Dunyoning tabiiy resurslari va ulardan foydalanish
XX asrda jamiyat bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sirda sifat jihatdan yangi bosqich boshlandi. Jamiyatning tabiatga “tazyiqi” kuchaydi. Tabiiy landshaftlarning antropogen landshaftlarga - shahar, tog'sanoati, qishloq xo'jaligi, o'rmon xo'jaligi, rekreasion landshaftlarga aylanish nihoyatda tezlashib ketadi, yangi hududlarga aylandi. Tabiiy resurslarni mavjudligi uzoq davrni o'z ichiga olsada jamiyat tabiatdan tobora ko'proq resurslarni oladigan va shu bilan bir vaqtda tabiatda o'z faoliyatini tobora ko'proq chiqindilari chiqarib tashlaydigan bo'lib qoldi. Shunga qaramasdan geografik muhitni inson tomonidan qanchalik darajada o'zgartirilganligi masalasi hozirgacha munozarali masala bo'lib qolmoqda. Bu masalani akademiklardan A.A.Grigorev (1883-1968) I.P.Gerasimov (1905-1985) va boshqa ko'pgina olimlar o'rganishgan. Bir guruh olimlar yerning barcha yoki deyarli barcha tabiiy landshaftlari hozirgi davrda antropogen landshaftlarga aylangan deb hisoblaydilar. Boshqa olimlar esa tabiiy muhitga bu jihatdan baho berishda ancha ehtiyotkorona yondashishadilar.
Geograf olimlarning hisob kitoblariga ko ra hozirgi vaqtda antropogen landshaftlar butun quruqlikning 60 foizdan ortiqroq qismini egallagan. Shu jumladan quruqlikning taxminan 20 foizi tabiiy landshaftlari butunlay o'zgargan: bular shahar va qishloqlar, ekinzor va bog'lar, yo'llar, konlar, ekilgan urmonlar va boshqalar.Jamiyat tabiatdan tobora ko'proq resurslarni oladigan va shu bilan bir vaqtda tabiatda o'z faoliyatini tobora ko'proq chiqindilari chiqarib tashlaydigan bo'lib qoldi. Shu yo'l bilan bir-biriga bog'langan ikkita muammo:
Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish.
Atrof-muhitni ifloslanishidan muhofaza qilish mua.mmo1a.ri kelib chiqdi. Bu muammolar o'zaro bog'liq bo'lib, birgalikda hal qilishni talab etadi. Jamiyat hayotida resurslarni roli katta rol o'ynaydi. Ularning inson hayotidagi ahamiyati turlicha. Eng muhim resurs kislorod bo' lsa, bugungi kunda uran ham kislorod kabi katta ahamiyat kasb etadji. Bu resurslar moddiy ishlab chiqarishning turli sohalarida qo'llanilmoqda. Ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb qilingan xom ashyolar iqtisodiy resurslarga aylanib bormoqda. Bugungi kunda sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo tayyor mahsulot tajriba natijalari narxini 75 foiziga yaqinini tashkil qilmoqda. Tabiiy resurslarni joylanishi notekis ajralib turadi. Bunga sabab yer yuzasidagi tektonik va geologik jarayonlardir. Buning natijasida faqat ayrim mamlakatlar emas, balki butun regionlar ham resurslarining oz-ko'pligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Masalan, Yaqin Sharq mamlakatlarida neft va gaz And davlatlarida mis va polimetal rudalar, shimoldagi mamlakatlarda esa o'rmon resurslarini ko'pligi harakterlidir. Yirik mamlakatlarda deyarli barcha turdagi foydali qazilmalar uchrasa, Gabonda marganes, Quvaytda neft, Marokkoda fosforit, Yaponiyada oltingugurt va pirit moddalar ko'plab uchraydi. Resurslar bilan ta’minlanganlik deganda tabiiy resurslar miqdori bilan ulardan foydalanish miqdori o'rtasidagi nisbat tushuniladi. U mazkur resurs yetadigan yillar soni bilan yoki resurslarni aholi jon boshiga to'g'ri keladigan miqdori bilan ifodalanadi.Albatta resurslarni axoli jon boshiga to'g'ri keladigan miqdori bilan ifodalanadi. Albatta resurslarga boy yoki kambag'alligiga bog'liq. Lekin resurslar bilan taominlanganlik, shuningdek ulardan foydalanish ko'lamiga ham bog'liq bo'lganligi sababli bu tushncha bo'lmay, sosial-iqtisodiy tushunchalardir. Olimlarning hisoblariga kora mineral yoqilg'ining jahondagi umumiy biologik zaxhirasi 12,5 trillion tonna shartli yoqilg'idan ortiq. Bu hozirgi darajada qazib olinadigan bo'lsa, mineral yoqilg'i ming yildan ortiq vaqtga yetadi. Biroq qazib olinishi mumkin bo'lgan zaxirani va yoqilg'i isteomolining oshib borishini hisobga oladigan bo'lsak, bu muddat bir necha barobar qisqaradi.
Ma'lumki, uzoq kelajakda mo'ljallangan ta'minlanganlik darajasi tabiiy resurslarning qaysi turiga, ya'ni tugaydigan yoki tugamaydigan turiga kirishiga ham bog'liq. Tabiiy resurslar ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishdagi muhim omildir. Fan-texnika taraqqiyoti davrida tabiatga va uning ne'matlariga ta'sir ko'rsatish ortib bormoqda. Yerlarni o'zlashtirish yer osti boyliklarini qidirib topish va ishga tushirish, suv, tuproq, o'simlik, hayvon resurslaridan foydalanish ko' lami kengaymoqda.
Kishilar qadim zamonlardanoq mineral resurslardan ba'zi birlarini ishlatishni o'rganib olishgan. Bu hol inson madaniy taraqqiyoti davrlarining turli nolari “chunonchi tosh asri”, “bronza asri”, “temir asri” kabi nomlar bilan atalishida o'z aksini topgan. Bizning davrimizda mineral resurslarning 200 dan ortiq turidan foydalaniladi. Akademik A.Ye.Fersman (1883-1945) ta'biri bilan aytganda hozirgi vaqtda insoniyat butun Mendeleev davriy sistemasi muhayyo bo'lgan shu bilan birga yer po'stini kishilarning istagiga qarab yer bag'ri durdonalarini istalgan miqdorda yetkazib beriladigan sehrli xazina deb qaramaslik kerak. Bunga sabab birinchidan deyarli barcha mineral resurslar tiklanmaydigan resurslar turiga kiradi. Ikkinchidan, resurslar ayrim xilarining jahondagi zahirasi bir xil emas.
Foydali qazilmalar ayrim turlarini umumjahon zahirasi
Foydali qazilmalar
|
O' lchov birligi
|
Umumiy geologik zahirasi
|
Shu jumladan,
tekshirilgan
zahirasi
|
1. Ko'mir
|
mlrd t
|
14800
|
1200
|
2. Neft
|
mlrd t
|
400
|
150
|
3. Tabiiy gaz
|
trln m.kub
|
320
|
185
|
4. Temir rudasi
|
mlrd t
|
400
|
1500
|
Nihoyat uchinchidan, insoniyatning “ishtahasi” to'xtovsiz oshib boradi. Sizga ma'lumki, yer po'stida foydali qazilmalarning joylashishi geologik qonuniyatlarga bo'ysunadi. Yoqilg'i foydali qazilmalari kelib chiqishiga kora cho'kindi bo'lib qadimgi platformalarning ustini qoplagan jinslar orasida hamda ichki va chekkadagi bukilma botiqlarga joylshgan bo'ladi.
Yer kurrasida 3,6 mingdan ortiq ko'mir xavzalari va konlar bo'lib, ular birgalikda quruqlik maydonining 15 foizini tashkil etadi. Bir xil geologik yoshga ega bo'lgan ko'mir xavzalari ko'pincha minglab km ga cho'zilib ketgan ko'mirli mintaqalarni hosil qiladi. Asosiy ko'mir zahiralari Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropada bo'lib, o'nta yirik havzaga to'langan.Yer yuzida ko'mir zahirasi neft zahiralariga qaraganda ancha ko'p. Bu zahiralar 15-16 trln. tonnaga mo'ljallangan. Ko'mir zahiralari va uni qazib chiqarish jihatdan rivojlangan mamlakatlar ajralib turadi. Qazib chiqarilayotgan ko'mirning deyarli 90 foizi yana shu mamlakatlarga to'g'ri keladi. Lekin ko'mir qazib chiqarishda bu mamlakatlar keyingi yillarda rivojlanishga erishgani yo'q (AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya ). Urushdan keyingi yillarda ko'mir qazib chiqarish geografiyasi o'zgardi.Toshko'mirning eng ko'p miqdori MDH va XXR, Polpsha, qo'ng'ir ko'mir esa Germaniyada va MDH da qazib chiqarilmoqda.
Olti yuzdan ortiq neft gazli xavzalar o'rganilgan. Ulardan 450 sida neft gaz qazib olinadi. Konlarning umumiy soni 35 mingtaga yetadi. Ularning asosiy zaxiralari Shimoliy yarim sharda bo'lib, mezozoy yotqiziqlari orasida joylashgan. Neft gaz zahiralarning asosiy qismi uncha ko'p bo'lmagan eng yirik havzalarda to'plangan. Neftning butun jahondagi zaxirasi 300-400 mlrd t. deb belgilangan. Tekshirilgan zahirasi 60-70 mlrd t. Ayniqsa, Rossiyada Yaqin va O'rta Sharqda joylashgan. Dunyo neft qazib chiqarish sanoatining joylashuviga xos xususiyatlari shundan iboratki, butun qazib olinayotgan neftning deyarli asosiy qismi shu mamlakatlar hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlardan faqat AQSH va Kanadadagidan ko'p miqdorda neft qazib chiqariladi. G'arbiy Yefropa va Yaponiya neftni import qilishga ayniqsa qaram. Bu mamlakatlar o'zlarida qazib chiqarilayotgan neft bilan o'z ehtiyojlarini o'zida oz qisminigina qondira oladi.
Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari qazib chiqarilayotgan neftni G'rbiy Yevropaga eksport qiladi. Rivojlangan mamlakatlar neft sanoatida Amerikaning “standart oil” va Angliya Gollandiyaning “Royyal datch-Shell” kabi yirik monopoliyalari hukmronlik qilmoqda. Amerika monopoliyalari dunyoda qazib chiqarilayotgan neftni deyarli 65 foizini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |