I BOB. INTERNET TARMOG’I HAQIDA.
Internet — bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butundunyo kompyuter tarmog`idir.
O`tgan asrning 60-yillarida AQSH Mudofaa vazirligi qoshidagi markazlardan birida RAND CORPORATION korxonasi birinchi marta, butun mamlakatni qamrab olgan markazlashmagan kompyuter tarmog`ini yaratishni taklif qildi. Bu loyihani amalga oshirishdan maqsad, xarbiy muassasalar blokida o`quv markazlari kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirib, boshqarishni markazlashtirish edi. Bundan ko`zlangan maqsad, yadro quroli hujumida ham, tarmoqning bir nechta qismi ishdan chiqqan holda ham ishlash xususiyatini saqlab qoladigan tizimni yaratish bo`lgan. Bu tizim uchun ko`plab tarmoqlar zarur edi. 1969-yilda AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentliligiga mamlakatdagi barcha harbiy muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq (ARPANET) xarbiy mutaxassislarga axborot almashishga yordam ko`rsatishga mo`ljallangan edi. Dastavval Internet tarmog`i xarbiy maqsadlarni ko`zlab yaratilgan bo`lsada, uning faoliyati keyinchalik fan va ta`lim sohasida axborot almashish, o`zaro aloqaga ega bo`lish uchun ishonchli va mukammal ishlaydigan tizim sifatida qo`llanila boshladi. Shu o`rinda Internetning asosiy xizmatlari yaratilishi bilan bog`liq sanalarga to`xtalib o`tamiz. 1971-yilda elektron pochta jo`natmalarini amalga oshirish uchun mo`ljallangan birinchi dastur yaratildi. 1972-yilga kelib, oliy ta`lim tizimida ham keng qo`llanila boshladi — AQSHning 50 universiteti va tadqiqot markazlari yangi tarmoqqa ulanib, ilmiy axborot almashinuvidan unumli foydalanish yo`lga qo`yildi.1973-yilda esa Atlantika okeani tubidan o`tgan telefon kabeli orqali bu tizimga Buyuk Britaniya va Norvegiyaning xorijiy tashkilotlari ulanishi tufayli tarmoq xalqaro maqomga ega bo`ldi. 1984-yilda domen nomlari tizimi ishlab chiqildi. Xuddi shu yilda ARPANET tarmog`iga jiddiy raqib paydo bo`ldi, AQSHning Milliy ilmiy fondi Internet katta universitetlararo tarmog`ini tashkil etdi. Shu paytdan boshlab NSFNet keng ijtimoiy muloqot vositasiga aylanib, jadal kengayib bordi.
1990-yil ARPANET o `zining nisbatan yosh raqobatchisi NSFNet tarmog`iga yutqazib, o`z ishini tugatdi. 1991-yilga kelib esa Internetda gipermatn tuzilmasi asosida ishlaydigan umumjahon o`rgimchak to`ri (WWW) foydalana boshladi. Ikki yildan so`ng (1993-yil) mashhur NCSA Mosaic brauzeri paydo bo`ldi. Bugungi kunda Internetdan vaqtichog`lik va pochta xizmatidan tashqari, turli kuch va manfaatlar to`qnashuvidagi axborot quroli sifatida samarali foydalanib kelinayotganini ko`rish mumkin. Internet tarmog`ining mohiyatini tushuntirish uchun uning mantiqiy tuzilishini anglab olmoq kerak. Internetda axborotni paketli uzatish tamoyilidan foydalaniladi. Internetda tarmoqning samarali ishlashi uchun mavjud axborotni qanday qilib paketlar holatiga uzatish va yetkazilgan axborotni qayta tiklash hamda bo`laklangan paketlarni foydalanuvchiga qanday yetkazish kerakligi muammosini hal qilish lozim bo`ladi.
Internet (International Network— xalqaro kompyuter tarmog`i) butundunyoni qamrab qolgan global kompyuter tarmog`idir. Hozirgi kunda Internet dunyoning ko`plab (150 dan ortiq) mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. Internet dastlab faqat tadqiqot va o`quv yurtlariga xizmat qilgan bo`lsa, u ishlab chiqarish doirasida ham keng tarqalmoqda. Internet bir qancha qulayliklarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bular tarmoqning tezkorligi, arzonligi, aloqaning keng qamrovli ekanligidir. Internetning erkin kiriladigan arxivida inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotgacha, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma`lumotigacha bilib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |