Semirish va shirin gazli ichimliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik turli testlar va sinovlar natijasida allaqachon isbotini topgan. Xo‘sh, shirin gazli ichimlikni ichgandan keyin tanada qanday o‘zgarishlar bo‘lishi xususida olimlar ko‘plab o‘rganishlar ham olib borgan. Xususan, bir stakan shirin gazli ichimlik ichgach, qon tarkibidagi shakar miqdori oshadi, jigar esa uglevodlarni yog‘ga aylantiradi. Olimlar, shuningdek, gazli shirin ichimliklarni yoqtirish kanserogen (saraton keltirib chiqaruvchi) omillardan biri, degan fikrni ham bildirishadi. - Qayd etish o‘rinliki, alkogolsiz kuchli gazlangan ichimliklar orasida kolaning o‘z o‘rni bor. Turli nomdagi kola ichimliklari eng talab yuqori bo‘lgan ichimliklar hisoblanadi. Keling, bir stakan kola ichgan inson tanasida qanday o‘zgarishlar bo‘lishini ko‘rib chiqaylik.
10 daqiqadan so‘ng, ichimlik tarkibidagi 10 choy qoshiq miqdoridagi shakar (kunlik me'yor) oshqozonosti beziga zarba beradi. Siz chanqamaysiz, chunki ichimlik tarkibidagi fosfor kislotasi shakar ta'sirini kamaytirib turadi. 20 daqiqa o‘tgach, qondagi insulin miqdori keskin oshadi. 40 daqiqadan keyin jigar shakarni yog‘ga aylantiradi, kofein so‘riladi, qon bosimi ko‘tariladi, chunki jigar qonga ko‘p miqdorda shakarni haydaydi, ko‘z qorachig‘i kengayadi. - 10 daqiqadan so‘ng, ichimlik tarkibidagi 10 choy qoshiq miqdoridagi shakar (kunlik me'yor) oshqozonosti beziga zarba beradi. Siz chanqamaysiz, chunki ichimlik tarkibidagi fosfor kislotasi shakar ta'sirini kamaytirib turadi. 20 daqiqa o‘tgach, qondagi insulin miqdori keskin oshadi. 40 daqiqadan keyin jigar shakarni yog‘ga aylantiradi, kofein so‘riladi, qon bosimi ko‘tariladi, chunki jigar qonga ko‘p miqdorda shakarni haydaydi, ko‘z qorachig‘i kengayadi.
45 daqiqada bosh miyaning huzur-halovat hissini kuchaytirishga xizmat qiluvchi dofamin gormoni miqdori ortadi. Natijada kayfiyat ko‘tariladi, tetiklik paydo bo‘ladi, uyqusirash yo‘qoladi, ammo bir-bir yarim soat o‘tgach, inson yalqovlik seza boshlaydi va ta'sirchan bo‘lib qoladi. Asta-sekinlik bilan miya insonning gazlangan ichimlik ichish odatiga moslasha boradi, kerakli gormonlarni yetarli miqdorda ishlab chiqarmay qo‘yadi, chunki bu gormonlarni shunchaki kola ichish orqali sun'iy yo‘l bilan ham olish mumkin. - 45 daqiqada bosh miyaning huzur-halovat hissini kuchaytirishga xizmat qiluvchi dofamin gormoni miqdori ortadi. Natijada kayfiyat ko‘tariladi, tetiklik paydo bo‘ladi, uyqusirash yo‘qoladi, ammo bir-bir yarim soat o‘tgach, inson yalqovlik seza boshlaydi va ta'sirchan bo‘lib qoladi. Asta-sekinlik bilan miya insonning gazlangan ichimlik ichish odatiga moslasha boradi, kerakli gormonlarni yetarli miqdorda ishlab chiqarmay qo‘yadi, chunki bu gormonlarni shunchaki kola ichish orqali sun'iy yo‘l bilan ham olish mumkin.
Endi, so‘nggi vaqtlarda urfga kirib borayotgan quvvat beruvchi ichimliklar xususida so‘z yuritsak. Qadim zamonlardan insonlar tabiiy quvvatlantiruvchi-tetiklantiruvchi mahsulotlardan foydalanib kelishgan. Yaqin Sharqda qahva, Janubi-Sharqiy Osiyo va va Xitoyda – choy, Hindistonda ham qahva va choy, Janubiy Amerikada – mate, Afrikada kola yong‘oqlari iste'mol qilingan. Uzoq Sharq, Sibir va Mo‘g‘ilistonda Xitoy limon o‘ti, jenshen, araliya kabilar mashhur.
Do'stlaringiz bilan baham: |