataladi.Masalan, O`zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis qarorlari haqida ma`lumot beruvchi elektron sahifa manzili www.gov.uz. Agar Internet tarmog`ida biror bir hujjat e`lon qilingan bo`lsa, u yagona takrorlanmas URL manzilga ega. Kompyuterda bir nom bilan diskning bir joyida ikkita fayl mavjud bo`lmaganidek, internetda ham ikki elektron hujjat bir xil URLmanzilga ega bo`la olmaydi.

Internet tarmog`ining xizmatlaridan foydalanish uchun albatta unga ulanishni tashkil etish kerak. Ko`pincha operasion sistemalar avtomatik tarzda ulanishni tashkil etadi, lekin ayrim hollarda u yoki bu sabablarga ko`ra bog`lanish o`rnatilmasligi mumkin. Hozirgi kunda eng zamonaviy operasion sistema Microsoft Windows XP hisoblanadi. Biz ushbu operasion sistemada Internetga ulanishning tashkil etilishini ko`rib chiqamiz:

1. Ish stolida Setevoe okrujenie (tarmoq muhiti)ni tanlang. Natijada quyidagidek oyna hosil bo`ladi:

2. Yuqorida ko`rsatilgan oynada kompyuterda mavjud (joriy va joriy bo`lmagan) tarmoq ulanishlarini boshqarish va hosil qilish mumkin. Biz bu yerda Sozdanie novogo podklyucheniya (Yangi ulanishni yaratish) buyrug`ini tanlaymiz. Natijada Master novix podklyucheniy (yangi ulanishlar ustasi) yordamchi dasturi yuklanadi.



3. Ushbu usta ulanishni tashkil etishda atroflicha yordam ma`lumot beradi va bu yerda biz ulanish tashkil etilishini boshlash uchun Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz. Keyingi oynada birinchi uslubni tanlab, Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz.



4. Keyingi oynada "Ustanovit podklyuchenie vruchnuyu" (Ulanishni qo`lda tanlash) ni tanlab, Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz.



5. Undan keyingi oynada ulanishda qo`llaniladigan qurilma tanlanadi. U yerda biz oddiy modemligini ko`rsatamiz.



6. Bundan keyin Internet provayder nomini kiritamiz va albatta Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz.



7. Internet provayder tomonidan berilgan telefon raqami kiritiladi. Agarda Siz ulangan telefon analogli telefon stansiyasiga tegishli bo`lsa, telefon raqamidan oldin r harfini kiritish shart.Masalan: r1619900



8. Keyingi oynada Internet-provayder tomonidan beriladigan foydalanuvchi nomi (login) va parol ikki marta kiritiladi va Dalee (Oldinga) tugmasi bosiladi.



9. Natijada yordamchi usta dasturining oxirgi oynasi hosil bo`ladi. U yerda Gotovo (Tayyor) tugmasini bosamiz. Agarda ulanishni tashkil etuvchi yorliq ish stolida hosil bo`lishini istasangiz, Dobavit yarlik na rabochiy stol (Ish stolida yorliq yaratish) dagi bayroqchani o`rnatish kerak.



Endi Internetga ulanish uchun biz ish stolida hosil bo`lgan yangi yorliqni tanlaymiz va hosil bo`lgan oynada Vizov (Chaqiriq) tugmasini bosib ulanamiz.




Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish