Fan
|
Geografiya
|
Sinf
|
9
|
Chorak
|
2
|
Bo'lim
|
||. O'zbekiston tabiiy geografiyasi.
|
Dars raqami
|
58
|
Dars mavzusi
|
Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi
|
Metodist
|
Abdullayev Ismoiljon Qurbonali o'g'li
|
Telefon
|
+998931000407
|
Konspekt(matn)
|
Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi Zarafshon daryosining quyi qismiga tog'ri keladi. O'lkada ikkita vohani o'z ichiga oladi: Buhoro va Qorako'l. Okrug sharqda 8-10 km li Xazar yo'lagi orqali Yuqori Zarafshon okrugidan ajiralib turadi. Okrug asosan shimol va g'arbdan Qizilqum okrugi bilan, janubiy g'arbdan Turkmaniston Respublikasi orqali Sandiqli cho'li ajiratib turadi, sharqdan esa Qashqadaryo okrugi bilan chegaradosh.
Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi xaritasi. [1 - rasm]
|
Quyi Zarafshon okrugi asosan botiqda joylashgan. Hududda paleozoy, mezazoy va kaynazoy eralarining yotqiziqlari uchraydi, jo'kindi jinslar, mergel, qumtosh va ohaktoshlar yer usti qatlamimi qamrab olgan. Okrugda bundan tashqari neogen va paleogen yotqiziqlar ko'p uchraydi; qumtosh, gil va cho'kindi jinslar shular jumlasidan. O'lkada bundan tashqari eski daryo o'zanlari ko'plab uchraydi, bundan ko'rinib turibdiki bu hududlarda daryolar qalin joylashgan.Okrugada dengiz bosgan davrda jo'kindi jinslar to'planib qolgan. Shuning uchun ham okrug neft va tabiiy gazga boy.
|
Qumtosh [2-rasm]
Okrug relefi asosan sharqda g'arbga qarab pasayib boradi o'lkaning o'rtacha balanligi 200 metrni tashkil etadi. Okrugda Qiziltepa(362 m), Quyimozor(216 m) va Qumsulton tepaliklari bor. Hudud faqatgina janubiy g'arbda Sandiqli cho'li mavjud. Bundan tashqari Eshakchi qumligi hududni katta qismini egallaydi.
Qumli cho'llar. [ 3-rasm]
|
Okrug iqlimi qishi qisqa va beqaror yozi esa seroftob, jazirama bilan tavsiflanadi. Okrug shimoli ochiq bo'lganligi sababli kelayotgan sovuq oqim sababli havo harorati 0⁰ ga tushib ketadi. Okrugda ikkita yani Buhoro va Qorako'l vohalari mavjud. Buhoro vohasining uzunligi 102 km atrofida kengligi 50-70 km, mutloq balandligi 200-250 m, janubi g'arbga qarab biroz nishab tekislik hisoblanadi. Bu yerda Zarafshon daryosining to'rtta qayiri joylashgan. Birinchi qayir daryoning har ikki qismida joylashgan, balandligi 1-1.5 m kengligi 1.5- 2km ni tashkil etadi.
Ikkinchi voha Qorako'l vohasi uzunligi 100 km, kengligi 50 km. Yer yuzasi tekis bo'lib, janubi g'arbga Amudaryo vodiysiga qarab nishablashib boradi. Mutlaq balandligi 200 m, markaziy qusmida 180 m, Amudaryo vodiysiga yaqin joyda 178 mni tashkil qiladi.
O'lkada yog'in miqdori past, asosan yog'in qish oylariga to'g'ri keladi. Yoz oylarining o'rtacha harorati +28 + 29⁰C , qishda esa +0.4 +1.5⁰C ni tashkil etadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |