Tabiiy resurlardan oqilona foydalanish xozirgi zamon muammolari Kirish


Yer, suv resurslari va ulardan foydalanish muammolari



Download 176,5 Kb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi176,5 Kb.
#231433
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tabiiy resurslar (2)

Yer, suv resurslari va ulardan foydalanish muammolari.

Insoniyatning yer resurslari bilan ta'minlanganlik darajasi jahon yer resurslari bilan belgilanadi. Jahon yer resurslari 13,4 mlrd gektarni tashkil etadi. Ishlov beriladigan yerlar eng qimmatbaho yer hisoblanadi, bunday yerlar insoniyatga zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini beradi.O'tloq va yaylov yerlarning ham ahamiyati katta. Ular insoniyat istemol qiladigan oziq- ovqatning 10 foizini beradi.Biroq sayyoramiz yer fondining tarkibi o'zgarib turadi. Yer fondi tarkibiga bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikki jarayon to'xtovsiz ta'sir ko'rsatadi.

Bir tomondan insoniyat minglab yillar davomida yashash va qishloq xo'jaligida foydalanishga qulay bo'lgan yerlarni kengaytirish uchun zo'r berib kurashib keladi. Bunda qo'riq yerlarni katta ko'lamda o'zlashtirilganligi jihatidan Rossiya, Qozog'iston, AQSH, Kanada, Xitoy, Braziliya alohida ajralib turadi.

Lekin yeri kichik, aholisi zich o'rnashgan mamlakatlar dengizlarning qirg'oq bo'yi qismlarini jadal o'zlashtiryapti.

Ikkinchi tomondan yerlar to'xtovsiz oriqlab boryapti. Yerlarning botqoqlanishi va sho'r bosishi natijasida 1,5 mln gektar yer ishdan chiqyapti. Shaharlar o'sib borgan sari turar joy, sanoat va transport qurilishlari ham qishloq xo'jaligi yerlariga tobora jadal kirib bormoqda. Jahonning qurg'oqchil o'lkalarida sodir bo'layotgan cho'llashish jarayoni qishloq xo'jaligi yerlarini kamaytirib boryapti.

Cho'llashish hozirning o'zidayoq 900 mln gektarni “yutib” yubordi. Va yana o'nlab, mamlakatlarda xavf solyapti. Sahroi Kabir, Atakama, Namib va boshqa cho'llar kengayib boryapti. Olimlarning hisoblariga qaraganda, kelgusi 30 yil davomida G'arbiy Yevropaning yarmiga teng keladigan yerlari ishdan chiqayapdi. Bu jarayonlar natijasida yerga tushayotgan tazyiq to'xtovsiz ortib boryapti, yer resurslari bilan taominlanganlik darajasi esa kamib ketayapti.

Noosfera - aql zakovati sferasi odamlarning xo'jalik faoliyati geografik muhitga tabiatning o'zida ro'y beruvchi geologik jarayonlardan kam ta'sir ko'rsatyapti, deb yozgan edi Vernadskiy (1863-1905). O'shandan beri jamiyat bilan tabiat o'rtasidagi “moda almashinuvi” ko'plab marta o'sib, global miqyoslarga yetdi, biroq tabiatni “zabt etar” ekanlar, odamlar o'z hayot faoliyatlarining asosiga juda katta zarar yetkazdilar. Atrof-muhit holati yomonlashdi. Bu holatni tasvirlab fransuz okeanshunosi Jak Iv Kusto “ilgari tabiat insonni qo'rqitar edi, endi inson tabiatni qo'rqitmoqda” deb yozgan edi. Yer yuzining qancha mamlakat va rayonlarida ekologik vaziyat juda taranglashib ketib ekologik tanazzul darajasiga yetdi. Hozirgi vaqtda bu muammoni yechish uchun tobora ko'p davlatlar o'z kuch va imkoniyatlarini birlashtirmoqdalar.

Suv resurslari, chuchuk suv maummosi. Yaqindagina suv ham havo kabi tabiatning tekin inomlaridan biri hisoblanar edi. Faqat obikor dehqonchilik joylardagina suv hamma vaqt yuqori baholanib kelingan. Keyingi vaqtlarda quruqlikdagi suv resurslariga munosabat o'zgardi. Bunga sabab shuki, chuchuk suv resurslari gidrosfera umumiy hajmining 2,5 foizini tashkil etadi. Buning ustiga, chuchuk suvning asosiy qismi Antarktida, Grenlandiya muzliklariga, Arktika muzlari, tog' muzliklariga jamlab qo'yilgan, hozircha ulardan amalda foydalanib bo'lmaydi.

Muammo shundaki, insoniyatning chuchuk suvga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaydigan manba daryolar bo'lib uning miqdori bor-o'g'i 47 ming km.kubga teng. Chuchuk suvni ishlatish tobora ortib bormoqda, 2000 yilga borib yiliga 5 ming km.kubdan oshib ketdi. 1980 yilda 3,5 ming km.kub edi. Shu bilan birga suv eng ko'p qishloq xo'jaligida sarf bo'ladi. Qishloq xo'jaligida ayniqsa obikor dehqonchilikda ishlatilgan suv resurslari asosiy o'rniga qaytmaydi. Daryolar suv resurslari o'zgarmagan holda suvdan foydalanishning bunday o'sib borish tanqisligi yuzaga kelishi xavfini vujudga keltiradi.

Yer yuzida chuchuk suv notekis taqsimlangan. Ekvatorial mintaqa va mo'tadilning shimoliy qismida chuchuk suv yetarli va hatto ortiqcha ham. Bu joylarda suvga eng serob mamlakatlar joylashgan. Ularda aholi jon boshiga yiliga 25000 km.kubdan ortiq suv to'g'ri keladi. Quruqlikning 1/3 qismini tashkil etgan qurg'oqchil mintaqalarida suv tanqisligi juda keskin seziladi. Bu yerda suvga kambag'al mamlakatlar joylashgan. Ulardan kishi boshiga 5 ming m.kubdan kam suv to'g'ri keladi. Insoniyatning suv muammosini yechishning bir necha yo'llari mavjud. Bu yo'llardan asosiysi aftidan ishlab chiqarish jarayonlarining suvga nisbatan talabini kamaytirish va suv isrofgarchiligini qisartirishdir. Daryolar oqimini boshqaradigan suv omborlarini qurish katta ahamiyati kasb etadi. Jahonda hammasi bo'lib, umumiy suv hajmi 6,5 ming km.kub bo'lgan 30 mingdan ortiq suv ombori bunyod etilgan. Bunga suv yer kurrasi daryolarida bir vaqtda mavjud bo'lgan 3,5 barobar ko'pdir. Bu suv omborlarining umumiy maydoni 400 ming km.kv dan ortiq yoki Azov dengizi maydonidan 10 barobar katta. Katta suv omborlarining ko'pligi bilan AQSH va Rossiya alohida ajralib turadi.

AQSH, Kanada, Avstraliya, Hindiston, Xitoy, Misr va MDHga kirgan mamlakatlarda suvni hududlarda katta taqsimlash ishlari amalga oshirilgan. Biroq keyingi paytlarda bir daryo xavzasidan boshqa daryo xavzasiga oqizish yuzasidan tuzilgan yirik loyihalar iqtisodiy va tabiiy muhofazasi mulohazalari sababli bekor qilindi. Fors qo'ltig'i, O rta dengiz bo'ylaridagi mamlakatlarda, Turkmanistonda, Kaspiy dengizida, AQSHning janubida, Yaponiyada, Karip dengizi orollarida dengiz suvini chuchitish amlga oshirilyapti, dunyo bo'yicha Quvaytda eng ko'p suv chuchitiladi. Chuchuk suv endilikda jahon bozorida sotiladigan tovarga aylanib qoldi. Chuchuk suv dengiz kemalarida tashiladi. Uzoqqa cho'zilgan quvurlar orqali yuboriladi.

Ma'lumki, daryo suvidan elektr energiya olishda foydalaniladi. Jahonning foydalanish mumkin bo'lgan gidroenergetika zaxirasi 10 trln kvt.st elektr- energiyasi olish mumkin deb hisoblanadi. Bu gidroenergetika zahirasining 1/2 qismiga yaqini, 6 ta mamlakatga to'g'ri keladi. Bular: Xitoy, Rossiya, AQSH, Zair, Kanada, Barziliya.

Xulosa



Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, maktab geografiya ta'limida otiladigan barcha mavzularning oziga xos jihatlari va ahamiyati bor. Maktablarda boshlang’ich geografiya, tabiiy geografiya ta'limidan so'ng iqtisodiy ijtimoiy geografiyaning tarmoqlari bo'yicha bilim beriladi. O'qitiladigan mavzular darsdan darsga o'tgan sari murakkablashib va dolzarblashib boradi. Hozirgi zamon taraqqiyoti, fani rivojlanib borayotgan bir paytda maktablarda o'ziga xos ta'lim jarayonini tashkil etish, o quvchining bilim olishi uchun turli vositalardan foydalanishga orgatish muhim masaladir.

Tabiiy resurslar tabiiy sharoitlardan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi va foydalanilishi mumkin emas. Tabiiy sharoit juda keng tushuncha bo‘lib, tabiatning barcha tomonlarini ishg‘ol etadi. Tabiatning organizmlari, jismlari va hodisalarining majmuasi bo‘lgan tabiiy sharoitlar jamiyat hayoti va xo'jalik faoliyati uchun ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning muayyan bosqichida muhim bo‘lgan, ammo kishilaring moddiy, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatida bevosita ishtirok etmaydigan jismlardir. Muayyan turdagi resurslaring vujudga kelishi bevosita tabiiy sharoitlarga bog‘liq.Tabiiy resurslar tabiatning ijtimoiy ahamiyatini va foydali tomonlarini, inson foydalana oladigan xususiyatlarini namoyon qiladi. Atrof tabiiy muhitni va uning tabiiy resurslarini muhofaza qilish muammolari bilan bog‘liq holda ulardan foydalanish jarayonida tugab qolishi va tiklanishi darajasiga ko‘ra tasniflash ekologik tasnif deb nom olgan. Tabiiy zahiralarining miqdor ko‘rsatkichlariga hamda xo‘jalikda foydalanish sajiyasiga bog‘liq holda tabiiy resurslar tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslarga, to‘gaydigan tabiiy resurslar esa o‘z navbatida tabiiy xossalariga ko‘ra tiklanadigan va tiklanmaydigan turlarga ajratiladi.

Tugamaydigan resurslar (Qquyjsh energiyasi, shamol energiyasi, dengiz suvlari qalqishning energiyasi va b.) amalda cheklanmagan bo‘lib, tashqaridan to‘xtovsiz to‘ldirilib turiladigan va inson tomonidan qayta tiklashni talab qilmaydigan resurslardir.Suv va atmosfera havosi ham tabiiy jismlar sifatida tugamaydigan resurslardir. Ammo inson faoliyati ta’siri tufayli ularning sifat jihatidan yomonlashuviga yo‘l qo‘uymasligi lozim. Tiklanmaydigan tabiiy resurslarni asosan mineral resurslar hosil qiladi.

Yer resurslari” tushunchasi turli mazmunda qo‘llaniladi: ba’zan tuproq resurslari, ba’zan ekinzorlarning turli xillari ham yer resurslari sifatida qaraladi.

  1. G. Isachenkoning (1992) fikricha, yer resurslari Yer yuzasi yoki hududiy resurlar sifatida qaralmog‘i lozim. Chunki tiklanmaydigan xossalarga ega bo‘lgan

Yer yuzasi yoki hudud ishlab chiqarish jarayoniga bevosita jalb qilinmaydi va shu sababli tabiiy resurslar tushunchasining qoidasiga to‘g‘ri kelmaydi, ammo ishlab chiqarishning hududiy yoki tayanch asosi bo‘lib xizmat qiladi.


Download 176,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish