16-rasm. Piltalab tandalash mashinasi barabanining umumiy ko’rinishi.
Piltalab tandalash mashinalarining texnik ko’ rsatkichlari
Ko‟rsatkichlar
|
Qiymati
|
SL-250-SH
|
SL-180-K2
|
Super- tronic (Bennin
ger)
|
T-2000 (SMH)
|
Mashinaning ishchi eni, mm
|
2500
|
1800
|
1800-
2200
|
1800-2400
|
Tandalash tezligi, m/min gacha
|
700
|
800
|
800
|
800
|
To‘quv g‘altagiga qaytadan
o‘rab olish, m/min gacha
|
200
|
120
|
300
|
300
|
Baraban konusining maksimal
burchagi, grad
|
26
|
26
|
20
|
140,9030I, 70
|
Pilta o‘lchamlari, mm gacha
-qalinligi;
-eni
|
190
420
|
200
420
|
250
hisob bo‘yicha
|
175-250-350
hisob bo‘yicha
|
Piltalar soni
|
6-30
|
6-30
|
hisob
bo‘yicha
|
hisob bo‘yicha
|
Barabanning 1 marta
aylanishida supporting siljish miqdori, mm
|
0,09-2,88
|
0,042-2,33
|
hisob bo‘yicha
|
hisob bo‘yicha
|
To‘quv g‘altagi gardishi
diametri, mm
|
800
|
800
|
1000
|
800, 1000
|
Tandalash mashinasining o‘lchami, mm
|
5400
3600
|
5000
3600
|
5680
3780
|
4670-7070
3980-4290
|
Elektr yuritgich quvvati, kVt
|
14
|
25
|
16
|
15
|
Piltalab tandalash jarayonida uskuna unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
Bо’laklab tandalash
Bо’laklab tandalash usulida tandadagi iplar teng bо’laklarga bо’linadi. Har bir bо’lak alohida ensiz tanda g’altagiga о’raladi. О’ralgan bо’laklardagi tanda ipining zichligi tо’quv dastgohidagi iplar zichligiga teng bо’ladi.
О’ram о’ralgan ensiz val bо’lak deb ataladi. Belgilangan bо’lak о’rab bо’lingandan sо’ng ularning hammasi tо’quv g’altagiga о’raladi. Mohiyati bо’yicha bо’laklab tandalash guruhlab va piltalab tandalashga о’xshash. Bu usul rangli iplarni tandalash uchun qulay, lekin uning unumdorligi past. Sanoatimizda bо’laklab tandalash deyarli qо’llanilmaydi.
Tandalash tezligi – 0–200 m/min Rom sig’imi – 60, 120, 180, 240
Rangli iplardan to’qima ishlab chiqarishda xom iplar ko’pincha tanda g’altagida bo’yaladi. Bo’yashni ta‘minlash uchun tanda g’altaklarini gpardishida shaxmat tartibida joylashgan teshiklar bo’ladi, bu teshiklardan bo’yash jarayonida bo’yoq o’tadi. Bo’yoq o’ram qatlamlariga oson kirishi uchun o’ram zichligi kam bo’ladi – 0,38 g/sm3. Bunday o’ram yumshoq o’ram deb ataladi. Yumshoq o’ram hosil qilish uchun Karl Mayer firmasi ―Warp Direct®‖ rusumli tandalash mashinasini taklif qildi.
18-rasm. Karl Mayer firmasining “Warp Direct®” rusumli tandalash mashinasi
Bu mashinalar pishitilgan iplarni bo‘yash uchun mo‘ljallangan tanda g‘altaklariga o’rtacha 200m/min tezlik bilan tandalaydi. Mazkur mashina elektron nazorat moslamalari va mikroprotsessor texnikasini bilan jihozlangan.
19-rasm. Bo’yash uchun mo’ljallangan tanda g’altaklari.
Piltalab tandalash mashinalarida iplarni emulsiyalash
Piltalab tandalash mashinalarida asosan jun, yarim jun va bo’yalgan paxta xom iplari emulsiyalanadi. Emulsiyalashdan maqsad iplarning ishqalanishga
chidamliligini oshirishdir. Iplar barabandan to’quv g’altagiga o’rash paytida emulsiyalovchi valga tegib o’tish hisobidan emulsiyalanadi.
4
20-rasm. Piltalab tandalash mashinasida iplarni emulsiyalashning
texnologik tasviri
Tanda iplari baraban 1 dan yechilib chiqib, pastki yo‘naltiruvchi val 2 orqali emulsiyalovchi val 3 yuzasiga tegib o‘tadi va to‘quv g‘altagi 4 ga o‘raladi.
Tekstima piltalab tandalash mashinasining emulsiyalovchi qurilmasi emulsiyalovchi val bilan jihozlangan tog’ora, emulsiyalovchi valning yuritmasi, tog’oradagi emulsiya sathi rostlagichi, emulsiyani tog’oraga yetkazib beruvchi quvurlar tizimi va ishlatib bo’lingan emulsiyani to’kib yuborish moslamalaridan iborat.
Emulsiya tayyorlash moslamasi uchta sig’imdan iborat. Ikkita mexanik aralashtiruvchilar bilan jihozlangan sig’imlarda emulsiya va antiseptik tayyorlanadi. Uchinchi sig’im tayyor eritmani taqsimlash uchun xizmat qiladi. Taqsimlovchi sig’imdan tayyor emulsiya quvur orqali tog’oraga oqib tushadi. Emulsiyalovchi val, tog’ora va emulsiya tayyorlash uskunalari zanglamaydigan temirdan tayyorlangan. Tanda iplariga berilayotgan emulsiya miqdori va ipning namligi, tog’oradagi emulsiya sathi va emulsiyalovchi valning aylanish tezligini o’zgartirish yo’li bilan rostlanadi.
Tog’oradagi emulsiya sathini elektrodlarni balandligini o’zgartirish, emulsiyalovchi valning tezligini esa zanjirli uzatmaning yulduzchasini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Emulsiyalash jarayonida emulsiyalovchi valning tezligi o’zgarmaydi, tanda iplarining tezligi esa to’quv g’altagidagi o’ram diametri ortgan sari ortib boradi. Natijada ipning uzunligi bo’yicha emulsiyalash miqdori notekis bo’ladi. Bu kamchilik SL-250-Sh piltalab tandalash mashinasi emulsiyalovchi moslamasini loyihalashda bartaraf etilgan. O‘ram diametrining baraban diametriga nisbatan ancha kichik bo‘lganligi uchun, tezlik sezilarli darajada o‘zgarmaydi.
Emulsiyalash jarayonida ipning yuzasidagi tolalarni o’zakka yopishish va tolalarning bir-biriga birikish kuchi ortishi, ip yuzasi tekislanishi natijasida ipning asosiy texnologik ko’rsatkichlari, ya‘ni uzilishdagi cho’zilishi va ishqalanishga chidamliligi ortadi.
Jun qayta ishlash korxonalarining tajribasidan ko’rinib turibdiki, emulsiyalangan sof jun xom iplarining uzilishdagi cho’zilishi 20-30% ga, yarim jun xom iplariniki esa 10-20% ga ortar ekan. Iplarning uzilish kuchi esa 4-5% ortar ekan. Iplarning uzilishdagi cho’zilishi ortishi to’quvchilik jarayoniga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi. To’quvchilik jarayonida emulsiyalanmagan iplarga nisbatan emulsiyalangan iplarning uzilishi 20-40 % kam, ohorlangan iplarning uzilishiga nisbatan 15-30% ortiq. To’quvchilik jarayonidagi emulsiyalangan iplarning uzilishi asosan yigirish nuqsonlari hisobidan bo’ladi.
Emulsiyalash jarayonini tadqiqot qilish natijalari shuni ko’rsatdiki, emulsiyalash tayyor to’qimada dog’ yoki yo’llar hosil qilmaydi va to’qimaning sifatiga salbiy ta‘sir ko’rsatmaydi. Jun xom ipini ohorlash o’rniga piltalab tandalash mashinasida emulsiyalash ishlov berish xarajatlarini kamaytiradi, uskuna va mehnat unumdorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |