MAVZU: Huquqiy tarbiyaning asosiy yo`nalishlari
Reja:
Kirish
I.BOB.HUQUQIY TA'LIMNI TA'RBIYADAN AJIRATIB BO'LMAYDI.
I.1Huquqiy tarbiya va ta'lim mohiyat haqida.
I.2 Huquqiy tarbiya berishning' zarurligi va dolzarbligi haqida.
II.BOB.HUQUQIY TA'LIM-TARBIYA BERISH HAQIDA.
II.1Huquqiy tarbiyaning amaliyotda qo'llanilishi.
II.2Huquqiy tarbiya berish jarayoni haqida.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mavzuning dolzarbligi Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq kuchli demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalasi birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asosiy vazifa etib belgilab berildi. O’tgan yigirma yildan ziyod vaqt davomida yurtimizda huquqiy davlat qurish yo’lida muayyan natijalarga erishilganini e’tirof etgan holda, bu borada hali oldimizda juda ko’p ishlar turganini ham qayd etish joiz.
Davlatimiz rahbari bu yo’lda qo’yilgan dastlabki qadamlarga to’xtalar ekan, “Biz, eng avvalo, huquqiy asosni tayyorladik. Jamiyatimizning asosiy aqidalari, uning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy yo’nalishlari belgilab berilgan Konstitutsiyamiz ham ana shu asosga qurilgan. Biz qonunchilik bazasini barpo etib, butun davlat tuzilmasini o’zgartirdik” deb qayd etadi.
Biz qachonki “demokratik davlat” degan iborani aytadigan bo’lsak, albatta, “huquqiy” degan so’zni ham qo’shib ishlatamiz. Bugungi kunda xalqimizning siyosiy ongi oshishi bilan “huquq” degan so’z va unga bog’liq bo’lgan “huquqiy davlat”, “huquqiy ong”, “huquqiy madaniyat”, “inson huquqlari madaniyati” kabi istiqlol davri uchun yangilik bo’lgan muhim tushunchalar o’zida ifoda qiladigan maqsadni teran anglash, bu tushunchalarning mohiyatiga yanada chuqur yetib borish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumki, huquq – davlat irodasini ifodalaydigan va uni kuch bilan himoya qiladigan umumiy majburiy normalar majmui (tizimi). Huquq avvalo fe’latvor normalari yoki qoidalari majmuasi, aniqroq qilib aytganda tuzilmasidir. SHu ma’noda, huquq erkinlik me’yorini belgilab yoki
chegaralab, majburiyat yuklab va aniqlab, kishilar faoliyatini ijobiy yo’naltirish uchun ularning fe’l-atvoriga faol ta’sir ko’rsatadi.
Kurs ishining maqsadi: Yosh avlodning huquqiy ta'lim va ongini shakllantirishda fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismilarini o’rganish.
Kurs ishining ob'yekti- Yosh avlodning huquqiy ta'lim ta'rbiya, ongini shakllantirishda fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismilarini organish jarayoni
Ishning predmeti- Yosh avlodning huquqiy tarbiya va ongini shakllantirishda fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismilarini organish mazmuni, shakl va usullari
Tadqiqotning vazifalari:
-Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
- Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish;
Kirish
Yangi pеdаgоgik tехnоlоgiya tа’lim-tаrbiya jаrаyonini lоyihаlаshtirishgа eskichа yondоshish mumkin emаsligini bildirаdi.
Bundа pеdаgоgik tехnоlоgiya tа’lim-tаrbiya jаrаyoni uchun lоyihаlаnаdi vа bеlgilаngаn mаqsаdni еchishgа qаrаtilаdi. Ya’ni hаr bir jаmiyat shахsni shаkllаntirish mаqsаdini аniq bеlgilаb bеrаdi vа shungа mоs hоldа mа’lum pеdаgоgik tizim mаvjud bo‘lаdi. Bu tizimgа uzluksiz rаvishdа ijtimоiy buyurtmа o‘z tа’sirini o‘tkаzаdi vа tа’lim-tаrbiya mаqsаdini umumiy hоldа bеlgilаb bеrаdi. "Mаqsаd" esа pеdаgоgik tizimning qоlgаn elеmеntlаrini o‘z nаvbаtidа yangilаsh zаrurаtini kеltirib chiqаrаdi.
Kаdrlаr tаyyorlаshning milliy dаsturida tа’lim-tаrbiyaning mаqsаdi yangicha: "o‘tmishdаn qоlgаn mаfkurаviy qаrаshlаr vа sаrqitdаn to‘lа хаlоs etish, rivоjlаngаn dеmоkrаtik dаvlаtlаr dаrаjаsidа yuksаk mа’nаviy vа ахlоqiy tаlаblаrgа jаvоb bеrаdigаn yuqоri mаlаkаli kаdrlаr tаyyorlаsh" dеb bеlgilаndi. Dеmаk, tа’lim-tаrbiyaning mаqsаdi butunlаy yangilаndi, ungа mоs hоldа mаzmunning hаm, pеdаgоgik jаrаyonning hаm yangilаnishi tаbiiydir.
Shuningdеk, fаn vа tехnikаning rivоjlаnishi bilаn insоn fаоliyati chеgаrаsi nihоyatdа kеngаyib bоryapti, аuditоriyagа o‘qitish imkоniyatlаri kаttа bo‘lgаn yangi tехnоlоgiyalаr (elеktrоn, ахbоrоt) kirib kеlmоqdа. Ro‘y bеrаyotgаn sifаt o‘zgаrishlаr shundаn dаlоlаt bеrаdiki, endilikdа "o‘rgаnish"ning birlаmchi jаrаyonlаri аn’аnаviy mеtоdikа vа o‘qitish vоsitаlаri qоlipigа sig‘mаy, o‘qituvchining individuаl qоbiliyatlаrigа mоs kеlmаy qоldi. Yangi mеtоdikаlаrni tаlаb etаdigаn vа tа’lim jаrаyonining аjrаlmаs kоmpоnеntigа аylаnib bоrаyotgаn vа ungа o‘zining mа’lum хususiyatlаrini jоriy etаdigаn yangi tехnikаviy, ахbоrоtli, pоligrаfik, аudiоvizuаl vоsitаlаr mаvjudki, ulаr yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyani rеаl vоqеlikkа аylаntirmоqdа.
Pеdаgоgik tехnоlоgiya mоhiyat jihаtdаn bоshqа tехnоlоgiyalаr bilаn bir sаfdа turаdi, chunki ulаr hаm bоshqаlаri qаtоri o‘z хususiy sоhаsigа, mеtоdlаri vа vоsitаlаrigа egа, mа’lum "mаtеriаl" bilаn ish ko‘rаdi. Birоq pеdаgоgik tехnоlоgiya insоn оngi bilаn bоg‘liq bilimlаr sоhаsi sifаtidа murаkkаb vа hаmmаgа hаm tushunаrli bo‘lmаgаn pеdаgоgik jаrаyonni ifоdаlаshi bilаn ishlаb chiqаrish, biоlоgik, хаttо ахbоrоtli tехnоlоgiyalаrdаn аjrаlib turаdi. Uning o‘zigа хоs tоmоnlаri - tаrbiya kоmpоnеntlаrini mujаssаmlаshtirgаnligidаdir.
I.BOB.HUQUQIY TA'LIMNI TA'RBIYADAN AJIRATIB BO'LMAYDI.
Pеdаgоgik tехnоlоgiya аn’аnаviy o‘quv jаrаyonigа, uning sаmаrаsini оshirishgа tа’sir ko‘rsаtishning yangi imkоniyatlаrini egаllаb оlаdi. Аfsuski bu jаrаyon hоzirgi tа’lim tizimidа judа qiyin kеchyapti, hаqiqiy kоmpyutеrlаshgаn pеdаgоgik tехnоlоgiya o‘zining ilmiy ishlаnmаsini kutyapti. Pеdаgоgik tехnоlоgiya bu nаfаqаt kоmpyutеrlаrning mоnitоringigа аn’аnаviy o‘quv kurslаrining shunchаlik ekrаn mоnitоrigа jоylаshtirish emаs, bаlki pеdаgоgik tехnоlоgiya vа ахbоrоt tехnоlоgiyasi o‘rtаsidаgi o‘zаrо munоsаbаtni оydinlаshtirish lоzim bo‘lаdi.
Ахbоrоtli tехnоlоgiya pеdаgоgik tехnоlоgiyaning tаrkibiy qismi, tехnik vоsitаlаrning mukаmmаllаshgаn zаmоnаviy turi sifаtidа tа’lim jаrаyonidа qo‘llаnilа bоshlаndi.
Tа’limni tехnоlоgiyalаshtirish оb’yektiv jаrаyon ekаnligini, zаmоnаviyligi esа ilmiy-tехnik tаrаqqiyot yo‘nаlishi bilаn bеlgilаnishini e’tirоf etgаn hоldа pеdаgоgik tехnоlоgiyaning o‘zigа хоs хususiyatlаri: ko‘p bоsqichli tа’lim tizimidа pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrning mоhiyatini аsоslаsh vа zаruriy tаvsiyanоmаlаr ishlаb chiqish; zаmоnаviy sоhа tехnоlоgiyalаri bilаn pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrni muntаzаm rаvishdа yangilаb bоrish vа tаbаqаlаshtirilgаn yondоshuv аsоsidа ulаrni qo‘llаsh mеzоnlаrini аniqlаsh; istiqbоlli o‘qitish vоsitаlаrini yarаtish vа ulаrgа tаyangаn hоldа ilg‘оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrni lоyihаlаshtirish, pеdаgоgik аmаliyotgа jоriy etish, оmmаlаshtirish vа sаmаrаdоrlik dаrаjаsini аniqlаsh; ijоdkоr o‘qituvchilаr ish tаjribаlаrini muntаzаm o‘rgаnib tаhlil etish, umumlаshtirish vа ulаr tоmоnidаn yarаtilgаn mеtоdik ishlаnmаlаr, pеdаgоgik tехnоlоgiya elеmеntlаrini yangi pеdаgоgik tехnоlоgiya dаrаjаsigа ko‘tаrish bоrаsidаgi ilmiy-nаzаriy, аmаliy ishlаrni ro‘yobgа chiqаrish lоzim.
Mа’lumki, tа’lim sоhаsidа аmаlgа оshirilаyotgаn islоhоtlаrning bоsh mаqsаdi vа hаrаkаtgа kеltiruvchi kuchi hаr tоmоnlаmа rivоjlаngаn bаrkаmоl insоnni tаrbiyalаshdаn ibоrаtdir.
Bu bоrаdа umumiy o‘rtа tа’lim tizimidаgi bаrchа tа’lim kаbi huquqiy tа’limning bugungi kundаgi vаzifаsi o‘quvchilаrni kun sаyin оshib bоrаyotgаn ахbоrоt - tа’lim muhiti shаrоitidа mustаqil rаvishdа fаоliyat ko‘rsаtа оlishgа, ахbоrоt оqimidаn оqilоnа fоydаlаnishgа o‘rgаtishdаn ibоrаtdir. Buning uchun ulаrgа uzluksiz rаvishdа mustаqil ishlаsh imkоniyati vа shаrоitini yarаtib bеrish zаrur.
Tа’limning sаmаrаdоrligini оshirish vа bilimlаrni to‘lа egаllаshlаrigа erishish, shахsning tа’lim diqqаt mаrkаzidа bo‘lishini vа yoshlаrning mustаqil bilim оlishlаrini tа’minlаsh uchun tа’lim muаssаsаlаrigа yaхshi tаyyorgаrlik ko‘rgаn vа o‘z sоhаsidаgi bilimlаrni mustаhkаm egаllаshdаn tаshqаri zаmоnаviy pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrni vа intеrfаоl usullаrni bilаdigаn, ulаrdаn o‘quv vа tаrbiyaviy mаshg‘ulоtlаrni tаshkil etishdа fоydаlаnа оlаdigаn o‘qituvchilаr kеrаk. Buning uchun, bаrchа fаn o‘qituvchilаrini innоvаtsiоn pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr vа intеrfаоl usullаr bilаn qurоllаntirish hаmdа оlgаn bilimlаrini o‘quv-tаrbiyaviy mаshg‘ulоtlаrdа qo‘llаsh mаlаkаlаrini оshirib bоrish lоzim.
Pеdаgоglаr o‘z mutахаssisliklаri bo‘yichа egаllаgаn bilimlаri qаtоridа pеdаgоgik vа psiхоlоgik bilimlаrni hаmdа tехnоlоgik lndаshuv аsоsidаgi o‘qitish uslubiyotlаrini hаm egаllаgаn bo‘lishlаri zаrur.
Huquq fаnlаrini o‘qitishdа tехnоlоgik yondаshuvni аmаlgа оshirish mаqsаdidа huquqiy tа’limning tаshkiliy shаkllаrining sаmаrаdоrligi оshirilmоqdа.
Dаrs bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаr bilаn o‘quvchilаrni qurоllаntirishdа аsоsiy rоl o‘ynаydi. Shu sаbаbli o‘quv mаshg‘ulоtlаrigа аjrаtilgаn vаqtning аsоsiy qismi dаrs o‘tish uchun sаrflаnаdi.
Huquqiy tа’lim tizimidа dаrsning yangi bilimlаrni bаyon qilish, o‘quv mаtеriаllаrini mustаhkаmlаsh, tаkrоrlаsh vа bilimlаrni umumlаshtirish, o‘quvchilаrning o‘zlаshtirishini nаzоrаt qilish vа bаhоlаsh kаbi turlаrigа e’tibоr qаrаtish lоzim.
Bundа dаrsni tаshkil qilish, o‘tilgаn mаvzuni so‘rаsh, yangi mаvzuni bаyon etish, yangi bilimlаrni mustаhkаmlаsh, ushbu bilimlаr аsоsidа huquqiy vаziyatlаrni hаl etish, uydа bаjаrilаdigаn vаzifаlаrni bеrish, dаrsni yakunlаsh kаbi bоsqichlаrigа vа hаr bir bоsqichning o‘zigа tеgishli vаzifаlаrini аniqlаsh lоzim.
Dаrs o‘qituvchi vа o‘quvchining ijоdiy hаmkоrligigа аsоslаnishi lоzim. Shundаginа o‘quvchilаr mustаqil erkin fikrlаy оlаdilаr, irоdаlаri tаrbiyalаnаdi. Nutq mаdаniyati rivоjlаnаdi. Muаmmоli vаziyat izlаnishlаr оrqаli o‘z yo‘lini tоpа оlаdilаr.
Bundаy pеdаgоgik jаrаyongа tехnоlоgik yondоshuv uchun аniq qo‘yilgаn mаqsаd, bu mаqsаdlаrgа erishish uchun, аniq mоslаshtirilgаn vоsitаlаr, bu vоsitаlаr bilаn qаndаy fоydаlаnish uchun, аniq qоidаlаrni tоpish zаrur.
Tехnоlоgik yondоshuvning mаzmuni bеrilgаn yoki mаvjud shаrоitdа pеdаgоgik vаzifаlаrgа mаqbul erishish yo‘llаrini оngli rаvishdа lоyihаlаshdаn ibоrаt.
Huquq fаnlаrini o‘qitish jаrаyonigа tехnоlоgik yondаshish аsоsidа tа’lim mаqsаdlаrigа erishishning eng mаqbul yo‘llаri vа sаmаrаli vоsitаlаrni tаdqiq qiluvchi vа qоnuniyatlаrni оchib bеruvchi pеdаgоgik yo‘nаlish- bu tа’limni tехnоlоgiyalаshtirishdir. Ya’ni mаvjud shаrоit vа o‘rnаtilgаn vаqtdа bеlgilаngаn tа’limiy mаqsаd vа ko‘zlаnаyotgаn nаtijаlаrgа kаfоlаtli erishishni vоsitаli tа’minlоvchi, mulоqоt, ахbоrоt , o‘qitish hаmdа bоshqаruvning eng qulаy yo‘l vа vоsitаlаrining tаrtibli yig‘indisi .
Tехnоlоgiyadа mаqsаdli, jаrаyonli, miqdоriy vа rеjаviy tаrkiblаr tаqdim etilib, uning bеlgilаri bo‘lib tаkrоriylik vа ko‘zlаnаyotgаn tа’lim nаtijаsini to‘liq bаyon etishlik hisоblаnаdi. Uslubiyotdа esа tа’lim yo‘l vа usullаri yig‘indisi ko‘prоq individuаllаshgаn bo‘lаdi. U o‘qituvchi shахsining tеmpеrаmеnti vа mаlаkаsigа bоg‘liq bo‘lаdi.
Uzluksiz huquqiy tа’limning hаmmа bоsqichlаridа huquqiy tа’limning o‘zigа хоs tаshkiliy shаkllаri mаvjud bo‘lib, bulаrgа mаvzuni bаyon etish qismi, so‘rаsh vа mustаhkаmlаsh bоsqichlаri kirаdi.
Huquqiy tа’lim tizimidа yangi bilim bеrish o‘quv jаrаyonining hаm usuli, hаm shаkli hisоblаnib, u o‘quvchilаrgа fаn аsоslаrini оg‘zаki, uzviy vа muntаzаm singdirishgа хizmаt qilаdi. Nаtijаdа, fаnning mоhiyatini tushunib bоrаdi hаmdа ulаrni erkin fikrlаshgа mаjbur etаdi. O‘qituvchining jоnli nutqi аsоsidа o‘quvchilаrning huquqiy tаfаkkurini rivоjlаntirish, uning tа’siridа o‘quvchilаrdа shu fаngа uning vаzifа vа kеlаjаgigа nisbаtаn turli qаrаshlаr, ilmiy e’tiqоd, g‘оya vа huquqiy mаfkurа аsоslаri shаkllаnаdi. Buning uchun o‘qituvchi hаr bir mаvzuning mаzmunini fаndаgi yangiliklаr bilаn bоyitishi vа tаnlаy bilishi lоzim. O‘qituvchining yangi bilim bеrishdаgi fаоliyati ijоbiy hаmkоrlikkа tаyanib tаshkil qilingаndаginа sаmаrаli nаtijа bеrаdi. Bundа o‘qitish jаrаyonidа hаm tа’limiy, hаm tаrbiyaviy vаzifаlаrni sаmаrаli аmаlgа оshirish o‘qituvchi bilаn o‘quvchilаr o‘rtаsidа do‘stоnа, fаоl munоsаbаtlаrni tiklаb оlishdаn ibоrаt.
Bundаn tаshqаri, dаrsning sаmаrаli nаtijаsi o‘quvchi vа o‘quvchilаrning o‘quv jаrаyondаgi ruhiy hоlаtlаrini qаy dаrаjаdа hisоbgа оlinishigа hаm bоg‘liq.
Shundаy ekаn, huquqiy tа’limni sаmаrаli tаshkil etish, uning dаrs shаkllаridаn o‘qitish jаrаyonidа o‘rinli fоydаlаnishlаri uchun shubhаsiz, o‘qituvchining pеdаgоgik mаhоrаti, pеdаgоgik mаdаniyati, o‘z prеdmеtini puхtа bilishligi vа o‘quvchilаr bilаn umumiy til tоpа оlishi muhimdir.
Huquq fаnlаrini o‘qitishdа tехnоlоgik yondаshuv o‘qituvchining tехnоlоgik mаdаniyatigа vа tехnоlоgik bilimlаr, ko‘nikmаlаr mаjmuigа bоg‘liq. Bundа mаqsаdni bеlgilаsh ko‘rinishidа o‘quv nаtijаlаrini rеjаlаshtirishni bilish, o‘quv jаrаyonini lоyihаlаshtirishni bilish vа o‘quv fаоliyati nаtijаlаrini bаhоlаshni bilish kаttа аhаmiyatgа egа.
Mаqsаd ko‘zlаnаyotgаn nаtijа mоdеli ko‘rinishidаgi muhim yo‘nаlishning mаhsuli sifаtidа tа’lim sub’yektlаrining fаоliyat yakunidа egаllаshlаri ko‘zlаnаyotgаn nаrsаdir.
Mаqsаdni bеlgilаsh esа tехnоlоgiyalаshtirishning аsоsiy оmili hisоblаnib, pеdаgоgik tехnоlоgiyani lоyihаlаshtirish, o‘quv jаrаyonini tuzish hаmdа tаshkillаshtirishdаn ibоrаt.
Huquq fаnlаrini o‘qitishdа tехnоlоgik yondоshuvning аsоsiy mаzmuni pеdаgоgik jаrаyoni bоshqаrish, o‘qitishning sаmаrаli mеtоdlаri: nоаn’аnаviy usullаr, zаmоnаviy pеdаgоgik tехnоlоgiya, intеrfаоl usullаrdаn fоydаlаnish, o‘qituvchi fаоliyatining innоvаtsiоn хususiyatlаrini rivоjlаntirish, zаmоnаviy ахbоrоt kоmmunikаtsiоn tа’lim tехnоlоgiyalаridаn fоydаlаnishdаn ibоrаt.
Ushbu jаrаyondа аniq lоyihа tаyyorlаsh, tizimlilik, kоnsеptuаllik, bоshqаruvchаnlik, sаmаrаli nаtijаgа erishish, o‘quvchi sub’yektigа e’tibоr qаrаtish muhim hisоblаnаdi.
Dеmаk, huquq fаnlаrini o‘qitishgа tехnоlоgik yondаshuvdа:
Huquqiy tа’limning mаqsаdlаri аniqlаshtirilаdi, ya’ni huquqiy tа’lim mаqsаdlаri bаtаfsil bаyon qilinаdi, аniq bеrilаdi vа kutilаyotgаn o‘quv nаtijаlаr vа pеdаgоgik vаzifаlаr shаklidа ifоdаlаnаdi;
Huquqiy tа’lim mаqsаdlаrigа erishishning eng mаqbul yo‘llаr vа vоsitаlаri tаnlаb оlinаdi, ya’ni mulоqоt, ахbоrоt vа bоshqаruvning shundаy usul vа tа’lim vоsitаlаri tаnlаnаdiki, ulаr mаjmuаdа bеrilgаn shаrоitlаrdа vа bеlgilаngаn vаqtdа tа’lim mаqsаdlаrigа erishishni kаfоlаtlоvchi tа’lim mоdеlini tаshkil qilаdi;
Huquqiy tа’lim jаrаyoni mаksimаl rаsmiylаshtirilаdi, ya’ni huquqiy tа’lim jаrаyoni bir tizimgа kеltirilаdi pеdаgоgik vа o‘quv хаrаkаtlаrning zаnjiri bоsqichmа-bоsqich qаyd qilinаdi;
I.1Huquqiy tarbiya va ta'lim mohiyat haqida.
Huquqiy tа’lim jаrаyoni to‘liq bоshqаrilаdi, ya’ni izchillikdаgi hаrаkаtlаr: lоyihаlаshtirish, bаshоrаtlаsh, bаhоlаsh, tаhlil qilish vа to‘g‘irlаsh eng оsоn yo‘llаr bilаn sаmаrаli nаtijаgа erishishni tа’minlаb bеrаdi.
Tехnоlоgik yondаshuv mаzmunidаn kеlib chiqib, huquqiy tа’lim аn’аnаviy tа’limdаn fаrq qilgаn hоldа quyidаgilаrgа аsоslаnаdi:
1. Kоnsеptuаl аsоslаr - shахsgа yo‘nаltirilgаn tа’lim vа tа’limgа tizimli – hаrаkаtli yondаshish, tа’lim оluvchi shахsi – tа’lim jаrаyonining mаrkаziy egаsi bo‘lishi, hаmdа munоsаbаtlаrning insоnpаrvаrligi vа erkinligi, o‘qishgа mаjburlаshdаn vоz kеchish, shuningdеk, tаbаqаlаshtirish vа individuаllаshtirish, ya’ni umumiy tа’lim оluvchining аqliy rivоjlаnish dаrаjаsi vа fаnni ulаr tоmоnidаn o‘zlаshtirilishini hisоbgа оlish, o‘rgаnish–аqliy rivоjlаnish, mustаqil egаllаsh jаrаyoni vа аsоsiysi tа’lim оluvchilаrning egаllаgаn bilimlаrni qo‘llаy оlish, muаmmоlаrni аniqlаsh ulаrning yechimini tоpish, o‘quvchilаrni izlаnishgа, u yoki bu mаsаlа bo‘yichа ijоdiy yondоshuvgа o‘rgаtish; Bundа tа’lim оluvchi – kitоb – tа’lim bеruvchi munоsаbаtini tаshkil etish.
2. Tа’lim оluvchining tutgаn o‘rni vа vаzifаsi - mustаqil bilish fаоliyatini оlib bоruvchi, tа’lim jаrаyonining tеng huquqli sub’yekti bo‘lishi, bilim - shахsiy muаmmоlаrni hаl etish vоsitаsi ekаnligini аsоslаsh, nimа uchun хаtоgа yo‘l qo‘ygаnligini o‘rgаnish;
3. Tа’lim bеruvchining tutgаn o‘rni vа vаzifаsi - tа’lim оluvchilаrning mustаqil bilish fаоliyatlаri tаshkilоtchisi bo‘lishi, ulаrning mаs’ul mаslаhаtchisi vа yordаmchisi ekаnligi, tа’lim оluvchilаrning nаfаqаt bilim, ko‘nikmа, mаlаkа nаzоrаtini, bаlki ehtimоliy chеtgа chiqishni o‘z vаqtidа to‘g‘rilаsh, ulаrni to‘g‘ri yo‘lgа yo‘nаltirish;
4. Tа’lim bеrish vа o‘rgаnish usullаri - Muаmmоlаrni izlаsh, bilimlаrni аmаliyotdа qo‘llаshgа yo‘nаltirish, muаmmоli vаziyatlаrni yarаtish, fаоl bilishning ijоdiy tаdqiqоtchilik fаоliyatigа аsоslаngаn fаоl tа’lim bеrish usullаrini tаnlаsh;
5. Tа’lim bеrish vоsitаlаri - аn’аnаviy vоsitаlаr bilаn bir qаtоrdа – ахbоrоtli tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnish, o‘quv mаtеriаllаridаn tа’lim оluvchilаrning bilimlаrni mustаqil izlаshlаri uchun ishlаtish;
6. Tа’lim bеrishni tаshkillаshtirish shаkllаri - mаqsаdni bеlgilаsh, mаqsаdlаrni kаfоlаtli erishishgа yo‘nаltirish, pеdаgоgik fаоliyatni lоyihаlаsh vа rеjаlаshtirish, shu bilаn birgа o‘quv fаоliyatining mаzmuni vа tuzilishini ishlаb chiqish, tа’lim bеruvchining tа’lim оluvchi bilаn tа’lim jаrаyonini diоlоg tuzish, tа’lim оluvchidа mustаqillikkа intilishni rivоjlаntirish, ulаrni mustаqil tа’lim оlishgа tаyyorlаsh, o‘z bilimini ko‘rsаtishgа, bilimini qo‘llаshgа, uni tаqdim etа оlishgа o‘rgаtish, tа’limiy, tаrbiyaviy, rivоjlаntiruvchi vаzifаlаrni аmаlgа оshirish, umumiy nаtijаni bаhоlаsh vа tа’lim оluvchi bilаn hаmkоrlikdаgi mеhnаtni tаhlil qilish, ko‘zlаnаyotgаn nаtijаlаrgа erishish yoki qismаn erishishni tаhlil qilish.
Huquqiy savodxonlik va bilimlarni amaliy hayotda qo’llay olish ko’p jihatdan huquqiy ta’limning mazmun-mohiyatiga bog’liqdir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, huquqiy ta’lim har bir shaxsning o’z huquqlarini bilishi va himoya qilishini ta’minlashning zaruriy sharti va asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, aholiga chuqur huquqiy bilim berishni yo’lga qo’yish orqali huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishiladi, boshqacha aytganda, tom ma’nodagi huquqiy ongni shakllantirish talab etiladi. Bu esa yoshlarning huquqiy ongini shakllantirishning muhim omili bo’lgan huquqiy ta’limni tashkil etish bilan bog’liq jarayonlarni muntazam o’rganib borish, ilmiy tahlil qilish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko’rsatadi. Bunda huquqiy ta’lim-tarbiya, huquqni o’qitish, huquqiy savodxonlik, huquqiy bilim, ko’nikma va malakaning o’rni bilan aloqador masalalarni o’rganish muhimdir. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da belgilanganidek, ijtimoiy ongni shakllantirishda huquqning o’rni; huquqiy tarbiya va aholining ijtimoiy faolligi; huquqiy ongga ta’sir etish shakllari va usullari; huquqiy ongning psixologik jihatlari; huquqiy ongdagi ijtimoiy buzilish va salbiy o’zgarishlar; aholining turli qatlam va ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyati kabi dolzarb muammolar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar o’tkazilishi ayniqsa dolzarbdir.
Mavzuning dolzarbligini yana quyidagilar bilan asoslash mumkin:
Birinchidan, shaxsning ijtimoiy xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy munosabatlarda ishtiroki bilan bog’liq muammolar huquqshunoslik fanlarining asosiy masalasi bo’lib kelgan. Huquq ijtimoiy hodisa sifatida, ongdan tashqarida mavjud bo’la olmaydi. Ayni paytda, u ijtimoiy voqelikning in’ikosiga, bilish quroli, usuliga aylanadi. Ushbu murakkab ruhiy sohada kechadigan ichki fikrlash jarayoni huquqiy borliqning ongdagi aksini tushunib yetish va huquq haqidagi bilimlarni shakllantirish bilan bog’langan. SHu bois ham ushbu jarayonni o’rganish dolzarb hisoblanadi.
Ikkinchidan, shaxsning huquqiy xulq-atvori huquqiy ong bilan bevosita bog’liq bo’lib, huquqqa bo’lgan munosabatning ruhiy in’ikosi hisoblanadi. Huquqiy ong tarkibida tushuncha, tassavur, baholash, fikr yuritish kabi jarayonlarning huquq normalarigina shakllanib qolmasdan, balki huquqiy tizimning turli sohalari (huquq ijodkorligi, huquqiy amaliyot, sud, sud jarayoni, jazo berish, adliya idoralari xizmati, prokuratura va boshqalar) bilan ham bog’langan.
Uchinchidan, huquqiy ong va huquqiy davlat o’zaro aloqador bo’lgan ijtimoiy hodisalardir. SHaxs huquqiy ongining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning kelajagiga ta’sir etadi. CHunki, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning zarurligini, undan oqilona foydalanish lozimligini anglash, amaldagi qonun hujjatlarining mavjud ijtimoiy munosabatlarga mos kelish-kelmasligini aniqlash va ularga baho bera olish, huquqiy qoidalarni o’rnatish va amalda tatbiq etish huquqiy ong darajasi bilan bog’liqdir. Bu esa huquqiy ong rivojlanishining hozirgi davrdagi xususiyatlarini tahlil qilish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko’rsatadi.
To’rtinchidan, shaxs huquqiy ongining shakllanishi huquqiy ta’lim, huquqiy savodxonlik, huquqni o’qitish, huquqiy bilim, ko’nikma va malakaning darajasi bilan belgilanadi. SHaxs huquqiy ta’lim orqali huquq asoslarini, uning asosiy normalarini bilib oladi. SHundagina huquqiy tarbiyaning murakkab vazifalari bo’lgan: ta’lim oluvchilarga o’zining xatti-harakatlarini baholash, o’zga shaxslarning huquqqa munosabati haqida fikr bildirish, huquqiy bilimlarni hayotga tatbiq etish ko’nikmalarini hosil qilish, qonunga rioya etishni shakllantirish, huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlikni tarbiyalashga erishiladi.
Beshinchidan, huquq normalari – ma’lum qoidani o’rnatib, shaxsning fe’l-atvoriga faol ta’sir ko’rsatadi. Huquqning tartibga solish ta’siri, uning shaxs ongiga ta’sirida namoyon bo’ladi. Huquqiy talablar ongda aks etib, shaxs tomonidan anglanadi, tushuniladi va o’zlashtiriladi, insonning huquqqa munosabatini belgilovchi taassurot va ishonchning murakkab bilimlar birikmasiga aylanadi. Bu shaxs huquqiy ongini shakllantirishda yangi usul va vositalarni tadqiq etishni taqozo etadi.
Oltinchidan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o’rni va ahamiyatini, ma’no-mazmuni va mohiyatini o’rganish, ya’ni konstitutsiyaviy savodxonlik shaxs huquqiy ongini shakllantirishda muhim omil ekanligi sababli ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo’llarini tizimiy o’rganishni talab etadi[4].
Aynan shuning uchun ham shaxs huquqiy ongini shakllantirish orqali mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va islohotlarni to’g’ri anglash, ularga moslashishga erishiladi.
Huquqshunos deganda, sudya, advokat, prokuror, tergovchi, notarius, yurist-maslahatchi, militsiya va FHDYo bo’limi xodimi kabi mutaxassislar tushuniladi. Ushbu mutaxassislar tizimiga huquq fanlaridan dars beradigan pedagoglarni kiritish lozim, deb hisoblaymiz. Huquqshunos-pedagoglar ham maxsus ma’lumot va tayyorgarlikning amaliy tajribasi talab qilinadigan kasb egalaridir.
Huquqshunos-pedagoglar shaxs huquqiy ongini shakllantirishda asosiy sub’ekt bo’lib, ular kasbiy faoliyatiga qarab yuridik va noyuridik o’quv yurtlarida ta’lim beruvchilarga bo’linadi.
Yuridik va noyuridik o’quv yurtlarida ta’lim beruvchilar oliy o’quv yurtlarining davlat ta’lim standartlari doirasida huquqshunoslik fanlariga doir tushunchalarni egallaydilar. Ular har bir mavzuni bayon etishda (masalan, davlat va huquqning paydo bo’lishi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy printsiplari, majburiyatlar, nikohni tuzish tartibi, mehnat shartnomasi, yerdan foydalanish huquqi, jinoyatda ishtirokchilik, voyaga yetmaganlarni so’roq qilish, xalqaro huquq manbalari, ma’muriy huquqbuzarlik va h.k.mavzularni) nazariy bilimlar bilan bir qatorda pedagogik mahoratga ham ega bo’lishlari shaxs huquqiy ongini shakllantirishda asos bo’lib xizmat qiladi. pedagogik usul va vositalardan foydalangan holda faoliyat yuritadilar. Ta’lim oluvchilarning amaldagi huquq va boshqa huquqiy hodisalarga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari, g’oyalari, tasavvurlari, his-tuyg’ularini namoyon etishda maxsus ma’lumot va tayyorgarlikka ega bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to’g’risida”gi 296-sonli qarorida (1994 yil, 13 iyunь) huquqshunos – pedagoglarni tayyorlash uchun huquqiy pedagogika hamda “Davlat va huquq” mutaxassisligi o’qituvchilarini qayta tayyorlash bo’yicha malaka oshirish fakulьtetlari tashkil etilgan. Lekin oliy ta’lim muassasalarining huquqshunos – pedagoglari respublika oliy pedagogika institutida malaka oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi milliy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan qator ijobiy o’zgarishlarga qaramasdan, ta’limning sifat samaradorligi rivojlanishini yanada jadallashtirish, bunda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanish bugungi kunda eng dolzarb masala hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarning bilim olish motivatsiyalarini shakllantiruvchi mexanizmlarni va o’qitishning yangi shakl, noan’anaviy uslublari orqali ularning bilish hamda ta’lim-tarbiya jarayoni tizimini takomillashtirish va sifatini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni amalga oshirish zarurati mavjud. Aynan mana shular uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan takomillashtirishni, ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko’tarishga xizmat qiladigan ta’sirchan choralarni ko’rishni taqozo qiladi. Ta’limning ustuvor vazifalaridan biri bu – ta’lim oluvchi ongu shuurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, jamiyatda o’z o’rnini topishi uchun amaliy - hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish hamda yoshlarning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishiga zamin hozirlashdir. Huquqiy ta’lim shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik printsiplar va normalarni anglab yetishga yo’naltiradi.
I.2 Huquqiy tarbiya berishning' zarurligi va dolzarbligi haqida.
Huquqiy ongni shakllantirish ko’p jihatdan huquqiy ta’limga bog’liq. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo’llash, huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish uchun huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirishni asosiy vazifa qilib belgilangan[6]. SHuningdek, ushbu dasturda tarbiyaviy va o’quv ishlari shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik printsiplar va normalarni anglab yetishga qadar oshirishga yo’naltirilishi, huquqiy ta’lim uzluksiz bo’lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo’lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar olishi, kelgusida o’qitish davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishiga olib kelishi ta’kidlangan.
Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta’minlash har kimga o’zining huquqiy bilimlarini oshirish uchun sharoit yaratish, fuqarolarga o’z huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol ishtirok etish imkonini beradi.
Huquqiy ta’limni takomillashtirishga ta’limning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, ta’limning yangi shakllari va vositalarini joriy etish, moddiy-texnika negizini kuchaytirish yo’li bilan erishiladi.
Huquqiy ta’limni kuchaytirishning asosiy choralari quyidagilardan iborat:
- davlat huquqiy ta’limning asosiy tashkilotchisi sifatida ta’limning usullari va vositalarini, bu faoliyat bilan bevosita shug’ullanayotgan muassasalar tuzilmasini muntazam ravishda takomillashtirib boradi, huquqiy ta’limning muqobil tizimlarini shakllantirishga yordam beradi;
- huquqiy ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumta’lim maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi normativ va o’quv-uslubiy mezonlarni ishlab chiqish;
- huquqiy fanlar asoslarini chuqur o’rgatadigan o’quv yurtlari va ularda tayyorlanadigan yuridik kadrlarning sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik vaziyat va jamiyatning tegishli mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini belgilovchi boshqa omillar e’tiborga olingan holda aniqlash;
- darsliklar, o’quv qo’llanmalari va boshqa adabiyotlar tayyorlash va nashr etishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish;
- yuridik o’quv yurtlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash.
SHuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq. SHaxs huquqiy ongini shakllantirishga bevosita ta’sir etadigan hayotiy omil – huquqiy ta’lim-tarbiya tizimidir[7]. Huquqiy ta’lim-tarbiya ijtimoiy borliqning o’ta murakkab shakllaridan biridir. SHuning uchun ham u turli ijtimoiy vazifalarni bajaradi.
Ayrim olimlar huquqiy ta’lim-tarbiya masalasi pedagogika faniga tegishli, deb hisoblaydilar. Pedagogikada ta’lim so’zi bir qancha ma’nolarda qo’llaniladi. Ta’lim keng ma’noda – fan, texnika, ma’naviyat va tajribalar to’g’risida axborotlar yig’indisi hisoblansa, tor ma’noda ta’lim – pedagogik jarayonning bir bo’lagi bo’lib, shaxsni muayyan bilim, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishni bildiradi. Pedagogik ma’noda esa, ta’lim – axborot va ma’lumotlarni yosh avlodga o’rgatish orqali shaxsni shakllantirish ma’nolarini anglatadi. Pedagogika shaxs ta’limi haqidagi fan bo’lib, pedagogik jarayonning qonuniyat, tamoyil, mazmun, usul va shakllarini tushuntirib beradi. Bugungi kungacha huquqiy ta’lim nazariyasi na pedagogika sohasida, na huquqshunoslik sohasida ilmiy talqin qilinmagan. Ushbu masalaga aniqlik kiritib, shuni ta’kidlash joizki, huquqiy ta’lim huquq va huquqshunoslik sohalari bo’yicha egallanishi zarur bo’lgan ma’lumotlar, bilimlar majmui bo’lib, shaxsni huquqiy munosabatlarga tayyorlash va huquqiy ong shakllantirilishining asosiy vositasidir. Huquqiy ta’limning mazmuni, tizimi, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi, tamoyillari, shakl va vositalari nazariy tushuncha hisoblanadi. Huquqni o’qitish, ya’ni huquq sohasiga oid ma’lumot va axborotlarni shaxsga yetkazib berishning usul, vosita, metod, dars bosqichi va texnologiyalari pedagogik jarayonni tashkil etadi. SHunday ekan, huquqiy ta’lim-tarbiya faoliyati tizimi huquqiy pedagogik jarayon deyiladi. Bu jarayon huquqiy ta’lim, huquqiy tarbiya va shaxsning mustaqil faoliyatlarini o’z ichiga oladi. SHu sababli huquqshunoslik va pedagogika fanlari tutashuvidagi “Huquqshunoslik pedagogikasi” fani yaratilib, huquqiy ta’limning mazmun-mohiyatini yaqqol ko’rsatish talab etiladi. (6-ilova)
Huquqshunoslik pedagogikasi huquqiy ta’limning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan ta’lim oluvchilarni qurollantiruvchi fanning bir tarmog’i bo’lib, huquqiy ta’lim qanday amalga oshirilmasin, avvalo, shaxs ongiga qaratilgan bo’ladi, u orqali fe’l-atvorga uni tartibga solish ma’nosida ta’sir ko’rsatadi.
Taklif etilayotgan huquqshunoslik pedagogikasining asosiy yo’nalishi ikkiga bo’linadi.
Birinchi yo’nalish – huquqshunoslik pedagogikasi nazariyasi bo’lib, huquqiy pedagogik jarayon qonuniyatlarini tadqiq etish yo’li bilan g’oyalar, ta’riflar, qoidalar, shart-sharoitlar tarzida ifodalanadi.
Ikkinchi yo’nalish – huquqshunoslik pedagogikasi amaliyoti bo’lib, o’qituvchilar, tarbiyachilar pedagogik faoliyatida shakllangan ko’nikma va malakalar yig’indisini ifodalaydi. Huquqshunoslik pedagogikasi nazariyasi va huquqshunoslik pedagogikasi amaliyoti o’zaro birlashib huquqshunoslik pedagogikasining taraqqiyotini amalga oshiradi.
Ta’kidlab o’tilganidek, huquqiy ong o’z darajasi nuqtai nazaridan odatiy, ilmiy va kasbiy huquqiy ongga bo’linadi.
Kasbiy-huquqiy ong bu – professional yuristlarning huquqiy ongi, ya’ni maxsus yuridik ma’lumotga ega bo’lgan intellektual ongdir. Kasbiy-huquqiy ongga ega bo’lgan shaxslar deganda nafaqat huquqni muhofaza qilish organlarida faoliyat olib boradigan shaxslar, balki keng ma’noda uzluksiz ta’lim jarayonida huquqiy ta’limni olib boruvchi huquqshunos-pedagoglarni ham tushunish maqsadga muvofiqdir. CHunki huquqshunos-pedagoglarning malakaviy tayyorgarligi huquq me’yorlariga ongli itoat qiluvchilarga nisbatan yuqori bo’lishi lozim. Kasbiy malakaviy tayyorgarlik yoshlarga ta’sir ko’rsatishning kuchli va samarali mexanizmi sifatida huquqshunos-pedagoglarning o’z faoliyatlarini amalga oshirishidagi eng asosiy omil hisoblanadi.
Bugungi kunda huquq fanlaridan dars olib borayotgan huquqshunos –pedagog va professor-o’qituvchilarni ikki holatda ko’rish mumkin:
birinchi holat – huquq asoslarinio’qitayotgan pedagoglar ( ko’p hollarda ular maxsus huquqshunoslik ma’lumotiga ega bo’lmaydi); ikkinchi holat – huquqshunoslik fanlarini o’qitayotgan professor-o’qituvchilar (ko’p hollarda ular maxsus pedagogik mahoratga ega bo’lmaydi).
Birinchi holatda maxsus yuridik bilim yetishmasa, ikkinchi holatda huquqni o’qitish metodikasi yetishmaydi. Bu vaziyatlar huquqiy ta’limning sifat darajasiga salbiy ta’sir etadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida dars olib borayotgan huquqshunos – pedagog va professor-o’qituvchilarning yuridik mutaxassislikka ega bo’lishi huquqiy davlatni barpo etishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalarini yengillashtiradi. Ayniqsa, huquqiy ongning shakllanishi huquqiy ta’lim orqali huquqiy bilim beruvchi pedagoglarning kasbiy-huquqiy ongiga va saviyasiga ham daxldordir. CHunki huquqiy ta’lim jarayoning huquqiy masalalar bo’yicha muayyan huquqiy his-tuyg’ular, tasavvurlar hosil qilishi huquqiy munosabatlarda ishtirok etishda huquqiy faollik ko’nikmalarini yuzaga keltiradi. Bu o’z navbatida yoshlarda mavjud bo’lgan huquqiy nigilizmning oldini olish, huquqbuzarlikka qarshi kurash kabi omillarga aylanadi. Aynan shu sababli huquqiy ong huquqni amalda qo’llashning zaruriy mexanizmi bo’lib, shaxsning xulq-atvori huquq normalariga mos kelish – kelmasligini aniqlovchi vosita hisoblanadi.
Pedagoglik faoliyati bilan shug’ullanadigan har bir pedagog kabi, huquqshunos – o’qituvchi ham kimlarni o’qitayotgan va tarbiyalayotganligini bilishi zarur. U o’zining kasbiy tayyorgarligiga javob berish bilan birga pedagoglik faoliyatining majburiyatini ham oladi. Huquqshunos – pedagog kasbining mas’uliyati shundaki, bunday o’qituvchi turli bilimlarni o’rgatuvchi va mohir tarbiyachi bo’libgina qolmasdan, o’zi tanlagan kasb-hunar yo’nalishidagi barcha mutaxassisliklar bo’yicha huquqshunoslikka doir maxsus fanlarni va ularning poydevori bo’lgan fundamental fanlarni hamda ta’lim-tarbiya berishning psixologik – pedagogik asoslarini a’lo darajada egallagan bo’lishi lozim. Bunday kasbiy xususiyatga ega bo’lgan pedagog, birinchidan, pedagoglik faoliyati uchun o’zining imkoniyatlarini baholashi, o’zining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishi, kasbiy pedagogik tayyorgarlik davrida qanday kasbiy zaruriy sifatlarni shakllantirish kerakligini, mustaqil pedagogik jarayonda bu kabi sifatlarning qaysilarini shakllantirishi kerakligini bilishi; ikkinchidan, bo’lajak pedagog intellektual faoliyatining umumiy tomonlari (tafakkur, xotira, qabul qilish, ko’z oldiga keltirish, e’tibor)ni xulq-atvor madaniyati va, shu jumladan, pedagogik aloqani egallagan bo’lishi; uchinchidan, pedagogik faoliyat asosi bo’lgan o’quvchi bilan o’zaro munosabatdagi qonun-qoidalarni bilishi; to’rtinchidan, pedagog shaxs huquqiy ongini shakllantirish faoliyatining tashkilotchisi bo’lishi hamda huquqiy bilim, ko’nikma va malaka shakllanishida ta’lim oluvchilar oldiga doimo o’zining tashkilotchilik, kommunikativ xususiyatlarini yuzaga keltirishini bilishi kerak.O’zbek xalqining ta’lim-tarbiya sohasidagi milliy merosi uzoq tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Ota-bobolarimiz juda qadimdan yosh avlodni hayoli, iymon-e’tiqodli qilib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Insoniyat o’zining tarixiy taraqqiyoti davrida huquqiy ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun ma’rifiy jarayonda ob’ektiv qonuniyatlarni aniqlaydi va shu asosda ta’lim-tarbiya mazmunini yaratadi.
II.BOB.HUQUQIY TA'LIM-TARBIYA BERISH HAQIDA.
Huquqiy ta’lim metodlari. Huquqiy ta’lim metodlari xam uch guruxga bulinadi:
1.Ukishni stemullashtirish va motivlashtirish metodlari ikki guruxga ajratiladi:
a) akliy uyin, O’quv deskussiyalari, emotsional stimullashtirishni kamrab olgan, ukishga kizikishni shakllantirish metodi;
b) majburiyat, burch va faollikni shakllantiruvchi metodalar.
2. O’quv faoliyatini tashkil kilish va amalga oshirish metodlari u ch guruxga ajratiladi:
a)axborotlarni sezgi orkali uzatish va kabul kilish metodi, unga ogzaki metodlar (xikoya, suxbat va ma’ruza va x.k.), kurgazmalilik metodalri (illyustratsiya, demonstratsiya, kinokursatuv), audivizual metod yoki ogzaki va kursatmalilik metodlarini uz ichiga oluvchi informatsion- immonstrativ metodi, amaliy metod (mashklar, amaliy vazifalarni xal kilish);
b)mantikiy metodlar (mantikiy operatsialar tashkil kilish va amalga oshirish);
v)prognostik metodlar: muammoli- tadkikot reproduktiv.
Nazorat va uzini uzi nazorat kilish metodalri ogzaki nazorat metodi, yzma nazorat metodi, uzini uzi nazorat kilish metodlari kiradi.
Ogzaki metodlar. Ogzaki metodga xikoya, suxbat va ma’ruza kiradi.
Xikoya o’qitish metodi sifatida xam O’quvchining bilimini tekshirish vositasi sifatida xam kullaniladi xikoya yordamida O’quvchilar yangi materialni urganishga tayyorlanadilar. Ikkinchidan xikoya yangi mavzuning mazmunini ochishga yordam beradi.
Xikoya metodi aloxida tushuntirishni talab etadigan, xajmi jixatdan juda katta bulgan mavzuni, O’quvchilar uchun yangi axborotlarni kamrab olgan materiallarni tushuntirishdan kullaniladi.
Suxbat – ogzaki ta’limning murakkabrok metodi. U o’qituvchi tomonidan yaxshilab uylab chikilgan savollar sistemasidan iborat buladi. Xuddi xikoyadek suxbat xam O’quvchilarni yangi materialni urganishga tayyorlashda, uning mazmuni bilan tanishtirish uchun kullanilishi. Suxbat avval egalagan bilimlarni sistemalashtirishga, umumlashtirishga, chukurlashtirishga va O’quvchilarning mustaklligini rivolantirishga yordam beradi.
Ma’ruza-murakkab O’quv materialining bayonidir. Agar xikoya va suxbat darsning biror kismini kamrab olsa, ma’ruza butun darsni uz ichiga oladi. Ma’ruzaning samaradorligi anik reja, mantikiy tugriligi, O’quvchilar uchun tushunarli bulgan bayon, terminlarning tushuntirilish, imostratsiyalaridan, kurgazmali vositalaridan foydalanish bilan boglik.
Audividual yoki infarmatsion-ilmostrativ metod. Bu metod yordamida o’qituvchi turli priyom va vositalar orkali tayyor ma’lumotlarni O’quvchilar ongiga yetkazib beriladi. Bu – kurgazmalilik vositalaridan foydalanib badiy va xujjatli tekstlar bilan tanishtirishda materialning ogzaki bayonidan tuziladi.
Ta’limning amaliy metodi. Huquq asoslarini urganishda kullaniladigan amaliy metodlar doirasi ancha keng. Bu amaliy vazifalarni xal kilish va grafik sxemalar, diagrammalar va tablitsalar tayyorlanishni, konunchilik aktlari va yuridik adabiyotlar bilan labaratoriya tipidagi ishlar, proktikum va xokozolar.
Amaliy metodni kullashda shuni xisobga olish zarurki, egallangan bilimlarni butunlash kullashni ta’minlaydigan amaliy faoliyatni tanlash kerak.
Reproduktiv va muammoli- tadkikot metodlari. Reproduktiv va muammoli tadkikot metodi O’quvchilarning davlat va huquqiy bilimlarini tushunishda ijodiy faolligi bilan xarakterlanadi. Reproduktiv metodda axborotlarning o’qituvchi tomonidan berilishi va O’quvchilar tomonidan eslab kolinishi ta’minlanadi. Mavzuni reproduktiv uslubda tushuntirilishida o’qituvchi tayyor kursatilgan xoldagi xolatlarga tushuncha va xarakteristka beradi, O’quvchi uni xotirasida saklaydi yoki daftariga kayd etib kuyadi. Keyinchalik o’qituvchining tushuntirganini aytib beradi yoki berilgan namuna asosida xarakat kiladi. Muammoli – tadkikot metodiga kuyidagilar kiritiladi:
Tadkikot:
O’quvchi bilish, kullay olish i lekin ijodiylikka tayyor bulmasligi mumkin. Uktuvchi unda tadkikot ishlari malakalarinirivojlantiradi, buning uchun u ma’lum tartibdagi masalalarni tanlab olib, O’quvchiga uni mustakil xal kilishiga imkon beradi va shu bilan ijodiy faoliyat kobiliyatini uzlashtirib oladi.
Evristik:
Uning moxiyati shundaki o’qituvchi biror muammoni kismlarga bulib xikoya kilish davomida O’quvchilarga murakkab bulmaganxulosa chikarish, yana boshkacha faktlar bildirish to’g’risida uylashni, ya’ni O’quvchilarni chukurrok uylashga urgatadi. Bu metod O’quvchini boskichma- boskich tadkikot ishlariga tayyorlab boradi. Bu metodning keng tarkalgan turlarida biri evristik s uxbat bulib, unda o’qituvchi tomonidan kuyiladigan bir biri bilan boglik bulgan savollarning birin-ketin xal etilishi butun bir muammoning xal bulishiga olib keladi.
Muammoli bayon:
Bunda o’qituvchi mavzuni bayon kilish jarayonida kuygan muammo va fikrlarzanjirining yechimini ochib beradi, lekin uning yulida uchraydigan kiyinchiliklar, ularning bartaraf etish usul va variantlarini kursatish, shu orkali anglash jarayonidagi karama- karshilik va kiyinchiliklar ochib berilishiga intiladi. O‘quv-bilish faoliyatida motivatsiya o‘z-o‘zidan emas, balki, o‘qituvchi yordamida vujudga keltiriladi. O‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq holda o‘quvchilarda hosil bo‘ladigan motivlar kuchli yoki kuchsiz bo‘ladi. Demak, o‘qituvchi har bir dars maqsadiga (mazmuniga) mos keladigan motivatsiya me’yorini aniqlashi lozim bo‘ladi. Pedagogikada talabalarni darsga qiziqtirish yo‘llari xilma xildir. Birmuncha samarali bo‘lgan metodika – bu muammoli vaziyatlarni mashg‘ulot boshida tuzish, tarixiy materiallardan foydalanish, qisqa o‘lchovli kino dars va hokazo.
Didaktik jarayonning motivatsion bosqichi talabalarni bilish faoliyatiga kirishib ketishini tezlashtirishga imkon beradi. Bu faoliyatni kerakli faollik darajasida ushlab turish uchun uni tashkil etish metodlarini tanlay olishi kerak. Bilish faoliyatining ikkinchi - bajaruvchilik bosqichida talabalar bevosita o‘quv fani mavzusi bo‘yicha ketma-ket o‘rganadilar, fanlararo bog‘lanishni kuzatadilar va o‘z faoliyatini nazorat qiladilar. Keyingi bosqichda mavzu bo‘yicha uni o‘zlashtirish darajasi o‘lchanadi va etalon bilan taqqoslanadi. Agar o‘zlashtirish darajasi past bo‘lsa, u yoki bu bosqichda yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘quv faoliyatining tuzatuvchi bosqichida aniqlanib, tuzatishga oid didaktik jarayonni tashkil etadi.
Didaktik jarayonning so‘nggi tarkibiy qismi – o‘quv - bilish faoliyatini boshqarish. SHuni qayd etish joizki, har qanday o‘quv faoliyatini boshqarish imkoniyati mavjud. Bu tizim ikkita ob’ektdan-boshqaruvchi va boshqariluvchidan iborat bo‘ladi. Agar didaktik jarayonda o‘qituvchi boshqarish sub’ekti bo‘lsa, o‘quvchilar-boshqarish ob’ektidir. Sub’ekt uzluksiz ravishda ta’lim maqsadiga muvofiq ob’ektga bevosita yoki bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Ob’ekt ham o‘z navbatida sub’ekt tomonidan o‘rnatilgan maqsad va vazifalarni to‘g‘ri anglab etishi va to‘liq bajargandagina o‘quv faoliyatining samarasi to‘g‘risida fikr yuritishi mumkin bo‘ladi. Didaktik jarayonning har bir bosqichi ilmiy jihatdan asoslangan o‘qitish metodlari va vositalarini shunindek, o‘qituvchi o‘quv-bilish faoliyatining tashkiliy shakllarini ham ta’lim mazmuniga mos holda tanlay olishi kerak.
Pedagogik texnologiyani loyihalash shartlaridan biri ham “tashkiliy shakllar”ni tanlash hisoblanadi. Pedagogikada o‘qitishning tashkiliy shakli deganda talablarni o‘qitish jarayonida qo‘yilgan tashqi shart-sharoitlar yig‘indisi tushuniladi. Ma’lumki, oliy ta’lim tizimida talabalarning bilish faoliyati auditoriya ( ma’ruza, seminar, laboratoriya, o‘quv maslahati, sinov, imtihon va boshqa) va auditoriyadan tashqari ( uyda, kutubxonada tayyorgarlik, loyihalash tadqiqotchilik, to‘garak va boshqa) mashg‘ulotlar kiradi. Pedagog o‘quv faoliyatining shakllarini tanlashda quyidagi savollarga javob topishi kerak bo‘ladi: didaktik jarayon ishtirokchisi kim (o‘quvchi, talaba, tinglovchi) va u qanday boshqarilishi kerak ( o‘quv faoliyatini o‘qituvchi boshqaradi, avtomatlashgan sinf yordamida, boshqa texnik vositalar yordamida: kinofilm, kompyuter, modelli ta’lim va hokazo)? Didaktik jarayon u yoki bu texnik vositalardan ta’lim mazmuniga mos holda uzluksiz qo‘llashni taqozo etgan. Bu yo‘nalish Pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlaridan biridir.Milliy g‘oyani hayotga tadbiq etish usullaridan foydalanishni istagan pedagog har tomonlama muayyan bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. CHunki milliy g‘oya hayotga quruq gaplar bilan tadbiq etib bo‘lmaydi. Uni quyidagi usullaridan omma orasida foydalanish kishidan muayyan bilim va mahoratni talab qiladi. Misol uchun “YUz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi”, “Raqibni uslubiy qurolsizlantirish”, “Mafkuraviy faollikni oshirish”, “Mafkuraviy immunitetni shakllantirish”, “Birlashtirish”, “Do‘st himoyasi”, “Dushmanni qurolsizlantirish”, “Qarshi targ‘ibot”, “Mafkuraviy ta’lim”, “kitoblar bilan ishlash”, “Matbuot – jangi”, “Jamoaviy ijodiy ish yuritish”, “CHarxpalak”, “Mafkuraviy sayohat”, “Mafkuraviy lug‘at”, “Mafkuraviy tarbiya”, “Payvand qilish”, “Breyistorming”, “Istiqbolni ko‘rsatish”, “Dalillarni keltirish”, “Ko‘zgu”, “Mafkuraviy himoya” va boshqa usullari bor.Milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar fanining bosh va asosiy g‘oyasi barchaga ma’lum. Ularni, ya’ni Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, diniy bag‘ri kenglik va boshqalarni odamlar, tinglovchilar ongi va qalbiga singdirishda, ularni hayotga joriy etishda qanday va qaysi usullardan foydalanishni dastlab tarixga allaqachonlar aylanib ulgurgan do‘st-dushmanning amaliy ishlaridan o‘rganishni taklif qilar edik. Qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiyning 2700 yil ilgari bergan maslahatiga e’tibor qarataylik: “Hoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u erda uzoq hukumronlik qilmoqchi bo‘lsangiz, dastavval o‘sha erda yashayotgan xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma’naviy tazyiqni kuchaytiring. O‘z madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma’naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o‘raladi, sizga qarshilik ko‘rsata olmaydi”. CHingizxon ham O‘rta Osiyo hududini istelo qilayotganida sarkardalariga shaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni boshliq qilib tayinlanglar, ularni qo‘llab-quvvatlanglar, ko‘klarga ko‘tarib maqtanglar, mahalliy xalqning aqlli, bilimli, obro‘-e’tiborli kishilarini yo‘q qilinglar deb topshiriq berganligi tarixdan ma’lum. CHor hukumati generali M.D.Skobelovning “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, tilini, san’atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazulga uchraydi” degan taklifi tarixdan ko‘zga qora bo‘yoqday tashlanib turadi. YOki “Butun dunyo proleterlari birlashingiz!” “proleteriatning Vatani yo‘q burjuaziyaga qarshi kurashda oyog‘idagi kishanlardan boshqa hech narsani yo‘qotmaydi” degan g‘oyalar ham.YUqoridagilarni aql elagidan o‘tkazishdan, xulosa qilib ko‘rishdan quyidagilar ayon bo‘ladi: Milliy istiqlol g‘oyasining hayotga tadbiq etilishida kutilgan samaralarni beradi. Birinchidan, tarixiy madaniyatni o‘rganish, qayta tiklash, Prezidentimizning “tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “tarixi yo‘q xalqning kelajagi yo‘q” degan g‘oyalari mazmun mohiyatini ommaga, ayniqsa talaba yoshlarga anglatishdan iborat. Bu boradagi keng qamrovli amaliy ishlar aslida shularga qaratilgandir. Ikkinchidan, davlat miqyosida qabul qilingan, sog‘lom avlod, komil inson, mustaqil fikrlovchilarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan kadrlart tayyorlash Milliy dasturining ravnaqini ta’minlash ham milliy g‘oyani hayotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uchinchidan, milliy g‘oyani hayotga singdirishning ko‘lami rahbar kadrlarning savodi va siyosiy etukligiga borib taqaladi. Darhaqiqat, Prezidentimiz qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati milliy g‘oyada birlashadi, o‘zimizning oramizdan sotqin chiqmasa o‘zbek xalqini hech kim, hech qachon enga olmaydi deganlarida yuqoridagilarni nazarda tutgan bo‘lsalar ajab emas. To‘rtinchidan, millatning tilining tanazuli uning tafakkurining tanazulidir. CHunki til bilan tafakkurning moddiy va fiziologik asoslari bir, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. SHu ma’noda tilsiz millat manqurtga aylanadi. Aksincha millat tilining ravnaqi uning tafakkurining ravnaqidir. “Tilga e’tibor – elga e’tibor” co‘zi bejiz aytilmagan. Milliy g‘oya milliy til bo‘lmasa, o‘z vazifasini bajarmaydi, nishonga tegmaydi. YUrakdan qaynab chiqqan so‘z yuraklarni zab etadi. His-hayajon uyg‘otadi, g‘urur tuyg‘usini tarbiyalaydi. Beshinchidan, milliy g‘oyani hayotga tadbiq etishda milliy san’atning, milliy adabiyotning o‘rnini boshqa bironta omil bosa olmaydi. Buning ma’nosi “jangga qo‘shiq aytib kirgan g‘olib bo‘ladi” degan hikmatda jamuljam. Oltinchidan, o‘z halqi, o‘zbek millati O‘zbekiston fuqarolaridan birontasining birontasi proletariat emas, ulardan har birining oilasi, mahallasi, yurti, Vatani bor. Ulardan barchasining Vatani bitta O‘zbekistondir. Bu falsafami yoki ma’naviyatMilliy g‘oya fuqarolar ongi va qalbiga ezgulik va bunyodkorlik g‘oyalarini singdirib borish orqali har tomonlama o‘z shaxsiy fikriga ega bo‘lgan chuqur dunyoqarash egasi bo‘lgan yoshlarni voyaga etkazib boradi. Milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillarini o‘z qalbi va ongiga singdirib borayotgan insonlar jamiyatimizning ma’naviy hayotini yuksalishini ta’minlab beradigan, mamlakatimizni taraqqiy etgan mamlakatlar safiga chiqishini ta’minlab beradigan insonlar bo‘lib voyaga etib boradi. Har bir bosqichda yilma-yil amalga oshirish jarayoni xususiyatini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda vazifalarning uzluksiz ta’lim tizimi holatiga ta’sirini o’rganish rejalashtirilgan. Uni hayotga tatbiq etish Davlat ta’lim standartlari, rejalari va o’quv dasturlarini yangilash, kadrlar salohiyati va me’yoriy bazani takomillashtirish, shuningdek, huquqiy ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etishni o’z ichiga olgan tashkiliy-metodik tadbirlar kompleksi vositasida amalga oshiriladi. Boshlang’ich, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim Davlat ta’lim standartlarining uzviyligini, huquqiy ta’limning uzluksizligi ta’minlash choralari belgilanadi.
II.1Huquqiy tarbiyaning amaliyotda qo'llanilishi.
Biz qurayotgan yangi jamiyat, hayotimizga tobora kirib kelayotgan yangilanish jarayonlari, islohotlarning taqdiri va kelajagi, avvalo, xalqimizning bu o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlashiga, ularning ijtimoiy faolligi, dunyoqarashi, ongu tafakkurining yuksalishiga bog’liq. Bu esa ta’lim-tarbiya tizimining mukammalligiga asoslanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida mamlakatimiz ta’lim tizimi tubdan o’zgardi. Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi.
Ta’lim-tarbiya masalasi mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab bugunimiz va kelajagimizni hal qiladigan eng dolzarb vazifa sifatida qaralgan va ta’lim-tarbiya sohasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgan. Amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, farzandlarimizning har tomonlama barkamol bo’lib ulg’ayishi uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar tufayli yoshlarimizning jismoniy va ma’naviy jihatdan hech kimdan kam bo’lmasdan voyaga yetayotgani barchamizga ma’lum.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish deb belgilandi. Davlat siyosatining ushbu tamoyillari barcha ta’lim turlari orqali shaxs huquqiy ongini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’limning barcha turlari kabi, huquqiy ta’limning ham o’ziga xos xususiyatlari mavjud. B.Ziyomuhammedov va SH.Abdullaeva huquqiy ta’lim-tarbiyani shunday ta’riflaydilar: “Huquqiy ta’lim-tarbiya insonda huquqiy bilimlarni oshirish, qonunlarni yaxshi o’zlashtirib, ularga to’liq rioya etish ko’nikmasini hosil qilishdir”.
Darhaqiqat, huquqiy ta’lim huquqiy bilimlarni o’zlashtirishni, amaliy ko’nikmalar va malakalar shakllanishini nazarda tutadi. Bu esa yoshlarning huquqiy jihatdan har tomonlama barkamol inson bo’lib yetishishlari uchun zamin tayyorlaydi. Huquqiy ta’lim nafaqat bilim berish, balki huquqbuzarliklarning oldini olish, intizomni mustahkamlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish kabi vazifalarni ham o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Yuqori huquqiy madaniyatga, huquqiy ongga, huquqiy tarbiyaga erishish huquqiy bilimlarni puxta egallashga bog’liqdir. Forobiy ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim berar ekan, ularning har biri insonni kamolga yetkazishda o’z o’rni va xususiyatiga ega ekanligini ham alohida ta’kidlaydi. Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim bo’lib, ta’lim – insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o’rgatishdir, deb hisoblaydi[2]. Har ikkalasi birlashsa yetuklik – bilim va amaliy ko’nikmalarni qay darajada o’rganganligiga qarab paydo bo’ladi, deb ko’rsatadi. U.Tojixonov va A.Saidov ta’kidlab o’tganlaridek, huquqiy ta’lim natijalari o’quvchilar ijtimoiy faolligining oshishi, ularni o’tmish sarqitlariga, loqaydlikka, xudbinlik, milliy ma’naviyat me’yorlarini buzishlarga qarshi kurashga jalb etish[3]da ko’rinadi. Demak, shaxs huquqiy ongining shakllanishi murakkab jarayonni – huquqiy ta’lim-tarbiyani o’z ichiga oladi. SHunday ekan, huquqiy ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari bo’lgan huquqiy ta’lim, huquqiy tarbiya tushunchalariga aniqlik kiritish talab etiladi. Yuqoridagi umumiy fikrlarni to’ldirgan holda huquqiy ta’lim-tarbiyaga quyidagicha ta’rif berish lozim.
Huquqiy ta’lim-tarbiya sohasida yangi pedagogik dunyoqarashni shakllanishida o‘quvchilar ta’lim tayyorgarligi darajasi reyting tizimini joriy etishni ahamiyati kattaligi aniq bo‘lib qoldi. Chunki yangilikni joriy etish munosabati bilan ta’lim jarayoniga yangi tushuncha va me’yorlar kirib keldi. Bular ta’lim tayyorgarligi darajasi, majburiy standart nazorat ishi, o‘quvchi bilimidagi kamchilik va bo‘shliqlar, to‘ldiruvchi bal, kundalik nazorat, ijodiy faollik nazorati, o‘quvchi ta’lim tayyorgarligi reytingi, yillik, choraklik haqiqiy reyting balli va boshqalar. Ushbu yangi talab va me’yorlarni amalda qo‘llash yangi pedagogik munosabatlarni shakllanishi va oxir-oqibatda yangi pedagogik dunyoqarashni shakllanishini taqazo qiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki baholash tizimi qoidalari o‘rniga reyting tizimi qoidalarini joriy qilish ancha oson kechadi. Ammo o‘qituvchilarda ba’zi hollarda reyting bali va baholash me’yorlarini taqqoslashtirish va tenglashtirish hollari ham davom etmoqda. Bu hol reyting tizimini joriy qilish uchun qoidalargina emas balki yangi pedagogik dunyoqarashni shakllantirish ham muhim ekanligini ko‘rsatadi. Shu maqsadda o‘qituvchilar oldida yangi muammolarni yechish izlash vazifasi paydo bo‘ladi.
Huquqiy ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlar huquqiy ongining shakllanishiga erishish uchun o‘qituvchilar o‘z faoliyatini tahlil qilishni bilishi kerak. O‘z faoliyatini tahlil qilishda quyidagi savollarga javob topishi lozim:
- tarbiyalanuvchilar faoliyati mazmuni qo‘yilgan vazifalarga mos keladimi?
- qo‘llanilayotgan metodlar samaralimi?
- foydalanilayotgan tashkiliy shakllar o‘quvchilarning yoshi xususiyatlariga mos keladimi?
- muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklar, xatolar va qiyinchiliklarning sabablari nimalardan iborat?
- shaxsiy tajriba nimalardan iborat?
Huquqiy ta’lim jarayoniga sistemali yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, uning o‘zaro bog‘langan ikki tizimi amal qiladi.
Birinchi tizim – o‘quv jarayonida o‘qitishning maqsadi, o‘qitish va o‘quv faoliyati, ta’lim mazmuni, o‘qitish vositalaridan iborat murakkab tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Ular o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanib ketgan.
Ikkinchi tizim – o‘quv jarayoniga nisbatan yirik bo‘lgan pedagogik jarayonning alohida tizimidir. Bu tizim o‘qitish, ta’lim berish va tarbiya jarayoni birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga bu tizimda ta’lim jarayoni rivojlanishi qonuniyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy jarayonlar va talablar tizimi ham mavjud.
Huquqiy ta’limda qo‘llaniladigan o‘qitish metodlari guruhiga quyidagilar kiradi:
An’anaviy metodlar – bu metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi. Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: og‘zaki, amaliy, ko‘rgazmali, manba bilan ishlash, video – texnika vositasidan foydalanish metodlari.
Maqsadga ko‘ra metodlar – bularga bilimlarni egallash, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, bilimlarni qo‘llash, ijodiy faoliyat, mustahkamlash, bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish metodlari kiradi.
Idrok etish-bilish faoliyati xususiyatiga ko‘ra metodlar – bularga tushuntirish-illyustrativ (axborot-retseptiv), reproduktiv, muammoli bayon qilish, qisman ijodiy (evristik), tadqiqiy, ilk bor bilimlarni o‘zlashtirish, egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari kiradi.
O‘qituvchining dars o‘tishidan oldin quyidagi tayyorgarlikni ko‘rishi ta’lim oluvchi tomonidan huquqiy tushuncha va tasavvurlarning egallanishiga yordam beradi:
- o‘quv dasturini atroflicha tahlil qilib, shu mavzuni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad va vazifani bilish, bu mavzudan oldingi va bundan keyingi o‘tiladigan mavzu haqida aniq tasavvur hosil qilish;
- mavzuni o‘rganish natijasida o‘quvchilar qaysi huquqiy tushunchalar, qonunlar, nazariyalarni o‘zlashtirishlari, nimalarni hal qila olishlari kerakligini bilish;
- uslubiy adabiyotlarni o‘rganib, darslikdan mavzuni atroflicha o‘tish rejasini tuzish; - dasturda nazarda tutilgan predmetlararo va predmetlararo ichki aloqani topish asosida mazkur darsning vazifalari va mazmunini rivojlantirish;
- mavzuni o‘tishda foydalaniladigan texnika vositalari sozligini tekshirish;
- o‘qish – o‘qitish uslublarining optimal birikmasini tanlash.
O‘qituvchi huquqiy ta’lim berish jarayonida o‘qitishning tanlangan varianti samaradorligini baholaydi. Jumladan:
- pedagog o‘z mehnatining natijalarini (o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini) bevosita yoki bilvosita ko‘radi va baholaydi (qoniqish yoki norozilik kayfiyati namoyon bo‘ladi);
- o‘quvchilarning bilish qobiliyati va imkoniyatlaridan qanday foydalanayotganlarini ko‘radi va baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi;
- o‘z vaqtida o‘tkazilgan nazorat va baholash o‘qituvchi va o‘quvchi uchun o‘z faoliyati natijalarini tuzatish imkonini beradi;
- pedagog mehnat faoliyatiga baho berishning bosh o‘lchami o‘quvchilarda shakllantirilgan huquqiy bilim, ko‘nikma va malakalar darajalari bilan belgilanadi.
II.2Huquqiy tarbiya berish jarayoni haqida.
Huquqiy ta’lim shaxsga muayyan ko‘lamda va ma’lum darajada bilim, ko‘nikma va malaka berishga, shuningdek, huquqiy ongli faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan murakkab jarayon hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, huquqiy ta’lim ham, barcha ta’limlar singari, ikki tomonlama xarakterga ega. Ya’ni u o‘qituvchi (ta’lim beruvchi) va o‘quvchi-talaba (ta’lim oluvchi)larning hamkorlikdagi faoliyati natijasida amalga oshiriladi.
Huquqiy ta’limning muvaffaqiyati, birinchidan, ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi hamkorligidagi faoliyatning faol tarzda o‘tishiga, ikkinchidan, nimalardan saboq berilishiga, kim tomonidan tashkil qilinishiga, uni qanday metodlar bilan amalga oshirishga va nimalarning o‘qitilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Huquqiy ta’limda o‘qituvchi rahbarligidagi o‘qitish jarayoni uning bir tomonini xarakterlaydi xolos. Ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatni ta’minlovchi asosiy omil o‘quvchining mustaqil faoliyatidir. Mustaqillik ta’limning ob’yektiv (o‘quv materiali, o‘qitish sur’ati, metodi, darsliklar, mavzu bayoni va boshqalar) va sub’yektiv (o‘quvchilarning o‘quv motivi, qiziqishi, xohishi kabilar) sabablariga ta’sir qiladi.
Huquqiy ta’lim olib borishda (o‘qitish), o‘qish (o‘rganish) bilan bir qatorda o‘zlashtirish tushunchasi ham qo‘llaniladi.
O‘zlashtirish jarayoni shaxs faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, pedagogik, psixologik ta’sirlar natijasida o‘quvchilar ongida qanday o‘zgarishlar bo‘layotgani fikr va mulohazalari ularning amaliy faoliyatida qanday namoyon bo‘layotganligi, ilmiy dunyoqarash va e’tiqodlarni egallashga qay darajada yordam berayotganligini aks ettiruvchi murakkab jarayon hisoblanadi.
Maktabgacha ta’limda ilk huquqiy tushunchalar bayon etiladi. Boshlang‘ich ta’limda “Konstitutsiya alifbosi”, 5-7-sinflarda esa fanlar tarkibida “Konstitutsiya olamiga sayohat”, 8-sinfda “O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari”, 9-sinfda “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” fanlari asosida huquqiy bilimlar beriladi. Bunda ta’limning uzluksizligini ham ta’minlash zarur.
Huquqiy ta’lim o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliyati sifatida o‘zaro bog‘liq ikki jarayon: o‘qituvchi faoliyati sifatida bilim berish va o‘quvchining faoliyati sifatida bilim olishga ajraladi. Bilim beruvchi jamiyat manfaatlarini ifoda etgan holda barcha o‘quv muassasalarida ta’lim berishning konstitutsi
Huquqiy ta’lim jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi va huquqiy ong muntazam, tizimli asosda shakllantiriladi:
ta’limiy vazifa - ta’lim jarayonining vazifalarini aniq belgilash, huquqiy axborot va tushunchalar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan ta’lim mazmunini optimallashtirish, idrok etish, turli xildagi ta’lim shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan foydalanish asosida huquqiy bilim berishdir;
tarbiyaviy vazifa - ta’lim oluvchilarni umuminsoniy huquqiy qadriyatlar va qoidalarga rioya etish ruhida tarbiyalash, ularda tartiblilik, mas’uliyatlilik, ongli intizomlilik, mustaqillik, huquq haqida erkin fikrlilik, halollikni shakllantirishdir;
rivojlantiruvchi vazifa - ta’lim oluvchilarda o‘qish – o‘rganish faoliyatining ijobiy sifatlari, qiziqish, huquq ijodkorligi, tashabbuskorlik va huquqiy faollikni shakllantirish hamda rivojlantirishdir;
Huquqiy ta’lim o‘z oldiga eng asosiy maqsadni, ya’ni ilm orqali tadqiqot ob’yektidagi qonuniy aloqadorliklarni aniqlash va bu qonuniyatlardan insonning qandaydir ehtiyojini qondirishda foydalanishni ko‘rsatib berish maqsadini qo‘yadi. Shundan kelib chiqib, huquqiy ta’lim jarayonida, birinchidan, barcha huquqiy bilimlarni jamlab, ularni o‘rgatish tamoyilidagi talablarga solishtiriladi; ikkinchidan, o‘rgatish tamoyillariga mos kelishi asosida uning mahalliy sharoitga to‘g‘ri kelish - kelmasligi aniqlanadi. Chunki har qanday ijtimoiy voqelikda, shu jumladan, huquqiy ta’lim-tarbiya jarayonida ham hukm suruvchi qonuniyatlar ma’lum bir ijtimoiy sharoitning ob’yektiv borlig‘ini qanchalik to‘la ifoda etgan bo‘lishiga qaramay, boshqa ijtimoiy sharoitga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun ham huquqiy-ta’lim usul va uslublari o‘z hududimizda sinab ko‘rilib, keyingina tatbiq etiladi; uchinchidan, to‘plangan tajribalar asosida egallangan bilimlar amaliyotda qo‘llanilishi o‘rgatiladi.
Huquqiy ta’limning tadqiqot ob’yekti bir necha bosqichlarga bo‘linadi:
1) ilk ta’lim, ya’ni onaning tug‘ilajak bolasiga uning homila davridan boshlab beradigan ta’lim-tarbiyasi;
2) oila ta’limi, ya’ni oila a’zolari bilan tarbiyalanuvchi bolalar orasidagi ta’lim-tarbiyaviy munosabatlar;
3) bog‘cha ta’limi, ya’ni ota-ona va bog‘cha tarbiyachilari bilan tarbiyalanuvchi bolalar orasidagi ta’lim-tarbiyaviy munosabatlar;
4) umumiy o‘rta ta’lim, ya’ni barcha fanlar tarkibida va maxsus o‘quv fanlari orqali o‘qituvchilar bilan o‘quvchilar orasidagi ta’lim-tarbiyaviy munosabatlar;
5) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, ya’ni u yoki bu kasbni o‘rgatish bilan bog‘langan holda o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi ta’lim-tarbiyaviy munosabatlar;
6) oliy ta’lim, ya’ni oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash orqali professor-o‘qituvchilar bilan talabalar o‘rtasidagi ta’lim-tarbiyaviy munosabatlar.
Huquqiy ta’limning tadqiqot predmeti – huquqiy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi, bilim beruvchi hamda bu bilimni qabul qiluvchi – o‘zlashtiruvchilar orasidagi ta’limiy munosabatlardan iborat.
Huquqiy ta’limning tadqiqot olib borishdan asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya beruvchilar va ularni qabul qiluvchilar o‘rtasidagi ta’limiy munosabatlarning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash va shu qonuniyatlar asosida huquqiy bilim berish hamda shu bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatishdir.
Huquqiy ta’lim tarix, til, adabiyot, ma’naviyat, axloq va odobshunoslik hamda boshqa ilm-fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Huquqiy ta’limning asosiy mazmuni, yuqorida aytib o‘tilganidek, yoshlarning nazariy-ilmiy, huquqiy dunyoqarashini boyitadi, jamiyatdagi voqea va hodisalarni huquqiy jihatdan mantiqiy tafakkur qilish, ularga o‘z munosabatlarini bildira olish hamda qonunda belgilab qo‘yilgan huquqlari, erkinliklari, burchlarini amalga oshirish malakalarini shakllantiradi. Huquqiy ta’limning asosiy g‘oyasi Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida yoshlarning shaxs va fuqaro sifatidagi huquqiy dunyoqarashini boyitish, o‘z qadr - qimmatini va mas’uliyatini anglaydigan, o‘z majburiyatlarini his etadigan huquqiy ongli va huquqiy madaniyatli sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda ularga davlat, huquq to‘g‘risida chuqur huquqiy bilim berishdir.
Huquqiy ta’lim mazmuni - barcha o‘quvchilar egallashi ko‘zda tutilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar tizimi ham tarbiyalovchi, ham rivojlantiruvchi xarakterda bo‘lishi zarur. Shundagina u yoshlarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining rivojlanishini, huquqiy dunyoqarashining shakllanishini ta’minlaydi, ularni ijtimoiy faoliyatga tayyorlash mumkin bo‘ladi. Bunda o‘rganiladigan huquqiy fanlar materiallari hajmini aniqlash, bu fan bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklarini o‘quvchilarni zo‘riqtiradigan materialdan xoli qilish, o‘quv materiallarida bayon qilinadigan asosiy tushunchalarni qisqa va ravon bayon etish, yoshlarga huquqiy manbalar bilan mustaqil o‘rganish imkoniyatini yaratish huquqiy ong shakllanishini yengillashtiradi.
Huquq fanlari o‘rganadigan masalalar – davlat va huquq haqidagi asosiy tushunchalar, tamoyillar, ta’limotlar huquqiy ta’limning predmetini tashkil etadi. Huquqiy ta’lim orqali ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga, huquqiy qoidalarni tushunishga, ularni amalda qo‘llashga, huquqiy jihatdan faollashuvga, davlat va fuqaroning o‘zaro aloqador ekanligini anglashga, kerak bo‘lsa, huquqiy ijodkorlikka, o‘z haq-huquqini bilib olishga erishiladi.
Huquqiy ta’lim mazmunini uning tarkibiga kiradigan huquqiy bilim, huquqiy ko‘nikma va huquqiy malaka tashkil etadi.
Huquqiy bilim – har bir bilim kabi muayyan huquq sohasiga oid ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, ularning inson tafakkurida namoyon bo‘lishidir. Huquqiy bilim orqali yoshlarda tasavvur va tushunchalar hosil bo‘ladi. Huquqiy bilim huquqiy materiallarni o‘rgatish va huquqiy fanlarni o‘qitish orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayonida aniq va to‘liq huquqiy tasavvurlar mavjud bo‘lgandagina, huquqiy tushunchalar hosil bo‘la oladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan “Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar” degan qoidani tushunish uchun ta’lim oluvchi avval tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni o‘zi nima ekanligini, undan keyin ularni nima uchun asrash kerakligini tushunib, shundan keyingina bu har bir fuqaroning burchi ekanligini bilib oladi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarning faol, mustaqil fikrlashini tashkil qilishga erishadi.
Xulosa
Fikrimizcha, huquqiy ta’lim tizimida amalga oshirilgan tadbirlar ijobiy natijalar berishi bilan birga kelgusida yoshlarning huquqiy ongini yanada rivojlantirish uchun rejalar tuzilishi, “Uzluksiz ta’lim tizimida huquqiy ta’limning yagona kontseptsiyasi” yaratilib, uni amalga oshirishning muayyan bosqichlari aniqlangan holda, ushbu bosqichlarda bajariladigan alohida vazifalar belgilanishi talab etiladi. Ushbu kontseptsiyada uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari va eng muhim istiqbol vazifalari, ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari, amalga oshirish manbalari hamda o’quv-tarbiya jarayoni mazmunini yangilab borish mexanizmlari belgilanadi. Kontseptsiyaning amalga oshirilishi uzluksiz huquqiy ta’lim tizimi faoliyati samaradorligini ta’minlash va uni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga ko’tarish imkonini beradigan uslubiy, tashkiliy, axborot, huquqiy va kadrlar ta’minotini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.Har bir bosqichda yilma-yil amalga oshirish jarayoni xususiyatini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda vazifalarning uzluksiz ta’lim tizimi holatiga ta’sirini o’rganish rejalashtirilgan. Uni hayotga tatbiq etish Davlat ta’lim standartlari, rejalari va o’quv dasturlarini yangilash, kadrlar salohiyati va me’yoriy bazani takomillashtirish, shuningdek, huquqiy ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etishni o’z ichiga olgan tashkiliy-metodik tadbirlar kompleksi vositasida amalga oshiriladi. Boshlang’ich, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim Davlat ta’lim standartlarining uzviyligini, huquqiy ta’limning uzluksizligi ta’minlash choralari belgilanadi.Biz qurayotgan yangi jamiyat, hayotimizga tobora kirib kelayotgan yangilanish jarayonlari, islohotlarning taqdiri va kelajagi, avvalo, xalqimizning bu o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlashiga, ularning ijtimoiy faolligi, dunyoqarashi, ongu tafakkurining yuksalishiga bog’liq. Bu esa ta’lim-tarbiya tizimining mukammalligiga asoslanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.: O’zbekiston, 1994. 47-bet
2.Karimov I.A. O’zbekiston: bozor mynosabftlariga o’tishning o’ziga xos yoli.T. O’zbekiston 1993, 63-bet
2.Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan T. O’zbekiston, 1996.
3.Karimow I.A. O’zbekiston- bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga hos yoli. T. 1994,
4. Tojihonov Y. Huquqiy mafkura va qonunga itoatkorlik. T. 1995 .
5. Boboyew H.B,Odilqoriyev H. T.Davlat ua huquq nazariyasi. T. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» 2000 y
6. Konstitsiya ua qonunlar ustunligi- O’zbekiston taraqqiyotining kafolati. (1999 yil 17 noyabr ilmiy amaliy konferentsiya materiallari) T., “Adolat” 2000 y.
7. Saidov A. Tojinonov U. Huquq nazariyasi. T. Adolat. 2001 y.
8. Saidov A. Tojinonov U. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T.IIB. “Akademiya”, 1998.
Do'stlaringiz bilan baham: |