6-bob. Yagona tizimning faoliyatini moliyalashtirish
25. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda davlat budjeti mablag‘lari, boshqa turdagi tashkilotlarda esa — ularning o‘z mablag‘lari yoki qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalar Yagona tizimning faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Yagona tizimning tuzilmalari rahbarlari taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishonchliligi, o‘z vaqtida taqdim etilishi va to‘liqligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1027/0498-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son
Do'stlaringiz bilan baham: |