Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]


-modda. Suv obyektlarini tanho foydalanishga berish tartibi



Download 395,5 Kb.
bet15/54
Sana03.06.2022
Hajmi395,5 Kb.
#633086
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
SUV VA SUVDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA 837-XII 06.05.1993

26-modda. Suv obyektlarini tanho foydalanishga berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suv obyektlari tanho foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud tegishli vakolatga ega davlat organi tomonidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda batamom yoki qisman beriladi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suv obyektlari tanho foydalanish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish ruxsatnomasi albatta rasmiylashtirilgan holda beriladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma yer usti suvlari bo‘yicha — suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, yer osti suvlari bo‘yicha — geologiya va mineral resurslar organlari tomonidan beriladi.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Sun’iy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan;
irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — viloyat yoki tumanlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan;
suv iste’molchilari uyushmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — tuman ahamiyatiga molik suv obyektlaridan tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari tomonidan;
o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan zonada joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hamda boshqa suv iste’molchilariga — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan kelishilgan holda suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan beriladi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)

Download 395,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish