51-modda. Oqova suvlar bilan sug‘orish
(51-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqova suvlar bilan sug‘orish davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining ruxsati bilan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(51-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat, kommunal korxonalari va boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar tuproq unumdorligiga va yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga zararli ta’sir qiluvchi suvlarni qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun berishlari taqiqlanadi.
(51-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
52-modda. O‘rmonlar, daraxtzorlar va ko‘chatzorlar bilan band bo‘lgan yerlarni sug‘orish
Ushbu Qonunning 47, 50-moddalari va 51-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan qoidalar o‘rmonlar, daraxtzorlar va ko‘chatzorlar bilan band bo‘lgan yerlarni sug‘orishga ham tatbiq qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
53-modda. Jamoa bog‘lari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suv obyektlaridan foydalanish
Jamoa bog‘lari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini suv bilan ta’minlash suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnoma asosida suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolarning ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suv resurslarini ajratish suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining suv olish limitlarida nazarda tutiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning ekinzorlarni va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvga bo‘lgan ehtiyojlarini umumlashtiradi, suv iste’moli to‘g‘risida shartnomalar tuzadi va ular o‘rtasida suvni iste’mol qilish tartibini belgilaydi, shuningdek sug‘orish tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlarini tashkil etadi.
(53-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |