Tabiiy suv manbasi boʻlib


Muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar



Download 0,68 Mb.
bet2/11
Sana20.05.2022
Hajmi0,68 Mb.
#605157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Daryolar

1. Muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar (Amudaryo, Zarafshon, So‘x, Isfayramsoy, Chu, Ili, Lepsa, Oqsuv). Bu daryolar Тyanshan, Pomir-Oloy tizmalaridagi muzlik va doimiy qorlardan suv oladi, ular yozda sersuv bo‘ladi.


2. Qor va muzliklarning erishidan to‘yinadigan daryolar (Sirdaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Qoradaryo). Bu daryolarning suvi, asosan, iyun, iyul oylarida ko‘payadi.


3. Doimiy va mavsumiy qorlarning erishidan to‘yinadigan daryolar (Ohangaron, Qashqadaryo). Bu daryolarning suv oladigan manbalari past tog‘larda bo‘lib, suvi bahorda ko‘payib, ba’zan toshadi, yozda esa sayozlanib qoladi.
Bu daryolar, asosan, kichik, sho‘x va kam suvli daryolar bo‘lib, bahorda, ayniqsa, jala tarzida yog‘adigan yomg‘irlar vaqtida juda sersuv bo‘ladi.

Yerosti suvlaridan to‘yinadigan daryo va soylar tog‘ etaklarida, adirlarda ko‘p uchraydi. Ayniqsa, ular Farg‘ona, Norin, Issiqko‘l vodiylari, Nurota, Zarafshon tog‘ etaklarida ko‘p.




Amudaryo — O‘rta Osiyoning eng sersuv daryosi. U Pomir tog‘laridan oqib tushuvchi Panj va Vaxsh daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Uzunligi 2540 km, suv to‘plash havzasining maydoni 309 ming km.kv. Amudaryo avvaliga chap tomondan Afg‘onistondan oqib keluvchi Qunduzdaryoni, o‘ng sohilda esa Kofirnihon va Surxondaryoni qo‘shib oladi. Xuddi ana shu o‘ng sohilda unga Sherobod daryosining suvi ham kelib qo‘shiladi. Shu yerdan to quyilish joyi — Orol dengiziga qadar (salkam 1500 km masofada) tekislikda, Qoraqum va Qizilqum cho‘llari orasidan keng o‘zanda oqib o‘tadi, bu qismida unga boshqa irmoqlar qo‘shilmaydi, balki, aksincha, uning suvi juda ko‘p miqdorda sug‘orishga, bug‘lanishga sarf bo‘lib, yerga shimilib, kamayib qoladi. O‘zbekiston va Тurkmanistonda Qoraqum kanali, Amu-Qarshi, Amu-Buxoro kanallari, Xorazm vohasi va Qoraqalpog‘istonda ko‘p kanallar qurilgan. Amudaryo suvi bilan bir necha million gektar yer sug‘oriladi.
Sirdaryo — O‘rta Osiyodagi eng uzun daryo (uzunligi 3019 km). Uning havzasi 219 ming km.kv. Markaziy Тyanshan tog‘laridan boshlanuvchi Norin daryosi Sirdaryoning bosh qismidir. Norin daryosi Namangan shahri yaqinida Farg‘ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Qoradaryo bilan qo‘shiladi va shu yerdan Sirdaryo nomini oladi. Farg‘ona vodiysidan chiqqach, daryo shimolga tomon oqa boshlaydi va shu yerda unga o‘ngdan Ohangaron, Chirchiq, Keles daryolari kelib qo‘shiladi. Sirdaryo shimolga tomon Qizilqumning chegarasi bo‘ylab oqib, Orol dengiziga borib quyiladi.

Sirdaryoning deyarli barcha irmoqlari, asosan, qor va muzliklardan suv oladi. Daryo suvining eng ko‘paygan vaqti iyunda bo‘lib, apreldan to avgustgacha unda suv ko‘p bo‘ladi.




Ili daryosi Sharqiy Тyanshan tog‘lari tugunidan boshlanuvchi Kunges va Xoliqtog‘dan boshlanuvchi Тekes daryolari qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Тekes bilan birga uzunligi 1384 km. Havzasining maydoni 154 ming km.kv. Ili, asosan, qor va muzliklardan suv olib, Balxash ko‘liga quyiladi. Daryoning Qopchig‘ay darasidan o‘tgan joyida to‘g‘on qurilib, Qopchig‘ay suv ombori bunyod etilgan. Daryodan ko‘plab sug‘orish kanallari chiqarilgan.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish