7. Ipni egish.
8. Halqani tashlash.
Igna pastga harakatlanishda davom etadi (2.8, f-rasm). Yangi ip platina bilan igna ta’sirida egiladi va eski halqa yangi halqa ustiga tashlanadi. Eski halqani yangi halqa ustiga tashlash operatsiyasini yengillashtirish uchun kam eshilgan (krutka) kalava ip qo’llanilishi va iplar orasidagi ishqalanish koeffitsienti kamaytirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
9. Halqani shakllantirish.
Halqani shakllantirish operatsiyasida egilgan yangi halqa eski halqa orasidan tortib olinadi. Tortilish yangi halqaning ip uzunligini eski halqa ipi uzunligiga tenglashguncha davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |