Tabiiy tosh materiallari va ularning turlari Reja: Tosh materiallar quyidagicha klassifikasiyalanadi


Poydevor va devorlarga ishlatiladigan material hamda buyumlar



Download 45,5 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2022
Hajmi45,5 Kb.
#644293
1   2
Bog'liq
7-mavzu

Poydevor va devorlarga ishlatiladigan material hamda buyumlar:
noto'g'ri shakldagi xarsangtoshlar (kattaligi 150x150 mm) – poydevorlarga ishlatiladi;
yotqizishga qulay, yassi xarsangtosh – taxminan ikkita qirrasi parallel bo'lib, poydevor qurish va boshqa yerosti konstruksiyalari uchun ishlatiladi;
arralangan devorbop toshlar va yirik bloklar – devorlar va poydevorlar qurish uchun foydalaniladi;
shu bilan birga, zichligi 2100 kg/m3 dan ortiq bo'lgan bloklar podvallar poydevori va devorlariga ishlatiladi.
Devorlar sirtiga qoplanadigan tabiiy tosh materiallar:
yo'nilgan plitalar granit, qumtosh va zich ohaktoshlardan tayyorlanadi; qalinligi tayyorlash texnologiyasiga mos qilib olinadi, lekin 100 mm dan yupqa bo'lmaydi; sirti naqshdor (bo'rtiq, taram-taram, chiziq-chiziq va xol-xol) bo'ladi. Bunday koshinlar tashqi devorlarning sirtiga qoplanadi;
arralangan toshlar – granit, ohaktosh, marmartoshlardan arralab olinadi: qalinligi 40-150 mm bo'ladi, sirti yaltiratilgan, jilvirlangan, arralab naqshlar solingan koshinlar tashqi devorlar sirtiga qoplanadi;
marmartosh va ohaktoshlardan tayyorlangan yupqa (qalin­ligi 6-20 mm) koshinlar ichki va tashqi devorlar sirtiga qop­lanadi;
zich jinslardan tayyorlangan tosh taxtalar faqat hashamat­li binolar uchun mo'ljallangan bo'lib, deraza tokchalariga ishlatiladi.
Tabiiy toshlardan tayyorlangan koshinlash buyumlari transport vositalariga mexanizmlar yordamida ortishga va tushirishga moslashtirilgan yashiklarda tashiladi. Sirti jilolangan detallar (koshinlar) yashiklarga juft-juft qilib, tik holatda joylanadi; bunda har bir juft koshinning jilolangan sirti bir-biriga qaratilgan va oralariga qog'oz qistirma qo'yilgan bo'lishi shart. Ular ponalar bilan mahkamlanishi lozim. Boshqa koshinlarni oralariga qistirmalar qo'yib va tikkasiga joylab, yashiksiz tashish va shu holatda saqlash mumkin; ohaktosh, marmartoshdan tayyorlangan plitalar yopiq omborlarda, nam ta'siridan himoyalangan holda saqlanishi lozim.
Tabiiy tosh materiallarining turli-tuman fizikaviy-mexanik xossalari ichida zichligi, siqilishga mustahkamlik chegarasi, sovuqqa chidamliligi ajratib koʼrsatiladi. Bu xossalarning qiymatiga koʼra materiallar sifati baholanadi va markalarga boʼlinadi.
Quruk holatdagi zichligi boʼyicha tosh materiallar ogʼir (1800 kg/m3 dan ortik) va yengil (1800 kg/m3 dan kam) materiallarga boʼlinadi.
Siqilishga mustahkamlik chegarasi boʼyicha quyidagi markalar belgilangan:: ogʼir tosh materiallari uchun - 10 dan 100 gacha, yengil tosh materiallari uchun esa - 1 dan 20 gacha.
Sovuqqa chidamlilik (Sch) darajasi boʼyicha tosh materiallar uchun 10 dan 500 gacha marka belgilangan.
Yoʼl qoplamalari, binolarning pollari uchun moʼljallangan materiallarga qoʼshimcha talablar quyiladi (ishkalanishga yuqori chidamlilik va boshqalar). Qoplama plitalar tayyorlanadigan tabiiy tosh uchun tashqi kurinishi, rangi va teksturasi (rasmi) katta ahamiyatga ega.
Qurilishda tabiiy tosh materiallari va buyumlarining quyidagi har xil turlaridan foydalaniladi: harsangtosh, devorbop toshlar va bloklar, qoplama tosh va plitalar, shagʼaltosh, graviy, qum va boshqalar.
Qurilishda xarsangtosh togʼ jinsining notoʼgʼri shakldagi boʼlaklari (qoʼporilgan xarsangtosh) yoki notoʼgʼri plitalar kurinishida ishlatiladi. Quporilgan xarsangtosh choʼkindi togʼ jinslaridan (ohaktosh, dalomit, kumishlar) portlatish usulida, plitalar esa qatlamli togʼ jinslaridan ponalar va urib harakatga keltiriladigan mexanizmlar yordamida qazib olinadi. Аlohida xarsangtoshlarning massasi 20-40 kg atrofida boʼladi.
Xarsangtosh isitilmaydigan binolar va inshootlarning poydevorlari hamda devorlarini, tirgak devorlar va boshqalarni kurish uchun material boʼlib xizmat kiladi. Xarsangtoshni tayyorlashda hosil boʼladigan chikindilar maydalanadi va betonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Devor toshlari va bloklari ohaktoshlardan, vulkan tuflaridan va zichligi 2200 kg/m3 gacha boʼlgan boshqa togʼ jinslaridan tayyorlanadi. Dastaki terish uchun moʼljallangan toshlar oʼlchami 390x190x190 mm, mexanizatsiyalashgan usulda kerish uchun moslangan yirik bloklarning oʼlchamlari esa jinsning mustahkamligi va kranlarning yuk koʼtarish kuvatiga asoslanib belgilanadi. Toshlar va bloklarning toʼgʼri geometrik shakli va talab etiladigan oʼlchamlari, odatda ularni toshtaroshlash mashinalar yordamida massivdan arralab olish yuli bilan hosil kilinadi: sindirib, donalab tayyorlangan toshlar kam ishlatiladi. Devor toshlari va bloklarining ustki yuzasi manzaralik talablariga javob berishi kerak.
Qoplama toshlar va plitalar tabiiy tosh bloklaridan arralab yoki sindirib, keyin mexanik ishlov berish yoʼli bilan tayyorlanadi. Tashqi yuzani qoplash uchun moʼljallangan togʼ jinslari yogʼin-sochinga chidamli boʼlishi, darz va yemirilish izlari boʼlmasligi, chiroyli va rangi oʼzgarmaydigan boʼlishi kerak. Bunday maqsadlar uchun granit, sienit, diorit, labradorit, kvartsit, zich oxaqtosh, tuf, qumtosh ishlatiladi. Ichki yuzani qoplash uchun ishlatiladigan togʼ jinslari chiroyli rangli boʼlishi va oson jilolanishi kerak. Bunday maqsadlarda koʼpincha marmartosh ishlatiladi.
Qoplama toshlar va plitalar arralangan va yoʼnilgan boʼladi. Аrralangan buyumlar yoʼnilgan buyumlarga nisbatan arzon va puxtaroq boʼladi, chunki togʼ jinslarini arralab mikrodarzlarsiz yupka buyumlar tayyorlash mumkin. Devorlarga qoplash va pol uchun moʼljallangan plitalar toʼgʼri burchakli shaklga va berilgan oʼlchamlarga ega boʼlishi kerak. Bundan tashkari, plitalarning ustki yuzasiga turli manzarali faktura beriladi.
Аdabiyotlar ruyxati:

1. V.K. Sinyakov, А.Yu.Nikolskiy, N.N.Frolov. Stroitelne material i rabot. Moskva, Stroyizdat, 1986.


2. E.Qosimov, T.Otakuziev. Mineral botlovchilar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar. Toshkent, Ukituvchi, 1984.
3. L.N.Popov. Qurilish materiallari va detallari. Toshkent, Oʼqituvchi, 1991.
4. G.Stupakov, L.Kondratgʼeva. Betonchilar uchun qoʼllanma. Toshkent, Mexnat. - 1988.
5. G.N.Gorchakov, Yu.M.Bajenov. Stroitelne material. Moskva, Stroyizdat, 1986.
Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish