Bog'liq SUV VA SUVDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA 837-XII 06.05.1993
50-modda. Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilar ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
suv resurslarini samarali boshqarishi, limitdan ortiqcha suv olinishiga va suvdan maqsadsiz foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
belgilangan tartibda yangi suv obyektlari qurilishini va ishlab turganlari rekonstruksiya qilinishini, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning kompleks rekonstruksiya qilinishini tashkil etishi;
suvni tejaydigan texnologiyalarni va ilg‘or sug‘orish texnikasini joriy etish orqali sug‘orish vositalari va usullarini takomillashtirishda suv iste’molchilariga ko‘maklashishi;
qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarning monitoringi asosida salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishi shart.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda) Oldingi tahrirga qarang. 501-modda. Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv resurslaridan foydalanuvchi suv iste’molchilarining majburiyatlari Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv resurslaridan foydalanuvchi suv iste’molchilari ushbu Qonunning 351-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
qishloq xo‘jaligi ekinlari va dov-daraxtlarini sug‘orish, shuningdek yaylovlarga suv chiqarishning qulay rejimini saqlashi;
suvni tejaydigan texnologiyalarni va ilg‘or sug‘orish texnikasini joriy etish orqali sug‘orish vositalari va usullarini takomillashtirishi;
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga ishlab chiqilgan va joriy etilgan suvni tejovchi texnologiyalarning kamida besh yil qo‘llanilishini ta’minlashi;
(501-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. suvni tejash imkonini beradigan agrotexnika tadbirlarini, shu jumladan yerlarning sho‘rini yuvishda lazerli uskuna yoki uzun bazali yer tekislagichlar yordamida har uch yilda kamida bir marta tekislashni amalga oshirishi;
(501-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi) tuproq unumdorligini saqlash imkonini beradigan melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishi;
sug‘orish uchun berilgan suvlarning kollektor-drenaj tarmog‘iga va boshqa suv obyektlariga oqizib yuborilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
Oldingi tahrirga qarang. suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklashda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etishi shart.
(501-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang.